O’qituvchi zamonaviy axborat texnologiyalaridan, yuqori darajada xabardor bo’lishi zarur. 3




Download 1,21 Mb.
bet4/200
Sana09.08.2024
Hajmi1,21 Mb.
#269314
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   200
Bog'liq
Buxoro davlat pedagogika instituti

2. O’qituvchi zamonaviy axborat texnologiyalaridan, yuqori darajada xabardor bo’lishi zarur.
3. O’qituvchi o’z fani bo’yicha chuqur bilimga ega bo’lishi lozim.
4. O’qituvchi pedagogika va psixalogiya fanlarini puxta o’zlashtirgan bo’lishi zarur.
5. O’qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida eng samarali usul va vositalardan foydalana olishi lozim.
6. O’qituvchi ijodkor, tashabbuskor, tashkilotchi bo’lishi lozim.
7. O’qituvchi yuksak darajada mahorat egasi bo’lishi lozim.
8. O’qituvchi nutq madaniyatiga ega bo’lishi lozim.
O’qituvchilik burchi aql bilan hissiyotning birligidan iborat. Muallim kasbiga nisbatan qo’yiladigan talablarning mohiyati va mazmunini bilsa, uning shaxs va jamiyat uchun muhimligini anglasa, bu vazifalarni bajarish uchun o’zida qobiliyat borligini sezsa, pedagog uchun zarur fazilatlarni tarbiyalash yo’llarini belgilab olsa, shundagina unda kasbiy burch shakllana boshlaydi. Demak, unda burch shakllangan deyish mumkin.
O’qituvchining eng muhim burchlaridan biri o’z bilimlarini muntazam oshirib borishdan iboratdir. Muallim o’quvchilarga chuqur nazariy bilimlar berish, uni hayotga, mehnatga tayyorlashi darkor. Shu bilan birga, u boladagi mavjud layoqat va qobiliyatlarni payqab, unda mavjud bo’lgan ijobiy axloqiy fazilatlar o’stirishi lozim. O’qituvchining mas’uliyati uning xulqini tarbiyalashga solib turadigan, boshqaradigan kuch, o’quvchilarga ta’sir o’tkazish darajasining asosiy mezoni hisoblanadi.
O’qituvchi odobida yaxshilik fazilatlariga pedagogik faoliyat bilan bog’liq holda, o’qituvchining yaxshilik shaklida aniqlik kiritiladi. Unda o’qituvchi va o’quvchilar jamoasi manfaatlari birligi, muallim va o’quvchi maqsadining birligi, ta’lim va tarbiyaning samarasi uchun kurashning birligi aks etadi. Yaxshilik fazilati muallimning ham, o’quvchilarning ham, ota-onalarning ham yaxshi niyatli, xayrixoh va mehribon bo’lishini taqozo etadi.
O’qituvchilik qilayotgan yoki muallimlik kasbini tanlagan kishilar o’z zimmalariga qanchalik yuksak, sharafli mas’uliyat olayotganliklarini tasavvur etishlari lozim.

Download 1,21 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   200




Download 1,21 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’qituvchi zamonaviy axborat texnologiyalaridan, yuqori darajada xabardor bo’lishi zarur. 3

Download 1,21 Mb.