Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/114
Sana21.06.2024
Hajmi7,65 Mb.
#264904
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   114
Bog'liq
bosh

3-topshiriq
qo‘g‘irchoq uychasi uchun jihozlar yasashdan iborat 
bo‘lib, bu topshiriqni o‘g‘il va qiz bolalar hamkorlikda bajaradilar.
A) stol yuzasi 120x100 mm.dan iborat bo‘ladi. Uni o‘g‘il bolalar 
kartondan yasab, sirtiga qog‘oz yopishtiradilar (rasm, a). Oyoqlari esa 
to‘rt tomoni yo‘nib tekislangan cho‘plardan yasaladi. Ularni kartondan 
ham yasash mumkin. Kartondan yasamoqchi bo‘lsangiz, u holda eni 1 
sm, uzunligi 7 sm.lik 12 bo‘lak karton tayyorlang. Ularni uch 
qavatdan qilib bir-biriga yopishtiring (rasm-3, b), hosil bo‘lgan to‘rtta 
oyoqni stol taxtasining tagidan yopishtiring. SHu bilan stol tayyor 
bo‘ladi (rasm-3 v). 
B) aylana stol taxtasi ham kartondan yasaladi, uning diametri 80 
mm (rasm, a) bo‘lib, ustiga boshqa jihozlarda bo‘lgani kabi qog‘oz 
yopishtiriladi. Buning uchun qog‘ozdan diametri 100 mm.lik doira 
qirqib oling. Keyin unga elim surtib, o‘rtasiga doira kartonni 
yopishtiring. Qog‘ozning ortib qolgan chetlarini markazga qarata 
mayda-mayda qismlarga bo‘lib qirqing-da, stol taxtasi ostiga qayirib 
yopishtiring. Aylana stolning oyoqlarini ikkita karton lentadan tay-


131 
yorlang (rasm-3, b). Bu oyoqlarga rangdor qog‘oz qoplab “v” rasmda 
ko‘rsatilgandek buklang. Keyin har ikkala bukilgan lentani qo‘shuv 
alomati tarzida birini-biriga ko‘ndalang qo‘yib, taxta tagiga 
yopishtiring (rasm-3, g). Agar oyoqlar juda uzun bo‘lib qolsa, 
uchlaridan qirqib, kaltaroq qiling. 
V) gultuvak qo‘yiladigan stol ham xuddi shunday kartondan 
yasaladi. Kartondan diametri 80 mm kattalikda 4 ta doira qirqing. 
Keyin shu doira markaziga sirkul uchini qo‘yib, 70 mm diametrlik 
doira chizing-da, ichini qirqib oling. Shunda eni 10 mm.lik 
g‘ildirakchalar hosil bo‘ladi (rasm-3, a). Bu g‘ildirakchalarni ikkita-
ikkitadan qilib bir-biriga yopishtiring. Keyin har ikkalasidan ham 1/4 
qismini qirqib oling (rasm-3, b). Bu qirqib olingan qismini qolgan 
katta qismining past tomoniga “v” rasmda ko‘rsatilganidek 
yopishtiring, so‘ngra qalinroq kartondan ikkita taxtacha qirqing. 
Birining kattaligi 100x30 mm, ikkinchisiniki 50x30 mm bo‘lsin. 
Ularning 
ustiga 
bir 
xil 
qog‘oz 
yopishtiring 
(rasm,-3 
g). 
Taxtachalarning yon tomoniga elim surtib, ularni g‘ildirakchalarga 
o‘rnating. Ostidagisi oyoq qismiga yopishsin (rasm-3, d). Stolchaga 
qizlar tomonidan rasm daftaridan konus shaklida ishlangan 
tuvakchalar qo‘yiladi. Unga qo‘yiladigan gullarni qizlar juda yupqa 
qog‘ozlardan turli rangga bo‘yab tayyorlaydilar. 
G) uychani bezash uchun ishlatiladigan boshqa buyumlar. 
Uychaga jihozlar qo‘yib chiqilgach, dastlab qizlar tomonidan deraza 
pardalari tayyorlanadi, chunki har bir uyda deraza bo‘lib, ularga 
pardalar ilinadi. Buning uchun 13x12 sm kattalikda ikki bo‘lak doka 
kerak bo‘ladi. Uning bir uchidan katta-katta tikib, ipni tortib, dokani 
burma qiling, shunda har ikkala pardaning kengligi (rasm, a ga 
qarang) 16 sm bo‘lsin. Pardani boshi dumaloq nina bilan uycha 
derazasining tepasiga qistirib qo‘ying. Keyin yupqa kartondan 
kengligi taxminan 1 sm lenta qirqilib, uning usti rangdor qog‘oz bilan 
qoplanadi va pardaning ust tomoniga yopishtirib qo‘yiladi. Bu bilan 
siz ham karniz yasadingiz, ham ko‘rinib turgan iplar bekitildi (rasm-3, 
a). 
Uyni bezatish uchun ramkali rasm ham kerak bo‘ladi. Bu ishni 
o‘g‘il bolalar bajaradilar. Ramkani ham ustiga rangdor qog‘oz 
yopishtirilgan kartondan qirqing yoki bo‘yang. Ramkaning orqa 
tomoniga biror eski jurnaldan chiroyli rasmni qirqib olib yopishtiring. 


132 
Tasvir tayyor bo‘lgach, uni devorga boshi dumaloq nina bilan 
biriktirib, osib qo‘ying (rasm-3, b). 
Agar gilamcha bo‘lmasa, chetiga gajim tutilgan bir parcha 
matodan gilam o‘rnida foydalanish mumkin. Gajimni matoning 
chetidan ip sug‘urib osongina yasash mumkin (rasm-3, v). 
Qizlar divan va stullarga to‘shak ham tayyorlashlari kerak bo‘ladi. 
Buning uchun yo‘l-yo‘l mato olib, 95x58 mm kattalikda yaxtalik 
to‘shak tiking (rasm-3, g). 
Shu usulda stullarga ham to‘shakcha tiking. Uning ikki 
burchagida bog‘ichi bo‘lsin. Stul va divanlarni probkadan yasash 
mumkin. Ularni plastilindan ham yasash mumkin. Stolga yozish 
uchun dasturxon ham kerak. Uni oq matodan tayyorlang. Chetlarini 
qaychi bilan naqshli qilib qirqib chiqing. Xuddi shu usulda aylana stol 
uchun ham dasturxon tayyorlang. Aylana stolga dasturxon yupqa oq 
qog‘ozdan tayyorlanishi mumkin. Agar qog‘ozdan naqsh qirqa 
olsangiz, bezakli dasturxon yasang (rasm-3, d). 
Yana bir o‘ylab ko‘ring-chi, qo‘g‘irchoq uyini bezatish uchun 
yana nima kerak bo‘lar ekan? Vazalar, haykalchalar kerak 
bo‘lmaydimi? Bularni o‘zingiz turli materiallardan yasab oling. 
Ularning katta-kichikligini uyning hajmi va jihoz o‘lchamlariga 
munosib qilib yasashni unutmang. 

Download 7,65 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   114




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o

Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish