Bitiruv malakaviy ishining maqsadi




Download 0.67 Mb.
bet4/60
Sana22.03.2021
Hajmi0.67 Mb.
#13381
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. Sud psixologik ekspertizasi mavzusini o‘qitishning nazariy va amaliy masalalarini tadqiq etish, mavzu yuzasidan elektron o‘quv moduli ishlanmasini shakllantirish hamda fanni o‘qitishni takomillashtirish, o‘quv jarayonini sifatini ta’minlash, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Bitiruv malakaviy ishi maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilab olindi:

Birinchidan, oliy ta’lim muassasalarining Psixologiya (umumiy psixologiya) yo‘nalishi talabalariga o‘qitilayotgan yuridik psixologiya fani doirasidagi Sud psixologik ekspertizasi mavzusini nazariy va amaliy tahlil qilish;

Ikkinchidan, Sud psixologik ekspertizasi mavzusini o‘qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalari va ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanish yo‘llarini yoritish;

Uchinchidan, “Yuridik psixologiya” fani o‘quv dasturi mazmun mohiyatini ochib berish;

To‘rtinchidan, Sud psixologik ekspertizasi mavzusidan elektron o‘quv moduli ishlanmasini tayyorlash;

Beshinchidan, Sud psixologik ekspertizasi mavzusini o‘qitishni, ta’lim va tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish.

Bitiruv malakaviy ishining ob’ektini Buxoro davlat universitetining 5210200 – Psixologiya (umumiy psixologiya) bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘qitilayotgan yuridik psixologiya fani tarkibidagi “Sud psixologik ekspertizasi” mavzusining nazariy masalalari va tashkiliy xarakterga ega bo‘lgan hujjatlarni o‘rganish tashkil etadi.

Mavzuning predmeti oliy ta’lim muasasalarining Psixologiya (umumiy psixologiya) bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladigan yuridik psixologiya fani tarkibidagi “Sud psixologik ekspertizasi” mavzusining mazmun mohiyatini o‘rganish hamda uni nazariy va amaliy tadqiq etish hisoblanadi.



Download 0.67 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Download 0.67 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bitiruv malakaviy ishining maqsadi

Download 0.67 Mb.