Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/114
Sana21.06.2024
Hajmi7,65 Mb.
#264904
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   114
Bog'liq
bosh

 


162 
 
Boshlang`ich ta`limda o`quvchilarning yosh xususiyatlari, 
savodxonlik darajalari, shaxsiy tabiatlariga ko`ra didaktik o`yinlar 
orqali, evristik suhbatlar loyihalashtirish asosidagi metodlar keng 
qo`llanilmoqda. Agar o`qitish jarayonida har bir o`quvchi o`zining 
o`zlashtirish imkoniyati darajasida topshiriqlar olib ishlaganida u 
yuqori sifat va samaradorlikni ta`minlagan bo`lar edi. Bunday holatni 
faqat tabaqalashtirilgan ta`lim orqaligina amalga oshirish mumkin.
Didaktik o`yinli metodlar o`quvchi faoliyatini faollashtirish va 
jadallashtirishga asoslangan. Ular o`quvchi shaxsidagi ijodiy 
imkoniyatlarni ro`yobga chiqarish va rivojlantirishning amaliy 
yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Bu 
metod o`quvchini ichki imkoniyatlarini ishga tushishiga, o`ylashga, 
erkin fikr yuritishga, muloqotga, ijodkorlikka yetaklaydi. Ayniqsa, 
unda atrof-muhit, hayotni bilishga qiziqish ortadi, uchragan 
qiyinchilik, to`siqlarni, qanday yengish va tanqidiy fikrlash 
ko`nikmalarini shakllantiradi.


163 
Ta`lim-tarbiya jarayonida asosan o`quvchilarda ta`lim olish 
motivlarini, ularni turli yo`nalishlardagi qobiliyat qiziqishlarini 
oshiradigan, biror kasbga moyilliklarini ko`rsatadigan, didaktik 
o`yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Didaktik o`yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, rolli, ishchaniik va 
boshqa yo`nalishdagi turlarga ajratiladi. Ular o`quvchilarda tahlil 
qilish, mantiqiy fikrlash, tadqiq qilish, hisoblash, o`lchash, yasash, 
sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul 
qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash, nutq o`stirish, til o`rgatish, 
yangi bilimlar olish faoliyatlarini rivojlantiradi.
Umumiy o`yinlar nazariyasiga ko`ra, mavjud barcha o`yin 
turlarini tasniflashda ularni funksional, mavzuli, konstruktiv, didaktik, 
sport va harbiy o`yinlarga ajratiladi. Didaktik o`yin turlarini tanlashda, 
quydagi mezonlarga rioya qilish yaxshi natijalar beradi:
— ishtirokchilarning tarkibi bo`yicha, ya`ni o`g`il bolalar, qiz 
bolalar yoki aralash guruhlar uchun o`yinlar;
— ishtirokchilarning soni bo`yicha: yakka, juftlikda, kichik 
guruh, katta guruh, sinf jamoasi, sinflararo va ommaviy tarzdagi 
o`yinlar;
— o`yin jarayoni bo`yicha fikrlash, o`ylash, topag`onlik, 
harakatlar asoslangan, musobaqa va boshqalarga yo`naltirilgan;
— vaqt me`yori bo`yicha dars, mashg`ulot vaqtining reja 
bo`yicha ajratilgan qismi, o`yin maqsadiga erishguncha, g`oliblar 
aniqlanguncha davom etadigan o`yinlar. 
Shu vaqtgacha an`anaviy ta`limda o`quvchilarni faqat tayyor 
bilimlarni egallashga o`rgatib kelingan edi. Bunday usul o`quvchilarda 
mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish tashabbuskorlikni so`ndirar edi.
Hozirgi kunda ta`lim jarayonida interfaol uslublar (innovasion 
pedagogik va axborot texnologiyalari)dan foydalanib, ta`limning 
samaradorligini ko`tarishga bo`lgan qiziqish, e`tibor kundan-kunga 
kuchayib 
bormoqda. 
Zamonaviy 
texnologiyalar 
qo`llanilgan 
mashg`ulotlar o`quvchilar egallayotgan bilimlarni o`zlari qidirib 
topishlariga, mustaqil o`rganib, tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni 
ham o`zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. O`qituvchi bu 
jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi 
va tarbiyanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, 
boshqaruvchilik, yo`naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday o`quv 


164 
jarayonida o`quvchi asosiy figuraga aylanadi. Ko’pchilik pedagoglar 
interfaol metodlarni ta’lim metodlari bilan bir xil deb hisoblashadi, 
lekin bunday emas. Ta’lim metodlari asosan an’anaviy darsda 
foydalaniladi. Ular yangi bilimlarni o’quvchilarga yetkazishga 
asoslangan bo’lsa, interfaol metodlar o’quvchilarni mustaqil 
shug’ullanish, yanada faollik bilan birgalikda, o’zaro hamkorlikda 
faoliyat olib borishlariga asoslanadi. Quyidagi jadvolda interfaol 
metodlar turlarini ko’rishimiz mumkin:

Download 7,65 Mb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   114




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o

Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish