Korxonaning investitsion loyihasini baholash




Download 71,04 Kb.
bet3/7
Sana20.06.2024
Hajmi71,04 Kb.
#264599
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KURS ISHI YUZ

Korxonaning investitsion loyihasini baholash


Bunda, investitsion loyihasi tahlil qilingan holda, u haqida o'zgartirish kiritish uchun muhim nuqtalar belgilanadi. Bu qismda quyidagi ishlar bajariladi:
- Investitsion loyihasi tahlil qilinishi
- Investitsion loyihasining mazmuni va maqsadi haqida mulohaza berish
- Investitsion loyihasining amaliyotga o'tishiga zarur bo'lgan moliyaviy resurslar va ularning oqibatlari
- Investitsion loyihasining iqtisodiy natijalari va oqibatlari
- Investitsion loyihasining qo'llanilishi kerak bo'lgan huquqiy va qonuniy shartlar
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotining shakllanishi iqtisodiy o‘sishining bir qator makroiqtisodiy omillarini keskin darajada kuchaytirilishini taqozo etadi. Bu sohada ro‘y berayotgan jarayonlar voqealarning shiddatli almashinuvi bilan izohlanadi. Mamlakatning iqtisodiy o‘sishini qo‘llab-quvvatlash va jadallashtirishda hal qiluvchi rolni ishlab chiqarish investitsiyalari o‘ynashi kerak. Faqat investitsiyalar bazasidagina asosiy kapitalni yangilash hamda shu asosda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va sifatini yaxshilash evaziga mahsulotning raqobatbardoshligini oshirish mumkin. Biroq, bu hozirgi yuksak darajada integratsiyalashgan xo‘jalik sharoitida davlatning muvofiqlashtiruvchi roli ob‘ektiv ravishda ancha salmoqli bo‘lib qolmoqda. Shu munosabat bilan investitsiya sohasiga davlatning faol aralashuviga yaqin yillar mobaynidagi makroiqtisodiy siyosatning tarkibiy qismi sifatida qaramoq darkor. Bu esa strategik maqsad - iqtisodiy o‘sishni ta‘minlash uchun amalga oshirilmogi, bu raqobatbardoshlik va milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi mezonlariga javob berishi lozim. Strategik maqsadga erishish makroiqtisodiy rejalashtirish asosida ta‘minlanishi mumkinki, investitsiya jarayonlarini davlat yo‘li bilan boshqarib turish bunday rejalab turishning eng muhim bo‘ginlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bozor munosabatalariga o‘tishning O‘zbekiston tomonidan tanlab olingan yo‘li o‘ziga xos alohida xususiyatlarga ega bo‘lib, bunda hal qiluvchi rolni davlat o‘ynaydi. Bunday o‘ziga xoslik mamlakat Prezidenti Sh Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy islohotlarni o‘tkazishning beshta tamoyilida aks etgandir. Mana shu tamoyillardan birida ta‘kidlanishicha, ―... murakkab o‘tish davrida davlatning o‘zi bosh islohotchi bo‘lishi zarur. Davlat butun xalqning manfaatdorligini ko‘zlab, islohotlar jarayonining tashabbuskori bo‘lishi iqtisodiy taraqqiyotning etakchi yo‘nalishlarini belgilashi, iqtisodiyotda, ijtimoiy sohada va suveren davlatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o‘zgarishlarni amalga oshirish siyosatini ishlab chiqishi va izchil ro‘yobga chiqarishi kerak‖. Mamlakat xalq xo‘jaligi rivojlanishining hozirgi bosqichi iqtisodiy o‘sish yo‘liga o‘tib olish bilan izohlanadi. Bunday o‘sish alohida investitsiya siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishni talab etadiki, u taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasiga, investitsiya resurslari va chet el investitsiyalarini jalb qilish sifatida mablag‘lardan foydalanishning mavjud imkoniyatlariga tayanishi lozim bo‘ladi. Chet el investitsiyalarini jalb etmay turib, xozirgi zamon talablariga javob beradigan ishlab chiqarishning tashkil etilishini ta‘minlash mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov xuddi shu masalaga e‘tiborni qaratdi: ―Buning uchun ularni rivojlantirishning yangi manbalari, ham