• “Kungaboqar”
  • Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o




    Download 7,65 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet48/114
    Sana21.06.2024
    Hajmi7,65 Mb.
    #264904
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   114
    Bog'liq
    bosh

    Muammoli o‘qitish
    – Maqsadi - faol shaxsni tarbiyalash. 
    Vazifasi - faol bilish jarayoniga undash, ijodiy fikrni rivojlantirish, 
    tanqid va tahlil qilish, muammoni echish usulini izlashga o‘rgatish, 
    tafakkurida ilmiy-tadqiqot uslubini shakllantirish.

    Muammoli vaziyatni yaratish metodikasi: 

    O`quvchilar muammoning echimini o‘zlari topishga 
    urinadilar;

    O`quvchilar bitta savolga har xil fikrlar bildiradilar; 

    Fikrlar taqqoslanadi, umumlashadi va xulosa chiqariladi. 

    Muammoli o‘qitishning shakllari: 

    Nazariy bilimlarni berishda o‘quv materialini muammoli
    bayon etish; 

    Amaliy mashg`ulot ishlari yoki tajriba qilishda qisman 
    izlanuvchi faoliyat; 

     “Zig–zag”
    – usuli 1980 -1990 - yillardan boshlab paydo 
    bo‘lgan. Bu usulning boshqalardan farqi shundaki, ishtirokchilar 
    mayda guruhlarga ajratiladilar va o`quvchilar raqamlanadilar, spiker 
    (boshliq saylanadi). So‘ngra bir xil raqamlar bir-birini “topadilar”. 
    Topshiriq beriladi va o‘zlashtirgach, tarqalishadilar. Har bir a’zo o‘zi 
    o‘zlashtirgan materialni eski sheriklariga aytib beradi. Savol - 
    javobda esa guruh baholanadi. Har bir raqamlanganlar yangi va har xil 
    topshiriqlar olganini hisobga olsak, har bir talaba o‘z guruhi manfaati 
    uchun ham berilgan topshiriqni bilishi kerak va bilishga majbur.
    Chunki, u o‘z guruhiga qaytganda, o‘rgangan mavzu bo‘yicha savol-
    javobda guruhi nomidan qatnashishi kerak.

    6x6x6 
    – uslubida o‘qituvchi guruh 36 ta qatnashchisini qisqa 
    vaqt mobaynida bironta masalani muhokama qilishga o‘rgatish va ular 
    ko‘pchiligining fikrlarini bilib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 6-ta 
    guruh ishtirokchilari o‘qituvchi tomonidan o‘rtaga tashlangan 
    muammoni 6 daqiqa mobaynida muhokama qiladilar. Shundan keyin 
    o‘qituvchi 6 ta yangi guruhni shunday tuzadiki, unda oldingi 
    munozara guruhida qatnashganlardan birontasi albatta bo‘ladi. Yangi 
    guruh qatnashchilari o‘z guruhlarining ish natijalarini muhokama 


    153 
    qiladilar. 6x6x6 – guruhning barcha a’zolarini faollashtiruvchi 
    uslubdir.

    “Kungaboqar”
    – Talabalar 4-5 kishidan iborat guruhlarga 
    bo‘linadi. O‘qituvchi fanning mavzusidan kelib chiqib, o‘rtaga bitta 
    muammoni tashlaydi. Har bir guruh kungaboqar yasab, uning 
    markaziga doira joylashtirib, barglar yopishtiradi. Mavzuga qarab, 
    doiraga har bir guruhga yoki umumiy bitta muammo yozilib, 
    doskaga yopishtiriladi. Ajratilgan vaqt ichida guruhlar birgalikda 
    fikrlarini bargga yozib, uni o‘sha guruh muammosi yozilgan gulga 
    joylashtirib qo‘yadilar. Bu uslubdan o‘tilgan mavzuni tushuntirish, uni 
    mustahkamlash va takrorlash hamda o`quvchilar egallagan bilimlarni 
    aniqlashda foydalanish mumkin.


    Download 7,65 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   114




    Download 7,65 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o

    Download 7,65 Mb.
    Pdf ko'rish