|
Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi
|
bet | 5/7 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 71,04 Kb. | | #264599 |
Bog'liq KURS ISHI YUZ Xulosa
Malakaviy ish mavzusi doira olib borgan tahlil va izlanishlarimiz natijasida Korxonaning investitsion loyihasini baholash, investitsiya loyihalarini amalga oshirishda risklar va ularni pasaytirish yo’llari borasida quyidagi asosiy xulosalarga kelindi.
1. Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, amalga oshirish, ular miqdorining o’sib borishi har bir mamlakat ihtisodiyoti uchun, qolaversa, jahon iqtisodiyoti uchun ham katta ahamiyatga ega. Loyihalarni amalga oshirishga jalb etiladigan investitsiyalar samaradorligini ta’minlashda eng asosiy va bosh omil loyihaning sifatli, putxa, haqqoniy ishlab chiqilganligi, to’g’ri, aniq va chuqur o’rganib chiqilganligi hamda tahlil etilganligidir. Bunda loyiha risklarni baholash va ularni pasaytirish yo’llari yoki boshqarish vositalarining ishlab chiqilganligi ham muhim ahamiyatga ega.
. 2. Investitsiya loyihasida uchraydigan risklarni boshqarish yoki sug’urtalash yo’li bilan ular tufayli ro’y beradigan yo’qotishlarni kamaytirish yoki bartaraf etish mumkin. Bunda qaysi usulning tanlanilishi loyihani amalga oshiruvchilarning o’zaro kelushuviga bog’liqdir.
3. Rivojlangan mamlakatlarda investitsion loyihalarni moliyalashtirish risklarini boshqarishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat ekanligi aniqlandi: -investitsion loyihalar bo’yicha ishlab chiqilgan biznes rejalarning mukammal ishlanganligi; -tijorat banklari tomnidan berilgan investitsion kreditlarning ta’minoti uchun zarur bo’lgan yuqori likvidli garov ob’ektlarining mavjudligi; -investitsion kredit oluvchilarning to’lovga qobilligini moliyaviy koeffitsientlar asosida baholash tizimining takomillashganligi.
4. O’zbekiston Respublikasida tijorat banklarining kredit risklarining me’yoriy darajasi Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari bilan chegaralab qo’yilgan bo’lib, ularga rioya qilinishi kredit riski muammosining chuqurlashishining oldini oladi.
5. Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishdagi risklarni boshqarishning turli xil usullari mavjud. Biroq ularning barchasi samarali amalga oshirilganda ham investitsiya loyihasini amalga oshirish jarayoni ustidan olib boriladigan monitoring ishlarining o’rni va ahamiyatini ham e’tiborga olish lozimki, sifatli va maqsadli olib boriladigan monitoring natijalari loyihadagi ko’pgina muammolarni bartaraf etishga katta ta’sir ko’rsatadi.
Korxonaning investitsion loyihasini baholash, korxona rivojlanishining kelajakdagi yo'nalishlarini aniqlashga yordam beradi. Bu loyihani baholashda quyidagi muhim ko'rsatkichlar ko'payadi:
1. Investitsion loyihasining maqsadi va maqsadlari: Bu ko'rsatkich, loyihaning kelajakdagi iqtisodiy rivojlanish yo'nalishlari bo'yicha qaror qabul qilishda yordam beradi.
2. Bajarilgan ishlar va natijalar: Bu ko'rsatkich, loyihaning amaldagi holati va o'tgan yillarda bajarilgan ishlar haqida ma'lumot beradi.
3. To'lovlar va moliyaviy tahlil: Bu ko'rsatkich, korxona to'lovlarining tahlilini o'tkazish orqali, loyihaning moliyaviy holatiga nazar tashlashga yordam beradi.
4. Risk tahlili: Bu ko'rsatkich, loyihaning kelajakdagi rivojlanishi uchun zararli bo'lishi mumkin bo'lgan xavf va imkoniyatlarni baholashda yordam beradi.
5. Kelajakdagi strategiya: Bu ko'rsatkich, loyihaning kelajakdagi strategiyasini aniqlashda yordam beradi.
Jamiyatimizning rivojlanishi uchun investitsion loyihalarni baholash juda muhimdir. Bu loyihalar bizning mamlakatimizni yanada rivojlantirishga yordam beradi. Shuning uchun, korxonaning investitsion loyihasini baholash, kelajakdagi rivojlanish yo'nalishlarini aniqlashda va jamiyatimizni yanada rivojlantirishda yordam beradi.
Xulosa qilib aytganda, investitsiya loyihalarini amalga oshirish o’ziga xos bilim va malakani talab etar ekan, o’z navbatida, loyihaga doir risklardan va ularga tegishli barcha ma’lumotlardan xabardor bo’lish loyihaning muvaffaqiyatiga ijobiy ta’sir etadi. Bu kabi ma’lumotlarga ega bo’lmaslik esa turli salbiy oqibatlarga, hatto loyihani barbod bo’lishiga olib kelishi mumkin. Investitsion loyihalardagi risklarning mazmun va mohiyati, uning turlarini bilgan holda, undan kutiladigan yo’qotishlarni kamaytrish chora-tadbirlarini qo’llash va shu yo’l bilan riskning loyiha samaradorligiga ko’rsatadigan salbiy ta’sirini kamaytirish mumkin. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida investitsiya loyihalarini ishlab chiqishda risklarni hisobga olish, aniqlash va ularni kamaytirish bo’yicha quyidagi takliflar ishlab chiqildi:
1. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishg qabul qilishdan avval baholash jarayonida loyihaga ta’sir ko’rsatuvchi turli xil bozorlarga xos omillarni mukammal darajada o’rganish va tadqiq qilishga e’tiborni kuchaytirish va uni takomillashtirib borish lozim.
