Tekshiruv jarayonida olingan ma’lumotlar asosida ishlab chiqarish xarajatlari auditi natijalarini




Download 3,45 Mb.
bet99/303
Sana14.12.2023
Hajmi3,45 Mb.
#118994
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   303
Bog'liq
Аудит УМК 2023-2024 (3)

Tekshiruv jarayonida olingan ma’lumotlar asosida ishlab chiqarish xarajatlari auditi natijalarini umumlashtirish

Mahsulot tannarxi auditi bo’yicha auditorlik hisobotini va xulosasini shakllantirish mahsulot tannarxi auditi rejasi va dasturining barcha bo’limlari bo’yicha o’tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalarini umumlashtirish va baholash jarayonida vujudga keladi.
Audit natijalarini baholash ishlari asosan quyidagilarni o’z ichiga oladi:

    • mahsulot tannarxi auditi bo’yicha ishchi hujjatlarni sharhlash va yakuniy ishchi hujjatlarni tayyorlash;

    • mahsulot tannarxini tekshirish jarayonida aniqlangan kamchiliklarning ahamiyatlilik darajasini baholash;

    • mahsulot tannarxini tekshirish bo’yicha auditorlik dalil - isbotlarning etarliligini baholash;

    • amal qilayotgan korxona printsipi bilan bog’lik omillarni baholash;

    • tekshiruv natijalari bo’yicha auditorning mijoz korxona rahbariyatiga taqdim qiladigan yozma axborotini tuzish;

    • auditorlik hisoboti va xulosasini tuzish.

Mahsulot tannarxi auditorlik tekshiruvi o’tkazish chog’ida boshqa bo’limlar tekshiruvi kabi asosan tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektning dastlabki hujjatlari, hisob registrlari va hisobotlarida aks ettirilgan haqiqiy axborotlar tahlil qilinadi va baholanadi. Faqat ayrim hollardagina auditorlar taxmin va hisob-kitoblarga asoslangan moliyaviy axborotlarni baholaydi.
Ta’kidlash joizki, tekshiruv natijalari va xo’jalik yurituvchi sub’ekt mutaxassislarining hisob-kitoblarini baholashda auditorlar ma’lum darajada professional ehtiyotkorlikka rioya qilishlari zarur.
Auditor quyidagi hollardagi kabi, katta nomuvofiqliklar mavjudligini ko’rsatuvchi holatlarni ob’ektiv baholashi zarur:

    • xarajatlarni taqsimlash, tannarxni aniqlash vash u kabilar yuzasidan xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlariga ma’lum bo’lgan, ammo auditor tomonidan ochilmagan xatolarni aniqlash faktlari;

    • tekshiruv uchun zarur bo’lgan, auditorga o’z vaqtida taqdim qilinmagan xarajatlar bilan bog’liq dastlabki hujjatlar yoki ma’lumotlarga doir xo’jalik muomalalari;

    • mutaxassislarning hisob-kitoblaridagi nomuvofiqliklar;

    • inventarizatsiya natijasida aniqlanib, dalolatnoma va taqqoslash vedomostlari bilan rasmiylashtirilgan, lekin etarli darajada tahlil qilinmagan va tuzatilmagan katta tafovutlar;

    • katta tafovutlarning tasdiqlanmaganligi va auditor so’rovlariga kutilgan javoblar olinmaganligi;

    • tekshiruv uchun tanlab olingan, zarur dastlabki hujjatlar yoki tegishli ruxsat etuvchi ko’rsatmalar taqdim qilinmagan xo’jalik muomalalari.

Auditor mahsulot tannarxi bo’yicha to’plangan dalil - isbotlar etarliligini baholashda ushbu holatlar aniqlangan bosqichni (rejalashtirish, audit o’tkazish) hisobga olishi kerak. Shuningdek, katta xatolar xatarini dastlabki baholash va batafsil tekshirish rejalari ham e’tiborga olinishi lozim.
Agar bunday holatlar rejalashtirish bosqichida aniqlangan va hisobga olingan bo’lsa, unda auditor to’plangan dalil-isbotlarning etarliligiga va rejalashtirilgan hamda qo’shimcha auditorlik amallarini bajarishning maqsadga muvofiqligiga baho berishi zarur.
Auditorlik tekshiruvining asosiy bosqichlarini o’tkazish natijalari audit o’tkazishdan qo’yilgan maqsadga erishilganlik darajasini baholagan holda auditorning ishchi hujjatlarida qaid qilinishi lozim.
Yozma shaklda olingan dalil-isbotlarni eng ishonchli deb tan olish qabul qilingan. Yozma tasdiqlarning ishonchliligi ularning to’g’ri rasmiylashtirilishiga bog’liq. Tasdiqlar ishonchliligining tahlilidan kelib chiqib, tasdiqlangan va tasdiqlanmagan summalarning katta-kichikligi, shuningdek majburiyatlarning ishonchliligi to’g’risida auditor fikrini shakllantirish uchun olingan dalil-isbotlar etarliligi baholanadi;
Maxsulot tannarxi analitik hisobi ma’lumotlarining tengligini tekshirish. Dastlabki hujjatlarni tekshirib chiqish yoki bo’limlar bo’yicha xarajatlarning amalga oshirilgani tasdig’ini olish munosabati bilan auditorlar xarajatlarni hisobga oladigan analitik hisob registrlarini tekshirib chiqishi, hamda ularni Bosh daftar ma’lumotlari bilan taqqoslashi lozim. Xarajatlar muomalalari hisobga olinadigan schyotlarni tahlil qilishda quyidagilar aniqlanishi mumkin:

    • tugallanmagan ishlab chiqarish schyotlari buyicha debet koldiklar;

    • xarajatlarning mahsulot tannarxiga olib borilishi bo’yicha haddan tashqari katta tuzatishlar;

    • yaroqsiz mahsulotlar qiymatini ishlab chiqarilagan mahsulotlar tannarxiga o’tkazish bo’yicha hujjatlar;

    • yordamchi ishlab chiqarishga qilingan xarajatlarning ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxiga olib borish bo’yicha me’yorlar;

    • bilvosita xarajatlarning mahsulot tannarxiga to’g’ri taqsimlanishi bo’yicha me’yorlar.

Barcha belgi qo’yilgan summalar yakuniy ishchi hujjatlarini tayyorlashda tahlil qilinishi va hisobga olinishi lozim. Ushbu ishlarning natijalarini boshqa olingan dalil-isbotlar bilan taqqoslash maqsadga muvofiq.
Shuningdek, auditor xarajatlar tarkibidagi dinamik o’zgarishlarn ham aniqlab ular bo’yicha aniqlangan kamchiliklarni o’z hisobotida aks ettirishi lozim.
Auditor quyidagi jadvaldan qaysi xarajat moddalari bo’yicha bu yilda o’zgarishlar mavjudligini aniqlaydi va uning sababini o’rganadi, unda aniqlangan g’ayrioddiy o’zgarishlarni o’z hisobotida aks ettiradi. Masalan, yuqorida keltirilgan ma’lumotlardagi noto’g’ri olib borilgan ijtimoiy sug’urta va badallarning summalari jadvaldagi o’zgarishlarga o’z ta’sirini o’tkazgan bo’lishi mumkin, ya’ni salmoqqa nisbatan kamayish ko’rilsada, son jihatidan 1925m.s ga oshgan.



Download 3,45 Mb.
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   303




Download 3,45 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tekshiruv jarayonida olingan ma’lumotlar asosida ishlab chiqarish xarajatlari auditi natijalarini

Download 3,45 Mb.