• KLASTERNI TUZISH QOIDALARI
  • Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o




    Download 7,65 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet51/114
    Sana21.06.2024
    Hajmi7,65 Mb.
    #264904
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   114
    Bog'liq
    bosh

    «KLASTER» METODI 
    Bu metod biron mavzuni chuqur o‘rganishdan avval 
    talabalarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish 
    uchun xizmat qilish mumkin. Shuningdek, o‘tilgan mavzuni 
    mustahkamlash, 
    yaxshi 
    o‘zlashtirish, umumlashtirish hamda 
    talabalarni shu mavzu bo‘yicha tasavvurlarini boyitish. 
    KLASTERNI TUZISH QOIDALARI

    Topshiriqni diqqat bilan o‘qib chiqing. 
    Fikrlarni tarmoqlantirish jarayonida paydo bo‘lgan har bir 
    fikrni yozing. 
    Imlo xatolar va boshqa jihatlarga e’tibor bermang. 
    Belgilangan 
    vaqt 
    tugamaguncha 
    yozishni 
    to‘xtamang, 
    fikringizni jamlashga harakat qiling. 
    Fikrlarni chegaralamang, ular o‘rtasida o‘zaro aloqadorlikka 
    e’tibor qarating. 
     
     
     
     
     
    Ta’lim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlarini samarali amalga 
    oshirishda pedagogik texnologiyalarga asoslangan o‘qitishning 
    innovatsion shakl, metodlarining tanlanishiga katta ahamiyat beriladi. 
    Ta’lim muassasalarida samarali o‘qitish shakllari sifatida quyidagilar 
    tavsiya etiladi: muammoli ma’ruza; videoma’ruza, vebinarlar; binar 
    ma’ruza; intensiv-interaktiv seminar; trening, videotrening; interfaol 
    ekskursiya; On-line seminarlari; taqdimot, kichik guruhlardagi ish 
    v.h.k. 
    Trening. 
    Trening zamonaviy ta’lim shakllaridan biri hisoblanib, 
    u interfaol mashg‘ulotlarni amalga oshirishning o‘ziga xos 


    157 
    ko‘rinishidir. Treninglar o‘rganilishi lozim bo‘lgan nazariy g‘oya va 
    fikrlarni amaliy ish hamda mashqlar davomida o‘zlashtirish 
    imkoniyatini beradi va ta’lim oluvchilarda shaxslararo o‘zaro 
    hamkorlikning samarali ko‘nikmasini shakllantirishga, shuningdek, 
    bo‘lajak mutaxassis kasbiy kompetentligining umumiy darajasini 
    oshirishga yo‘naltiriladi. Har qanday pedagogik treninglarni tashkil 
    etish quyidagi bosqichlardan tashkil topadi: 
    1. Tashkiliy bosqich: guruhni yig‘ish yoki shakllantirish. 
    2. Boshlang‘ich bosqich: guruh me’yorlarini ishlab chiqish, 
    tanishuv va mashg‘ulotdan kutuvlarni aniqlash. 
    3. Faoliyatli bosqich: trening turi va o‘tkazish metodikasini 
    belgilash. 
    4. Yakuniy bosqich (refleksiya). 
    Trening mobaynida talabalar nazariy ma’lumotlarni o‘zlashtirish 
    bilan birga, ularda bilish, emmotsional va xulq-atvor ko‘nikmalari 
    ham rivojlanib boradi. 

    Download 7,65 Mb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   114




    Download 7,65 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o

    Download 7,65 Mb.
    Pdf ko'rish