|
Tashkilotchilik malakalari
|
bet | 112/200 | Sana | 09.08.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #269314 |
Bog'liq Buxoro davlat pedagogika institutiTashkilotchilik malakalari:
Bolalar jamoasini uyushtira bilishi;
Turli sharoitlarda bolalar jamoasini boshqara olishi;
Bolalarni qiziqtirib ularni faollashtira olishi;
Amaliy masalalarni ustalik bilan hal eta olishi.
Kommunikativ malakalari:
bolalarni o’ziga jalb etishni bilishi;
zolalar va ota – onalar bilan maqsadga muvofiq pedagogik munosabatlarni tiklashni bilishi;
bolalarning jamoalararo va jamoa ichida o’zaro munosabatlarni tartibga solishini bilishi;
bolalar va ota – onalar bilan tashqaridan aloqa bog’lashni bilishi.
Gnostik malakalari:
bolalarning asab – psixik taraqqiyoti darajasini aniqlay bilishi;
o’zining tajribasi va pedagogik faoliyati natijalarini tanqidiy tahlil qila olishi;
boshqa o’qituvchilarning tajribalarini o’rganib, undan (nazariy va amaliy tomondan) to’g’ri xulosa chiqara olishi;
psixologik va pedagogik adabiyotlardan foydalanishni bilishi;
o’quvchilarni to’g’ri tushunib, ularning xulq - atvor sabablarini tushuntirishni bilishi;
8. Ijodiy xislatlari:
Pedagogik mahoratni takomillashtirishga intilishi;
Empatik qobiliyati-o’zini o’quvchi o’rniga qo’ya olishi.
o’zining pedagogik ta’siri natijalarini oldindan ko’rish
o’quvchilarni tarbiyalash dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirish qobilyati;
Shunday qilib, ko’rsatib o’tilgan modelning asosiy tuzilishi tariqasida quyidagilar keltiriladi.;
shaxsning jamoatchilik va kasbiy yo’nalishi;
pedagogik mahorat va qobiliyati;
xarakterning psixologik xususiyatlari;
bilish faoliyati;
o’qituvchi shaxsining bolalarni kasbga tayyorlash ishlari darajasidagi umumiy taraqqiyoti.
Professiogramma yoshlarga o’zlarining kelgusida o’qituvchilik kasbini to’g’ri va ongli ravishda tanlab olishlariga yordam beradi. Professiogrammani kasbga xos ravishda o’qitishni tashkil qilishda ta’limning samaradorligi va uning muvaffaqiyati qanday bilim va ko’nikmalarga, ayniqsa, shaxsning qanday qobiliyat va shaxsiy xislatlariga bog’liq ekanligini albatta ko’rsatish zarurdir. Mana shu prfessiogrammaga asosan bo’lajak mutahassis- o’qituvchilarning sifat jihatidan o’z kasbiga naqadar tayyorligi haqida bir fikrga kelishimiz mumkin.
Pedagogik kasb, ma’lumki, har kimning ham qo’lidan kelavermaydi. Pedagogik faoliyatdan yutuqlarga faqat shu kasbga qiziqqan, shu faoliyat bilan shug’ullanishga moyil, oqibat natijada esa pedagogik qobiliyatga ega bo’lgan kishilargina erisha oladi.
Qobiliyat – bu kishining biror faoliyatga yaroqligi va shu faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishdir.
Pedagogik qobiliyat – bu qobiliyat turlaridan biri bo’lib, kishining pedagogik faoliyatiga yaroqliligini va shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug’ullana olishni aniqlab beradi.
|
| |