• 6-topshiriq: “O‘ynoqi qiziqchi”
  • ” deb nomlangan bo‘lib,  u




    Download 7,65 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet40/114
    Sana21.06.2024
    Hajmi7,65 Mb.
    #264904
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   114
    Bog'liq
    bosh


    deb nomlangan bo‘lib,
     u
    ni yasash 
    bilan ham, asosan, o‘g‘il bolalar shug‘ullanishlari kerak. Temirchi 
    ayiqlar juda qadimiy xalq o‘yinchoqlaridandir. Bu o‘yinchoqni yasash 
    uchun bir parcha faner, uchi ikki tomonga buqiladigan to‘rtta mix va 
    qo‘larra kerak bo‘ladi.
    Qog‘ozga ayiq rasmining konturini chizib, bu shaklni 3-4 marta 
    fanerga ko‘chiring. Keyin ayiq tanasining yuqori yarim shaklini yana 
    ikki marta chizing
     
    (rasm-5, a). Fanerdan ikkita chizg‘ich (taxtacha) 
    kesing. Ularning uzunligi 20 sm, eni 1,5 sm bo‘lsin. Keyin bu 
    taxtachalarni ikki eridan parma yoki qizdirilgan sim bilan teshing. 
    Ikkita butun tanasi o‘rtasiga bitta yarimtalik tanani qo‘yib elimlang 
    (rasm, v). Endi uchi ayri mix bilan ayiqlarni faner taxtachalarga “g” 
    rasmda ko‘rsatilganidek o‘rnating. Ularni yaxshilab bo‘yang. Ikkala 
    faner chizg‘ich galma-gal old va orqaga tortilsa, ayiqchalar navbatma-
    navbat bolg‘alay boshlaydilar. 
    Bu turdagi topshiriqlar o‘quvchilarda konstruktorlik, loyihachilik 
    ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
    6-topshiriq: “O‘ynoqi qiziqchi”
    deb nomlangan. Bu topshiriq, 
    asosan, qiz bolalarga mo‘ljallangan.
    O‘ynoqi qiziqchi ham xalq ijodi namunalarida uzoq yillar 
    davomida yashab kelmoqda. Fanerdan qiziqchi qo‘g‘irchoqning 


    135 
    tanasi, qo‘l va oyoqlarini tayyorlang. Har bir oyog‘ini alohida-alohida 
    yasang (rasm-6, a, b, v, g). Fanerdagi aylana belgilar qo‘yilgan erlarni 
    teshing. Qo‘l va oyoqlarini ayri uchli mix bilan tanaga biriktiring. 
    Orqa tomonidan pishiq ip bilan har ikki qo‘l va har ikki oyoqni bir 
    qilib bog‘lang. Bu iplarning uchini uchinchi uzun ipga bog‘lang 
    (rasm-6, d). Qiziqchining kiyimlarini chit nusxa, yuzini esa 
    masxaraboz nusxa qilib bo‘yang. Keyin uning bosh tomonidan ip 
    bog‘lab osib qo‘ying. Pastki ipning uchidan ushlab, siltab-siltab 
    tursangiz, qiziqchi o‘yin ko‘rsatadi. 
    Ushbu topshiriq qizlarda nafosat, did, tikuvchilik ilmi 
    elementlarini tarkib toptirishga xizmat qiladi. 

    Download 7,65 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   114




    Download 7,65 Mb.
    Pdf ko'rish