Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/114
Sana21.06.2024
Hajmi7,65 Mb.
#264904
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   114
Bog'liq
bosh

 AMALIY ISHLAR 
Reja: 
 
1.Boshlang‘ich sinf texnologiya darslarida amaliy ish turlari.
2.Ish qurollaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari. 
3. O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish texnologiyai.


126 
4.Texnologiya fani ish qurollari va ish materiallari bilan 
tanishtirish va ulardan foydalanish talablari.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: 
Boshlang`ich sinf texnologiya darslari da amaliy ish turlari, 
mehnat ish qurollari, texnika xavfsizligi qoidalari, o`z-o`ziga xizmat, 
har xil turdagi materiallar, ulardan foydalanish qoidalari. 
 
O’quvchilar ijtimoiy ishlab chiqarish mehnatiga tayyorlashning 
ilk bosqichlarini texnologiya fani darslarida o’rganadilar. Ular birinchi 
sinf davridan boshlab nafaqat mehnat darsi mashg’ulotlarida turli 
materiallar bilan tanishadilar, balki boshqa darslarda ham mehnat 
turlariga oid materiallarga to’qnash keladilar va ular bilan bilan 
tanishib boradilar. Masalan, qog’oz va karton bilan ishlash, gazlamaga 
dastlabki ishlov berish, turli materiallar bilan ishlash, o’z-o’ziga 
xizmat ko’rsatish hamda uy-ro’zg’or mehnati va shu kabilar bilan 
tanishib boradilar. Boshlang`ich sinf texnologiya darslari da amaliy 
ishlarni bajarib bois jarayonida o’quvchilarda mehnatsevarlik, 
materiallarni tejamli sarflash, mehnatga ijodiy yondashish, tabiatga 
ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish, mehnat madaniyatini 
tarbiyalash bilan bir qatorda, ularga ayrim kasblar haqida tushunchalar 
ham berib boriladi. 
O’quvchilarga mehnatdan ta’lim berishning xususiyatli va 
ahamiyatli tomonlari mavjud ular ta'lim berishning asosiy vazifalarini 
o’z ichiga oladi. Shunday vazifalar sirrasiga o’quvchilarda 
materiallarga ishlov berish ko’nikmalarini hosil qilish va ularga 
shunga muvofiq bilimlarni berishdir. O’quvchilarda materiallarga 
ishlov berish ko’nikmalarini hosil qilish va ularga shunga muvofiq 
bilimlarni berish birinchi sinfdan boshlab bosqichma-bosqich amalga 
oshirib boriladi, chunki o’quvchilar hali eng oddiy buyumlarni 
tayyorlash operatsiyalarni eslab qolishga qodir emaslar. 
Hosil qilingan ko’nikmalar malakalarni ham shakllantirib boradi. 
Bularning barchasi takror mashq qilishlar natijasida takomillashib 
boradi. O’qituvchi o’quvchilarning xatolarga yo’l qo’ymasligi uchun 
ularni o’z-o’zini nazorat qilishga odatlantirib borish lozim. 
Topshiriqlarni bajarish jarayonida yo’l qo’yilgan xatolarni o’zlari 
topib uni tuzatmagunlaricha hamda bajarilgan ishlarning to’g’riligiga 


127 
ishonch hosil qilmagunlaricha o’quvchilardan ishni qabul qilmaslik 
lozim. 
Amaliy topshiriqlarni bajarish jarayonida yangi ko’nikma va 
malakalar 
hosil 
qilinadi. 
Buning 
uchun 
qo’l asboblaridan 
foydalanishning 
o’ziga 
xosligini, 
materiallarni 
xususiyatini, 
yasalayotgan buyumlar xususiyatini bilish katta ahamiyat kasb etadi. 
Boshlang’ich sinflarni qo’l mehnatiga o’rgatish quyidagi ish 
turlariga bo’linadi: 
1.Qog’oz va karton bilan ishlash. 
2.Turli materiallar bilan ishlash: 
a) Applikattsiya va mozayka ishlari; 
b) Loy va plastilin bilan ishlash; 
v) Tabiiy materiallar bilan ishlash. 
3.Qog’oz va karton bilan ishlash. 
4. Gazlama bilan ishlash. 
5. Loyihalash va modellash ishlari. 
6. Qishloq xo’jalik ishlari. 
Dars boshida o’qituvchi biror mavzu bo’yicha suhbat olib boradi, 
bu buyum qanday maqsadlarda va qayerda ishlatilishini tushuntiradi. 
Shundan so’ngra o’quvchilar tayyorlanayotgan har bir buyumni 
amalda qo’llashga o’tadilar. 
Buyumni tayyorlash usullarini o’qituvchi sinf doskasiga osib 
qo’yilgan yo’llanma xaritasidan yoki texnik vositalardan foydalanib 
ko’rsatadi. Ishni bajarish tartibi va usullariga tegishli savollarni berib, 
amaliy ish materialini takrorlaydi va buyumni o’quvchilar bilan 
birgalikda tayyorlashga o’tadi. 
Texnologiya fanidan amaliy ishlar tuzilishi quyidagi tartibda olib 
boriladi: 
1. O’quvchilar oldiga mehnat topshirig’ining maqsadi va 
mavzusini qo’yish: 
a) darslarda bajarishga mo’ljallangan buyum yoki ishning 
o’quvchilar hayotining yoki bu tomoni ehtiyojlarini qoniqtirishdagi 
ahamiyati;
b) belgilangan ishni yaxshi bajarish uchun qanday yangi bilim va 
ko’nikmalarni egallash lozimligini ko’rsatish. 