chet el investitsiyalarini keng jalb qilish hisobiga, ham ichki manbalar, bank kreditlari hisobiga doimo kashf etib borilishi darkor‖. Investitsiya jarayonlarini izga solib turishning iqtisodiy asoslarini yaratish, ishlab chiqilgan siyosatni amalga oshirishga imkon tugdiruvchi shart-sharoitni ta‘minlash investitsiya siyosatining muhim vazifalaridan biri bo‘lib, iqtisodiy o‘sishga aynan shu yo‘l bilan erishish mumkin. Bozor iqtisodiyoti kapital mulkka mo‘ljallanayotgan investitsiyalar xajmi tegishli moliya aktivlarining daromadliligiga bogliq bo‘ladi. Daromad me‘yori orqali esa ana shu aktivlarning bahosi investitsiyalarga bo‘lgan talab va taklifga qarab belgilanadi. Davlat pul va kredit siyosati orqali investitsiyaga bo‘lgan talab va taklifning nisbati hamda uning tarkibiy tuzilishiga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Shunday ekan, bu siyosat turli moliya aktivlaridan olinadigan daromad xajmiga ham katta ta‘sir etadi. U investitsiya tovarlari bozorida investorlarning xattiharakatining bosh yo‘nalishini, shunga bog‘liq holda investitsiyalar tarkibiy tuzilishini belgilaydi.
Korxonaning zamonaviy investitsiya siyosati keng ko‘lamli, nihoyatda murakkab va bir-biriga o‘xshamaydigan investitsiya qarorlari shaklida namoyon bo‘ladi. Bunday korxonalar «mablag‘larni qo‘yish tashabbuskori» sifatida ham, «tashqi investitsiyalar ob‘ekti» sifatida ham maydonga chiqadi. Korxonalarning investitsiya siyosatida bevosita investitsiyalar muhim o‘rinni egallaydi. Bevosita investitsiya qarorlarini amalga oshirish uchun jalb etiladigan moliya zaxiralari miqyosi va uzoq davom etuvchi xususiyatlari tufayli bu turdagi investitsiya qarorlari jiddiy xatarlar bilan chambarchas bog‘langandir. Bu sharoitlar bevosita investitsiya qarorlarining juda muhim ijtimoiy iqtisodiy ahamiyatini nazarda tutib, fundamental tadqiqotlar predmeti sifatida nisbatan mustaqil ilmiy oqimni keltirib chiqaradi. Bu nisbatan mustaqil ilmiy oqim - investitsion loyihalar tahlili deb ataladi. Jahon tajribasida investitsion tahlilning uch asosiy bosqichda o‘rganish qabul qilingan: - investitsiyadan oldingi bosqich; - investitsiya qilish bosqichi; - amalga oshirilgan investitsion loyihani ekspluatatsiya qilish bosqichi. YuNIDOning umum tan olgan tizimiga ko‘ra investitsiyadan oldingi bosqich 4 qismga bo‘linadi: - investitsion qarorlarini (tizimlarini) izlash; - investitsion loyiha oldidan (birlamchi) tayyorlash; - investitsion loyihani uzil-kesil rasmiylashtirish va uni texnik-iqtisodiy, ijtimoiy va moliyaviy tomondan yaroqligini baholash; - loyihani so‘nggi marta ko‘rib chiqish va uni moliyalash to‘g‘risida qaror qabul qilish. Investitsion tahlilning birichi bosqichi - investitsiya qarorlarini izlash va tanlashdan iboratdir. Bu amaliyotda bir muncha murakkabliklarni keltirib chiqaradi. Uni shu bilan izohlash mumkinki, har qanday investitsiya qarorlarini qabul qilish qisman ko‘p sonli fuqarollarning, yuridik shaxslarning, jamoat tashkilotlarining, birlashmalarining xarakatlarini manfaatlari bilan bog‘liqdir.
Bunda, yaxshi ma‘lumki shu qarorga tegishli barcha tomonlar manfaatlarining muvozanatiga erishgan holdagina investitsiya qarorini muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin. Xalqaro amaliyotda investitsiya qarorlarining eng ko‘p tarqalgan quyidagi tasniflari qabul qilingan. Majburiy investitsiyalar - korxona o‘z faoliyatini davom ettira olishi uchun zarur bo‘lgan investitsiya qarorlari, qoidaga ko‘ra, bu sinfga atrof-muhitga ko‘rsatiladigan zararli ta‘sirni kamaytirishga, korxona xodimlarinig ish sharoitida davlat me‘yorlari darajasida yaxshilashga va boshqa shunga o‘xshash ishlarga qaratilgan investitsiya qarorlari