• Elektron oʻquv-metodik majmualar
  • Elektron shakldagi oʻquv-uslubiy materiallar
  • Elektron darslik
  • Elektron oʻquv adabiyot
  • Oʻqitishning elektron vositalari




    Download 7,65 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet43/114
    Sana21.06.2024
    Hajmi7,65 Mb.
    #264904
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   114
    Bog'liq
    bosh

    Oʻqitishning elektron vositalari.
    Oʻqitish jarayoni pedagog, 
    taʼlim oluvchi va oʻqitish vositalarining oʻzaro taʼsiridan iborat. 
    Hozirgi zamon kompyuter vositalari va axborot texnologiyalari 
    imkoniyatlari oʻqitish vositalariga oʻqituvchi va taʼlim oluvchi 
    vazifalarining bir qismini yuklash imkonini beradi. 
    Elektron oʻquv-metodik majmualar- 
    zamonaviy axborot 
    texnologiyalari muhitida oʻqitishning didaktik, dasturiy va texnik 
    interfaol majmuasidan tashkil topgan va oʻquv materiallarini 
    kompyuter texnologiyalari, audio-video vositalar asosida taqdim 
    etadigan oʻquv-metodik majmuasi. 
    Elektron shakldagi oʻquv-uslubiy materiallar
    - elektron 
    darslik, elektron oʻquv qoʻllanmalar, elektron maʼruza materiallari, 
    elektron kutubxonalar, mos(GD, Flesh va h.k.) sigʻimdagi audio 
    vizual materiallar, interfaol oʻquv kurslari, kompyuterda hisoblash 
    tajribasini oʻtkazish uchun laboratoriya vazifalari, test sinovlarini 
    oʻtkazish tizimlari. 
    Elektron darslik- 
    kompyuter texnologiyasiga asoslangan oʻquv 
    uslubini qoʻllash, mustaqil taʼlim olish, muayyan fanga oid oʻquv 
    materiallari, 
    ilmiy 
    maʼlumotlarni har tomonlama samarali 
    oʻzlashtirishga qaratilgan oʻquv adabiyoti yoki kompyuter 
    texnologiyalariga asoslangan oʻqitish metodlaridan foydalanishga 
    moʻljallangan oʻqish vositasi. 
    Elektron oʻquv adabiyot
    - zamonaviy axborot texnologiyalari 
    asosida maʼlumotlarni toʻplash, tasvirlash, yangilash, saqlash, 
    bilimlarni interaktiv usulda taqdim etish va nazorat qilish 
    imkoniyatiga ega boʻlgan oʻquv manbalari. 


    142 
    Multimedia
    - kompyuter uchun moʻljallangan tovush, video va 
    turli animatsiya effektlari jamlanmasidan iborat texnik yoki dasturiy 
    majmua. Tovush, video, animatsiyalarni “multimedia elementlari” - 
    deyish mumkin. 
    Multimedia texnologiyalari axborotning koʻpgina turlarini oʻzida 
    integratsiyalaydi. Masalan: 
    a)
    skanerdan olingan tasvirlar; 
    b)
    yozib olingan ovoz, musiqiy effektlar va musiqa; 
    d) murakkab videoeffektli videolar 
    e) turli animatsiyalar 
    Qolaversa, multimedion vositalarga qoʻshimcha qilib, proyektor, 
    interaktiv doskani ham kiritish mumkin. 
    Yana shu narsani taʼkidlash joizki, multimedia orqali olingan 
    bilimlar kishi xotirasiga uzoq saqlanib, kerak paytda amaliyotda 
    qoʻllash imkonini beradi. Umuman olganda, multimediani qoʻllash 
    orqali quyidagi oʻqitish effektivligiga erishiladi:
    . bilimlarni oʻzlashtirish majburan emas, balki oʻquvchi ixtiyori 
    bilan amalga oshadi;
    . multimedia oʻquvchi tomonidan xursandlik bilan qabul qilinadi, 
    xursandlik esa oʻz navbatida uni oʻquv faniga munosabatini ijobiy 
    tomonga oʻzgartiradi;
    . oʻquvchini boshqalarga nisbatan oʻzini namoyon qilish imkoniyati 
    paydo boʻladi;
    . oʻquvchida oʻz faoliyatini baholash uchun yangi obyektiv mezon 
    paydo boʻladi: kim koʻp bilsa va undan muvaffaqiyatli foydalana olsa, 
    oʻsha yutib chiqadi;
    . oʻz fantaziyalariga erk berish imkoniyati tugʻiladi, qoʻrquv hissi, 
    boshqalarga kulgi boʻlish hissi, yomon baho olishdan qoʻrqish hissi 
    chekinadi;
    . jamoada sogʻlom raqobat va musobaqa muhiti tashkil topadi;
    . oʻquvchilar mavjud qiyinchiliklarni mustaqil yengib oʻtishga 
    intiladilar;
    . fanlararo bogʻlanishni haqiqiy amalga oshirish imkoniyati 
    tugʻiladi. 

    Download 7,65 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   114




    Download 7,65 Mb.
    Pdf ko'rish