|
O‘zgaruvchan tok elektr mashinasining asosiy turlari
|
bet | 1/3 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 1,85 Mb. | | #136017 |
Bog'liq Ozgaruvchan-tok-mashinalari.
O‘ZGARUVCHAN TOK ELEKTR MASHINASINING ASOSIY TURLARI
O‘zgaruvchan tok mashinalari sinxron va asinxron generatorlar hamda sinxron va asinxron dvigatellarga bo‘linadi. 109-rasmda sinxron mashinaning elektromagnit sxemasi va uning ulanish sxemasi ko‘rsatilgan. Sinxron mashinaning statori (1) fazalari (chuqurchalari) orasiga uch fazali o‘ram (3) joylashtirilgan. Fazalarning o‘ram boshlanishlari A, B, C, oxirlari X, Y, Z harflari bilan belgilangan. Uning rotorida (2) uyg‘otish o‘rami (4) joylashtirilgan. Bu o‘ramlar cho‘tka (5) va dumaloq halqa (6) bilan (uzukka o‘xshash) tashqi tok manbayiga ulangan. Uyg‘otish uchun kerak bo‘lgan quvvat sinxron mashinaning 0,3–3 % ni tashkil etadi.
109-rasm. Sinxron mashinaning elektromagnit statori va uning ulanish sxemasi.
O‘ZGARUVCHAN TOK GENERATORLARI
O‘zgaruvchan tok generatori induksiya hodisasini amalda qo‘llashga asoslangan. O‘zgaruvchan tok generatorining ishlash prinsipi o‘zgarmas tok generatorining ishlash prinsipi bilan bir xil.
O‘zgaruvchan tok generatori konstruksiyasining o‘zgarmas tok generatori konstruksiyasidan farqi shundaki, o‘zgaruvchan tok generatorlarida kollektor yo‘q.
Rotorning o‘ramidagi o‘zgarmas tok hosil qilgan o‘zgarmas magnit oqimi po‘lat rotorning qutblari rotor bilan stator orasidagi bo‘shliqni va statorning g‘altagini kesib o‘tadi. Agar rotor aylanayotgan bo‘lsa, u holda aylanadigan magnit maydoni hosil bo‘ladi. Statordagi faza o‘ramlarining simlarini kesib o‘tib, ularda elektr yurituvchi kuch hosil qiladi. Bu o‘ramlardagi o‘zgaruvchan tokning chastotasi 50 Hz etib qabul qilingan.
O‘zgaruvchan tok generatorining chastotasi rotor aylanishining tezligiga bog‘liq, shuning uchun rotorning aylanish tezligi aniq bo‘lishi kerak. Agarda generator ρ qutblarga ega bo‘lsa, rotor daqiqasiga n marta aylansa, u holda o‘zgaruvchan tokning chastotasi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Generator rotorining bir daqiqadagi aylanishi quyidagi formula bo‘yicha topiladi:
Bu formuladan ma’lumki, generatorda o‘zgaruvchan tokning chastotasi rotorning aylanish tezligi o‘zgarishi bilan o‘zgaradi.
Rotor qanday chastota bilan aylansa, magnit maydonining yig‘indisi ham shunday chastota bilan aylanadi. Shuning uchun ham bunday mashina sinxron generator deb ataladi. 110-rasmda sinxron generatorning tuzilish sxemasi ko‘rsatilgan.
110-rasm. Sinxron generatorning tuzilish sxemasi: 1 – stator; 2 – rotor.
Sinxron generatorlar turbo, gidro va dizel generatorlarga bo‘linadi.
Turbogeneratorlar bug‘ yoki gaz turbinalari bilan birga tayyorlanib, qutblari bo‘linmaydi. Ularning o‘qlari gorizontal holatda joylashgan. Elektr stansiyalarida o‘rnatiladigan generatordagi rotorlar o‘qlarining diametrlari mexanik qattiqlikni hisobga olib, 1–1,5 m bo‘ladi. Rotorning uzunligi o‘q egilishini hisobga olgan holda, 7,5–8,5 m ni tashkil etadi. Turbogeneratorlarni suv va vodorod bilan sovitish hisobiga 800–1200 MW quvvatga ega bo‘lgan generatorlar ishlab chiqilgan.
1 MW = 1000 kW = 1000000 W.
Gidrogeneratorlar suv kuchi bilan aylantiriladi. Ularning bir daqiqada aylanish chastotasi 50–500 ayl/min bo‘ladi. Bu generatorning qutblarini ko‘p qutbli qilib ishlab chiqariladi va quvvatlari 500 MW gacha, rotorning diametri 15 metr, uzunligi esa 2 metr bo‘ladi. Kuchli gidrogeneratorlarning o‘qlari vertikal holatda ishlab chiqariladi.
|
| |