2. Investitsiya loyihalari bo’yicha risklarni tahlil qilishda moliyaviy va iqtisodiy samaradorlikni keltirib chiqaruvchi omillar tarkibida texni va texnologik omillar ta’sirini kuchli o’rganib chiqish, jumladan, ishlab chiqarishga tadbiq etiladigan texnologiyaning ichi bozor darajasida emas, balki xalqaro bozor miqyosidagi raqobatbardoshligini o’rganish va baholash zarurdir.
3. Bankka investitsiya loyihasi bo’yicha kredit ehtiyojini bildirib murojat qilgan loyiha buyurtmachisidan uni amalga oshirishning turli bosqichlarida ishtirok etuvchi tomonlar bilan imzolanadigan shartnomalarda bank ularning loyihadagi o’z ishtiroki segmenti bo’yicha riskli oqibatlarni keltirib chiqarishi bo’yicha mas’uliyat va javobgarliklarini belgilash va oshirishni kiritishni talab qilish maqsadga muvofiqdir.
4. Respublikamizda bozor infratuzilmasini, ayniqsa, uning bir tarmog’i bo’lgan sug’urta sohasini rivojlantirish zarur. Chunki sug’urta sohasini rivojlantirmay turib, investitsiya faoliyatini rivojlantirib bo’lmaydi. Sug’urta tashkilotlari investitsiya faoliyati ishtirokchilarini turli risklardan himoya qilishlari va shu yo’l bilan risklarni boshqarishda bevosita ishtirok etishlari zarur.
5. Loyihalarni texnik-iqtisodiy jihatdan asoslash bo’yicha ish olib boradigan professional loyiha-injiniring kompaniyalari tizimini yaratish lozim. Chunki texnik-iqtisodiy asoslash yordamida sarflangan mablag’ni qaytib kelishiga ishonch hosil qilish mumkin. Texnik-iqtisodiy asoslash muvaffaqiyatli bajarilganda, loyiha ishtirokchilariga loyiha bo’yicha barcha ma’lumotlarni aniq va to’liq ravishda berish mumkin va shu yo’l bilan bir qator noaniqliklarni hamda risklarni oldini olish mumkin.
6. Loyiha risklarini alohida turi bo’yicha kamaytirish mumkin. Masalan, bizning respublikamiz uchun eng ahamiyatli risklardan biri bo’lgan valyuta riskini kamaytirish uchun, kredit bo’yicha foizlarni belgilangandek har olti oyda yoki har chorakda emas, balki har oyda to’lashni tashkil qilish kerak. Bu kundan kunga valyuta kursi oshib borayotgan sharoitda foydali hisoblanadi. Agar mijoz olti oydan keyin to’layman, deb mavjud mablag’ini saqlab tursa, bu mablag’ o’z qadrini ma’lum darajada yo’qotadi. Ayniqsa, mavsumiy mahsulot ishlab chiqaruvchi mijozlar uchun foizlarni mavsum vaqtida har oyda to’lashni tashkil qilish, qolgan oylarda esa qarz bo’yicha foizlarni to’lamaslikka rozi bo’lish kerak.
7. Sotish riskini kamaytirish uchun, loyihani amalga oshirishdan avval chuqur marketing tadqiqotlarini o’tkazish, mahsulot o’rnini bosuvchi tovarlarni, ular bahosini, mahsulotning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish kerak.
8. Loyiha risklarini pasaytirish maqsadida investitsiya loyihalarini ekspertizadan o’tkazish va moliyalashni tashkil etish bo’yicha tijorat banklarining maxsus xizmatlarini mustahkamlash maqsadga muvofiqdir. Jumladan: - loyiha risklarini pasaytirish maqsadida investitsiya loyihalarini ekspertizadan o’tkazish jarayonini kuchaytirish, ya’ni loyihalarning moliyaviy, iqtisodiy, samaradorligini aniqlash, ekologik va ijtimoiy tahlil qilish, ekspertiza o’tkazuvchi muassasalar mas’uliyatini kuchaytirish; - investitsiya loyihalarini moliyalashtirishni tashkil etish bo’yicha tijorat banklarining maxsus xizmatlarini mustahkamlash, xususan, bu borada jahon tajribasidan unumli foydalanish, maxsus xizmatlarni tashkil etish uchun malakali kadrlar bilan ta’minlash va boshq.; - loyiha risklarini pasaytirish maqsadida investitsiya loyihalari ekspertizasi bilan bog’liq qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish va mustahkamlash, yangi qonunlar qabul qilish, tegishli qonun hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish;
9. Xorijlik ta’minotchilar tomonidan sifatsiz uskunalar va mexanizmlar etkazib berilishining oldini olish maqsadida xorijiy banklardan etkazib berilayotgan uskuna va mexanizmlarning sifati yuzasidan beriladigan kafolatlarini olish lozim.
|
| |