128 
2. Ish o’rni, asbob-uskuna, material, namuna, doskadagi 
chizmalarning tayyorligini tekshirish, ishni yaxshi va uyushgan holda 
tashkil etishga yordam beruvchi qonun-qoidalarni eslatish. 
3. Bajariladigan mehnat vazifalarini oldindan rejalashtirish: 
a) namuna, qism va detallar miqdorini tahlil qilish, kerakli 
materillarni, berilgan o’lchovlarni tayyorlash; 
b) buyum tasviri va uning detallarini namunadan tanish, 
tushunish, barcha o’lchovlarni va ishchi chiziqlarini topish va o’qish, 
ya’ni ishni buyumni tayyorlash uchun qanday harakatlarni amalga 
oshirish, qanday asboblarni ishlatish, mehnat harakatlarini ketma-ket 
bajarish tartibini aniqlash. 
4. Materialni namuna, berilgan o’lchovlar bo’yicha belgilab 
chiqish. O’quvchilarni belgilash tartibini bilishlari va uni doskada 
belgilash bosqichlarini bajarayotgan yoki buyumni ko’rsatib 
tushuntirayotgan o’qituvchi bilan bir vaqtda bajarilishi lozim. 
5. Belgilash ishlarini bajarish. Detallarni tayyorlash, detallarni 
moslash va uning barcha detallarini yig’ish; detallardan buyumni 
yig’ish jarayonida; buyum va uning detallariga ishlov berish 
jarayonida zarur bo’ladigan bilim va ko’nikmalarni egallash. 
6. Harakatlanayotganda tekshirish, xato va kamchiliklarni 
tuzatish, ishni baholash. 
7. Darsga yakun yasash, yangi vazifalar qo’yish. 
Texnologiya fanida amaliy ish mashg’ulotlari tashkil qilishning 
bu tartibidan o’qituvchi mazkur dars uchun belgilangan aniq buyum 
yoki ishning xususiyatlarini nazarda tutib foydalanadi. 
Amaliy ishlar jarayonida o’quvchilarda mehnatga qiziqish va 
muhabbat singdirib boriladi. Mehnatga qiziqishning 
muhim 
talablaridan biri ishlanadigan buyumni to’g’ri tanlashdir. O’quvchilar 
tayyorlanadigan narsalarni nimaga kerakligi, qayerda ishlatilishini 
bilishlari kerak. 
O’quvchilarni ishlayotgan materiallarga tejamkorlik bilan 
munosabatda bo’lishlari, o’z ishlarini rejalashtira bilishlari, materiallni 
tejamkorlik bilan sarflashlari, vaqtdan unumli foydalanishlari, 
o’qituvchi ko’rsatmasiga amal qilishlari, shu bilan birga ish joyini toza 
va ozada saqlashlari, mashg’ulotdan so’ng sinfni tozalab qo’yishlariga 
odatlantirib boorish kerak. 


129 
Barcha fanlarda qo’llanilgani kabi mehnatning amaliy ish 
turlarida ko’rsatmali vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiq 
bo’ladi.. Jumladan, texnologiya darslari da turli xil namuna, rasm, 
chizma, sxematik namuna, turli predmetlarning modellari, shuningdek 
texnika vositalaridan foydalaniladi.

Download 7,65 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   114




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o

Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish