• MEHNAT HAQI HISOB1NI HUJJATLARDA RASMIYLASHTIRISH
  • ‘rtacha daromad va xodimlarning o‘rtacha ish haqiga




    Download 2,16 Mb.
    bet34/98
    Sana28.05.2024
    Hajmi2,16 Mb.
    #255557
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   98
    Bog'liq
    Buxgalteriya hisobi

    0‘rtacha daromad va xodimlarning o‘rtacha ish haqiga meh- natga haq to‘lash foizi tarkibiga kiritilgan jami to‘lovlar kiradi. 0‘rtacha ish haqiga ish haqi to‘lovlari va rag'batlantirishdan tashqari ish natijalari bo‘yicha rag'batlantirish hamda muhim ishlab chiqarish topshirig‘ini bajarganlik uchun rag‘batlantirish kiradi. Korxona xodimlari o‘rtacha daromadi deganda o‘rtacha ish haqi kiritiladigan summalardan tashqari yana moddiy yordam, mehnat faxriylari, nafaqa, talabalar stipendiyasi, davolanish uchun beriladigan yo‘llanmalar qiymati, aksiyalar uchun olinadigan daromadlar va boshqalar tushuniladi.
    0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5- fevraldagi «Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish va realizatsiyasi bo‘yicha xarajatlar tarkibi va moliyaviy natijalaming tarkib topishi to‘g‘risida»gi Nizomni tasdiqlash haqidagi qaroriga muvofiq ishlab chiqarish harakatidagi mehnatga haq to‘lash xarajatlarining moddalari keltirilgan.

      1. MEHNAT HAQI HISOB1NI HUJJATLARDA RASMIYLASHTIRISH

    Xodimlarning ishga kelishi va sarflanishi ish vaqtini to‘g‘ri hisobga olish, mehnat intizomini mustahkmlashda muhim ahamiyatga ega. Ish kunining necha soat davom etishi korxona ma’muriyati tomonidan kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holda belgilanadi. Sarflangan vaqt hisobi tabel asosida yuritiladi. Наг bir xodimga tabel raqami biriktiriladi va u mehnat haqi bo‘yicha rasmiylashtirilgan barcha hujjatlarda ko‘rsatib boriladi.
    Hisob davri boshlanishi oldidan o'tgan oydagi tabeldan xodimning ismi sharifi ko‘chirib yoziladi va ishga chiqish, ish vaqtining sarflanishi shartli belgilar yordamida hisobga olib boriladi.
    Ishga chiqish va ish vaqtidan foydalanish hisobi tabelda ikki usulda amalga oshiriladi:

    1. Barcha ishga chiqqan, kechikkan, biror sababga ko‘ra ishga chiqmaganlar to'liq ro'yxatga olib boriladi.

    2. Tabelda faqat kechikkanlar, ishga chiqmaganlar ro'yxatga olinadi.

    Наг bir xodimning ishlagan vaqti tabelda hisobot oyining birinchi
    yarmiga va oy oxiriga ko‘ra, ya’ni ikki marta hisoblab chiqiladi. Tabel
    bo‘lim yoki sex boshlig‘i tomonidan imzolanadi, so'ngra tabelchi tomonidan buxgalteriyaga ish haqini hisoblash uchun topshinladi.
    Mehnat va ish haqini hisoblash bo'yicha rasmiylashtiriladigan boshlang‘ich hujjatlar belgilangan muddatga buxgalteriyaning ish haqini hisoblash bo'limiga topshinladi. U buxgalteriya xodimlari tomonidan tekshiriladi, so‘ngra qayta ishlash uchun mashina hisoblash byurosiga yoki mashina hisoblash stansiyalariga yuboriladi.
    Boshlang'ich hujjatlami qayta ishlash deyilganda ishchining bajargan ishini ishbay narxiga ko'paytirish yo‘li bilan ish haqini hisoblash tushuniladi.
    Qayta ishlangan hujjatlar, ishchilaming tabel raqamlari buxgal- teriyada sexlar bo'yicha guruhlanadi va ishchining ish haqi uning shaxsiy schyoti yoki varaqalariga yozib boriladi.
    Ish haqi va boshqa hisob ishlari hisoblash mashinalari yordamida bajarilgan korxonalarda qayta ishlangan boshlang‘ich hujjatlardagi ma’lumotlar asosida quyidagilar tuziladi:

    1. Hisoblash vedomosti.

    2. Hisoblangan ish haqini ishlab chiqarish schyotlari va xarajat moddalari o‘rtasida taqsimlash vedomosti.

    3. Ish haqi sarfi bo‘yicha me’yordan chetga chiqish vedomosti va boshqalar.

    6710-«Mehnatga haq to'lash bo'yicha xodimlar bilan hisobla- shishlar» schyotining analitik hisobi har bir xodim bo‘yicha ayrim ochilgan shaxsiy schyotda yuritiladi va kategoriyalari hamda ishlagan joylari yuzasidan guruhlashtirilib boriladi.
    Mehnatga haq to'lash bo‘yicha quyidagi dastlabki hujjatlar to‘l- g'aziladi:

    Download 2,16 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   98




    Download 2,16 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ‘rtacha daromad va xodimlarning o‘rtacha ish haqiga

    Download 2,16 Mb.