kiradi. Sarf-xarajatlarni kamaytirishga qaratilgan investitsiya qarorlari - uzoq davom etadigan raqobat kurashiga bardosh berish zarurati tufayli yuzaga keladigan investitsiya qarorlarining eng keng tarqalgan turidir. Bu sinf qo‘llanilayotgan texnologiyalarni takomillashtirishga, xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirishga, mehnatni tashkil etish va boshqaruvni yaxshilash hamda shu kabi ishlarga qaratilgan investitsiya qarorlarini uz ichiga oladi. Investitsion xarakterning boshqarilishini hal etish qabul qilish jarayonida mavjud investitsiyani kelajakdagi pul tushishini baholash va taqqoslash yotadi. Vaholanki, taqqoslash ko‘rsatkichlari vaqtning turli fursatlariga to‘g‘ri keladi. Bu erdagi asosiy muammoning echimi ularni birlashtirishda unga turli xil yondashish mumkin, ya‘ni ob‘ektiv va sub‘ektiv shartlarni hisobga olgan holda: inflyatsiya darajasi, bashorat qilish gorizonti, tasniflashning darajasi va boshqalar. Quyidagi shartlar bajarilgan taqdirda loyihalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi: - agar loyihaning vazifalari, asosiy hamda muqobil varinatlari aniqlangan va dastlabki tanlov o‘tkazilgan bo‘lsa; - loyiha taqdiriga ta‘sir ko‘rsatadigan asosiy siyosiy va tashkiliy muammolar tenglashtirilgan va ularnit hal qilish mumkin degan xulosa chiqarilgan bo‘lsa; - loyihani tanlash asosli deb hisoblanishi uchun nazarda tutilgan xarajatlar va daromadlarning joriy diskontlangan qiymati
baholangan bo‘lsa;
- agar loyihani amalga oshirishda yutishi yoki yutqazishi mumkin bo‘lganlarning hammasi uni qo‘llab-quvvtalashi kutilsa va ularning roziligi bo‘lsa;
- agar loyiha ichki va zurur hollarda tashqi manbalardan tegishlicha moliyalashtirilishi mumkin bo‘lsa;
- loyihani ishlab chiqishning aniq bazasi tashkil qilingan bo‘lsa.
Moliyaviy ekspertiza loyhani moliyaviy yashashga qobiliyatini nazorat qiladi va uni asosiy boshqarilishi uchun zaruriy choralar belgilaydi. Moliyaviy ekspertiza hamma vaqt loyihani moliyaviy reja ko‘rilishini buxgalterlik hisobini adekvat va tavtish tizimini o‘z ichiga oladi. Undan tashqari moliya ekspertizasi qo‘shimcha ravishda quyidagi keltirilgan omillarni hisobga oladi:
- loyihaninng rentabelligi; - loyihadan foyda qiluvchi fuqarolar uchun moliyaviy oqibatlar va ular uchun moliyaviy tavakklchilikning baholanishi;
- loyihani milliy byudjetga uni amalga oshirilishi uchun kerakli fondlarni mavjudligini tekshirish uchun ta‘siri;
- loyhani amalga oshiruvchi firmaning boshqarish imkoniyatlari;
- moliyaviy faoliyatni, loyihani amalga oshirilishi va ishlatilichiga qo‘llanladigan andozlar.
Iqtisodiy ekspertiza quyidagilarni belgilaydi: loyihaning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishga ta‘siri baholanadi; kiritilayotgan resurslar va olinayotgan mahsulotlar ularning milliy iqtisodiyot uchun haqiqiy qadr-qimmatini aks ettiradigan noaniq baholarda baholanadi; tahlilga iqtisodiyot uchun bevosita ta‘sir etuvchi jihatlar kiritiladi (importga, eksportga, aholi bandligiga, chet el valyutasiga, talab va taklifga, ekologik ahvolga va sh.k.), shuningdek, bilvosita ta‘sirlar (boshqa sohalarga bo‘lgan ta‘siri va sh.k.) ham kiritiladi; ijtimoiy shartsharoitlar hisobga olinadi va h.k.lar. Loyihalar asoslangan sanoat tarmog‘i tarqqiyoti dasturining bir qismi va iqtisod sohasining siyosatini aks ettiruvchi bo‘lmog‘i darkor. Har qanday ekspertiza birinchi navbatda o‘ziga xos loyhalar faqat ushbu tarmoq siyosat maqsadi uchun xizmat qilishini namoyish qilmog‘i lozim.
Ekspertiza vazifasi – loyiha tavsiya qilingan tarmoq strategiyasiga to‘g‘ri kelishini belgilashdan iborat.
Investitsion loyihasining qo'llanilishi uchun huquqiy va qonuniy shartlar quyidagilardir:

