• I MAVZU: PEDAGOGIK DEONTOLOGIYA FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI
  • Tayanch tushunchalar: “ Deontologiya” tushunchasi. Deontologiyaning prinsiplari. Pedagogik deontologiya – kasbiy xulq-atvor haqidagi fan. Pedagogik deontologiya va kompetentlik
  • o‘qituvchi kasbiy etikasiga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar.
  • O’qituvchining axloqiy fazilatlar.
  • Pedagogik ta’lim fakulteti dekani




    Download 1,21 Mb.
    bet2/200
    Sana09.08.2024
    Hajmi1,21 Mb.
    #269314
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   200
    Bog'liq
    Buxoro davlat pedagogika instituti

    Pedagogik ta’lim fakulteti dekani:

    _____” _____________ 2023 yil ________________ S.S.Hamroyev


    (imzo)
    Pedagogika kafedrasi mudiri:

    _____” _____________ 2022 yil _________________G.V.Izbullayeva (imzo)



    MA’RUZALAR MATNI
    I MAVZU: PEDAGOGIK DEONTOLOGIYA FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI
    Reja:

    1. Pedagogik deontologiya tushunchasi va uning pedagogik

    etikadagi o’rni.

    1. Pedagogik deontologiya – kasbiy xulq-atvor haqidagi fan.

    2. Kasbiy axloqiy normalarning burch kategoriyasi

    sifatida ifodalanishi va uning qoidalari.
    Tayanch tushunchalar: “Deontologiya” tushunchasi. Deontologiyaning prinsiplari. Pedagogik deontologiya – kasbiy xulq-atvor haqidagi fan. Pedagogik deontologiya va kompetentlik fanining maqsadi va vazifalari. Pedagogik kompetentlikning boshqa pedagogik fanlar bilan aloqadorligi. Pedagogik kompetentlik, professional kompetentlik va o‘qituvchi kasbiy etikasiga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar.
    Deontologiya – so’zi yunoncha “deontos”-“shart” “burch”, logos-“ta’limot”, “o’rganish” degan ma’noni anglatadi.
    Deontologiya - etika fanining bir qismi sifatida mutaxassis o’rnining bir sohasiga nisbatan xulq-atvor normalari yoki burch haqidagi ma’noni anglatadi.
    Burch va majburiyat (axloqiy burch mutaxassis uchun ishlatiladi) meditsina xodimi, o’qituvchi-pedagog, jamiyat ishlarida davlat boshqaruvida rahbarlar oldida va shu bilan har bir shaxs oldida ham uni burch, vazifasi va avtoritetini xalq oldidagi burchi, mas’uliyatini ifodalaydi.
    O’qituvchining axloqiy fazilatlar.
    Umuminsoniy va milliy axloqiy fazilatlar barcha kishilar barcha kasb egalari, jumladan o’qituvchi-tarbiyachilar uchun zaruriy, axloqiy fazilatlar mehnat jarayonida kishining xulqi, fe’l-atvorini tartibga soluvchi qoidalar, davlatning turli qonunlari, me’yorlari va normalari bilan shakllanadi. Boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy voqelik shaxs oldiga ma’lum axloqiy talablar qo’yadi, bu talablar axloq normasi, axloqiy fazilatlar shaklida ifodalanadi.
    O’qituvchi umuminsoniy va milliy axloqiy fazilatlarni o’zlashtirib olishi, o’z tajribasida qo’llashi o’zining dunyoqarashi va mafkurasi hamda axloqiy tajribasi bilan taqqoslashi lozim. Fikrlash, his etish, turmushda sinab ko’rish natijasida umuminsoniy va millliy, axloqiy sifatlar, qoidalar, normalar, o’qituvchining o’z axloqiy fazilatlariga e’tiqodiga aylanadi. O’qituvchi odobining normalari har bir muallimning shaxsiy fikriga, axloqiy fazilatlariga va e’tiqodiga aylanishi lozim.
    Pedagogik takt - o’qituvchi axloqining aqliy ko’rinishlaridan biridir.
    O’qituvchi odobining asosiy sifatlari umuminsoniy va milliy axloqiy fazilatlar tushunchalarga mos keladi va ularni pedagogik faoliyat bilan bog’liq tarzda oydinlashtiradi.
    Insonprvarlik, vatanparvarlik, milliy g’urur, baynalminalchilik, adolat, yaxshilik, burch qadr-qimmat, mas’uliyat, vijdon, halollik, rostgo’ylik va talabchanlik kabi axloqiy fazilatlar o’qituvchi odobida pedagogik faoliyati bilan birgalikda tahlil qilinadi.

    Download 1,21 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   200




    Download 1,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogik ta’lim fakulteti dekani

    Download 1,21 Mb.