• V.S.Elegina va S.M.Poxlebaevlar
  • Davlat ta’lim standartlari joriy etilishi quyidagi maqsadlarni nazarda tutadi
  • Pedagogika kasbi boshqaruvchi va shakllantiruvchi xususiyatga ega




    Download 1,21 Mb.
    bet8/200
    Sana09.08.2024
    Hajmi1,21 Mb.
    #269314
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   200
    Bog'liq
    Buxoro davlat pedagogika instituti

    Pedagogika kasbi boshqaruvchi va shakllantiruvchi xususiyatga ega. Shaxs shakllanishini boshqarish kompetentlikni talab qiladi. Bu o’zida o’qituvchining nazariy va amaliy tayyorgarligini jamlagan holda uning kasbiy mahoratini namoyish qiladi. U yoki bu kasb yo’nalishi bo’yicha o'qituvchining malakaviy tasnifi pedagog kompetensiyasi modeli me’yorlari bilan o ’lchanadi.
    V.S.Elegina va S.M.Poxlebaevlar o’zlarining ilmiy maqolasida quyidagi fikrlarni bildiradilar: “Kompetensiyaga yo’naltirilgan ta’lim sharoitida talaba o’z faoliyatidan ijodiy natija oladi va shu bilan birgalikda, muvaffaqiyat qozonishning usullari, yo’llari, metodlari, yondashuvlari va uslublarini o’zlashtirib oladi. Aynan talaba tomonidan yaratilgan ijodiy natija talaba bilan o’qituvchining hamkorlikdagi ijodiy natijasi hisoblanadi. Talabaning o’zlashtirishiga baho berishdan maqsad, berilgan ta’limning qanchalar samarador bo’lganligi darajasini aniqlash, bu birinchidan, maktabda olgan nazariy bilimlari darajasini bilish, ikkinchidan undagi kompetensiya shakllanishi, amaliyot paytidagi muvaffaqiyatli faoliyati yanada tezlashadi”.
    Pedagog o ’z ixtisosligi bo’yicha ta’lim va tarbiya ishlari yuzasidan jamiyat oldida mas’uldir. U muntazam ravishda o ’z kasbiy tayyorgarligini takomillashtirib borish bilan birgalikda o’qituvchi, muallim, ustoz, tarbiyachi, pedagog huquqiga ega bo’lishi, aniqrog’i, kasbiy kompetensiya egasi bo’lishi lozim. Endilikda o’qituvchi uchun o’zi tanlagan kasb, fan, mutaxassislik borasidagi amaliy va nazariy bilimlami puxta egallash kamlik qilib qoldi. U har qanday vaziyatda ta’lim-tarbiyani yangi-yangi usul va metodlarini o’z faoliyatida qo’llay olishi, bir so’z bilan aytganda, kompetensiya egasi bo’lishi lozim.
    Buning uchun oliy ta’lim tizimida ishlab chiqilgan Davlat ta’lim standartlarida belgilangan tartib qoidalar, vazifalar va talablarni o’z vaqtida bajarish lozim.
    O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning 7-moddasiga, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq Respublikada idoraviy bo’ysunishi va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar ta’lim muassasalarining barcha turlari uchun majburiy bo’lgan davlat ta'lim standartlari (DTS) belgilanadi. DTS kadrlar tayyorlash sifatiga, ta’lim mazmuniga nisbatan qo’yiladigan talablarni, ta’lim oluvchilar tayyorgarligining zarur va yetarlicha darajasini hamda ta’lim muassasalarini bitiruvchilarga nisbatan qo’yiladigan malaka talablarini, o’quv yuklamasining zarur hajmini; ta’lim muassasalari faoliyatini va kadrlar tayyorlash sifatini baholash tartibi va mexanizmini belgilaydi.
    DTS ta’lim jarayonini va ta ’lim muassasalari faoliyatini baholashni tartibga soluvchi boshqa me’yoriy hujjatlami yaratish uchun asos hisoblanadi. Davlat ta’lim standartlari joriy etilishi quyidagi maqsadlarni nazarda tutadi:
    - ta’limning yuksak sifatini hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar, rivojlangan demokratik davlat barpo etish talablariga javob beruvchi kadrlar tayyorlanishini ta’minlash;
    - mamlakatning ijtimoiy va ijtimoiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqib kadrlar tayyorlash mazmunini tartibga solish;
    - ta’limning demokratiyalashuvi, insonparvarlashuvi va ijtimoiylashuvi, ta’lim oluvchilaming huquqiy iqtisodiy bilimlari darajasini, shuningdek, ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish;
    - sifatli ta’lim xizmatlarini ko’rsatish, ta ’lim va kadrlar tayyorlash
    sohasida shaxsning, jamiyat va davlatning manfatlarini himoya qilish;
    - kadrlar tayyorlash sifatini va ta’lim faoliyatini baholash mezonlarini
    va tartibini belgilash;
    - ta’lim jarayoni va kadrlar tayyorlashning izchilligi va uzluksizligini
    ta’minlash, ta ’limning barcha turlari va bosqichlarida o ’quv-tarbiya
    jarayonini maqbullashtirishning vakolatli organlari tomonidan davlat
    talablari belgilanadi

    Download 1,21 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   200




    Download 1,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogika kasbi boshqaruvchi va shakllantiruvchi xususiyatga ega

    Download 1,21 Mb.