  • Investitsion loyihasining qo'llanilishi to'g'risida qonun hujjatlari: Investitsion loyihasi, davlat va hududlararo shartnoma, to'lov shartnomasi, investitsion kafolatnoma va boshqa qonuniy hujjatlar bilan amalga oshiriladi.

  • Investitsion loyihasining qo'llanilishi uchun huquqiy shartlar: Investitsion loyihasi, investitsion loyihasiga qatnashuvchi taraflar o'rtasida imzolangan shartnomalar, to'lov shartnomalari, kredit shartnomalari va boshqa huquqiy hujjatlar bilan amalga oshiriladi.

  • Investitsion loyihasining qo'llanishiga oid tartib: Investitsion loyihasi, investitsion loyihasiga qatnashuvchi taraflar o'rtasida kelishuvlar, tartib va shartnomalar bilan amalga oshiriladi.

  • Investitsion loyihasining muddati va bekor qilinishi: Investitsion loyihasi, investitsion loyihasi muddati va bekor qilinishi haqida ma'lumot berishi kerak.

  • Investitsion loyihasining moliyaviy ko'rsatkichlari: Investitsion loyihasi, investitsion loyihasining moliyaviy ko'rsatkichlari va investitsion loyihasiga qatnashuvchi taraflarning huquqiy va moliyaviy majburiyatlari haqida ma'lumot berishi kerak.

  • Investitsion loyihasining amaliyotga kiritilishi: Investitsion loyihasi, investitsion loyihasining amaliyotga kiritilishi bilan bog'liq huquqiy va boshqa shartlar haqida ma'lumot berishi kerak.

  • Investitsion loyihasining to'lov shartlari: Investitsion loyihasi, investitsion loyihasiga qatnashuvchi taraflar o'rtasida kelishuvlar va to'lov shartnomalari bilan amalga oshiriladi.

  • Investitsion loyihasining amaliyot natijalari: Investitsion loyihasi, investitsion loyihasining amaliyot natijalari bilan bog'liq ma'lumotlar berishi kerak.

  • Investitsion loyihasining muvofiqligi: Investitsion loyihasi, davlat organlari tomonidan tekshiriladi va investitsion loyihasining muvofiqligi tasdiqlanadi.

  • Investitsion loyihasining ruxsati: Investitsion loyihasi, investitsion loyihasining ruxsati olishi kerak bo'lgan qonuniy va huquqiy shartlar haqida

ma'lumot berishi kerak.



Download 71,04 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 71,04 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Korxonaning investitsion loyihasini baholash

Download 71,04 Kb.