• I-BOB. SUD PSIXOLOGIK EKSPERTIZASI MAVZUSINI O‘QITISHNING NAZARIY MASALALARI 1.1. Sud psixologik ekspertizaning ustivor yo‘nalishlari
  • Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi




    Download 0.67 Mb.
    bet6/60
    Sana22.03.2021
    Hajmi0.67 Mb.
    #13381
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
    Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, ettita paragraf, xulosa, tavsiyalar foydalanilgan adabiyotlar va ilovalardan iborat holda yoritib berilgan. Bitiruv malakaviy ishida 30 dan ortiq adabiyotlardan foydalanilgan. Ishning asosiy hajmi betni tashkil etadi.

    I-BOB. SUD PSIXOLOGIK EKSPERTIZASI MAVZUSINI O‘QITISHNING NAZARIY MASALALARI

    1.1. Sud psixologik ekspertizaning ustivor yo‘nalishlari

    Mustaqil respublikamiz yoshlarini yangicha ijtimoiy muhitga tayyorlash, ularni davr ruhida tarbiyalash - shu kunning dolzarb va ustuvor vazifalaridan biridir. Hozirgi kunda Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning taqdiri yoshlarning ma’naviy qiyofasiga, shaxsiy barkamolligiga bog‘liq. Bu vazifalarni amalga oshirish insoniy o‘zaro munosabatlarda demokratik tamoyillarni ongga to‘la singdirishni taqozo etadi. Insonlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar Sharqda o‘ziga xos va har bir millat psixologiyasiga mos holda shakllantirishdir.



    O‘z kasbining bilimdoni bo‘lish uchun nafaqat yuridik fanlarni, balki shaxslarning ruhiy holati va kechinmalarini ham yaxshi bilish kerak bo‘ladi. Bu esa har bir huquq idorasi xodimidan psixologiya ilmining sir-asrorlaridan xabardor bo‘lish va shu asosda qonuniy xatti-harakatlarni amalga oshirishni taqozo etadi.

    XXI asr O‘zbekistonda madaniyat, iqtisodiyot, fan va texnika, ijtimoiy-siyosiy innovatsiyalar asri sifatida boshlandi va ana shunday sharoitda barkamol shaxs, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash nafaqat pedagogik, balki ijtimoiy zaruratga aylandi. Bu zarurat “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan “ta’lim oluvchilarning ma’naviy va axloqiy fazilatlarini rivojlantirish” masalasiga e’tibor qaratishni talab etdi.

    Psixologiya fanlarini o‘qitish ta’lim-tarbiya birligiga asoslanib, ushbu fanlar o‘sib kelayotgan yosh avlodda siyosiy, g‘oyaviy, ma’naviy-axloqiy, jismoniy fazilatlarni, yuksak ong va madaniyatni shakllantiradi. Demak, yosh avlod, bo‘lajak mutaxassislarning, umuman, millatning qanday siyosiy, g‘oyaviy, axloqiy, g‘oyaviy tamoyillar asosida yashashi va mehnat qilishi bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimi samaradorligiga bevosita bog‘liq.

    O`zbekiston respublikasining birinchi Prezidenti I.A. Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2015 yil 23 yanvardagi qo‘shma majlisida hozirigi vaqtda dunyoda sodir bo‘layotgan voqealarga munosabat bildirib, “... keskinlik va xavf-xatarlarning tobora o‘sib, geosiyosiy qarama-qarshiliklar, o‘z ta’sir doirasini kengaytirishga qaratilgan kurashning, radikalizm, terrorizm va ekstremizm kabi tahdidlarning kuchayib borayotgani barchamizni tashvish va xavotirga solmasdan qo‘ymaydi2, - deb ta’kidladi.

    Mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlik, mehr-oqibat muhitini asrash, mustaqillikning qadriga etish, Vatan taraqqiyoti uchun daxldorlik tuyg‘usini anglash, har qanday xavf-xatar va tahdidlarning oldini olishda gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy (psixologiya) fanlarining o‘qitilishini puxta o‘ylangan tizim asosida tashkil etish va ularning ta’sirchanligini keskin kuchaytirishni bugun boshimizdan kechirayotgan hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Shunday ekan, bu jarayon o‘ta aniq maqsad va vazifalarni belgilash asosida amalga oshirilmog‘i zarur.

    Mazkur vazifalarni amalga oshirishda gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar (psixologiya) sohasidagi eng so‘nggi yutuqlar hamda ilmiy yangiliklarga tayangan holda, mavjud holatni ilmiy-nazariy o‘rganish, mazmunan boyitish, takomillashtirish hamda islohotlar talablariga to‘la javob beradigan darajaga keltirish tamoyillariga asoslanish zarur. Tizimning muvaffaqiyati fanlarning o‘qitilish sifati, fanlar o‘rtasidagi o‘zaro integratsiya, “uzluksiz tarbiya ob’ekti va sub’ekti” bo‘lgan talabalarning kamoloti, ongu tafakkurini yuksaltirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya jarayonining samarali tashkil etilishiga bog‘liq.

    Shu nuqtai nazardan, bugungi kunda yoshlarning dunyoqarashini boyitish, ularda Vatanga sadoqat, uning taraqqiyotiga daxldorlik hissi, milliy g‘ururni shakllantirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirish, hozirgi zamondagi keskin intellektual-ma’naviy raqobatga javob bera oladigan, mustaqil qarorlar qabul qilishga qodir bo‘lgan yuksak malakali mutaxassislar etib tarbiyalash oliy ta’lim tizimida o‘qitilayotgan gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy (psixologiya) fanlar oldida turgan muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.

    O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A. Karimovning “YUksak ma’naviyat - engilmas kuch” asarida, ilgari surilgan konseptual fikr-g‘oyalar, ilm-fan sohasida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar psixologiya fanlari mazmunini yanada takomillashtirishni talab etadi.

    Ma’naviy-ma’rifiy va ta’lim-tarbiya sohasidagi o‘zgarishlar, dunyoda kechayotgan globallashuv jarayonlari yoshlarning dunyoqarashi va tafakkurini shakllantirishda muhim o‘rin tutadigan, ma’naviy dunyosini boyitadigan, ularning ongida ma’naviy bo‘shliq yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaydigan gumanitar va ijtimoiy–iqtisodiy (psixologiya) fanlarini mazmunan takomillashtirish hamda ta’lim samaradorligini yanada oshirishni talab etadi.

    O‘tgan davr mobaynida oliy ta’lim tizimida gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy (psixologiya) fanlarning me’yoriy hujjatlari, o‘quv-uslubiy majmuasini takomillashtirish va ularni o‘qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan ko‘plab ishlar amalga oshirildi.

    Bu ishlar kelgusida yana izchil davom ettiriladi. Fanlarni o‘qitishda uzviylik va izchillikni ta’minlash, darslik va o‘quv qo‘llanmalarni takomillashtirish, ilm-fan sohasidagi yangiliklarni ularda aks ettirish, bugungi va istiqboldagi vazifalarni yoritish, mustaqil ta’lim, o‘qitish jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalaridan keng foydalanish imkoniyatlari hisobga olinadi.

    Psixologiya fanlarni o‘qitish borasida milliy va xorijiy tajribalarni o‘rganish va qiyosiy tahlil qilish, fanlarning namunaviy o‘quv dasturlarini takomillashtirish va ular asosida ma’ruza matnlari, yangi avlod o‘quv adabiyotlari, elektron adabiyotlarni yaratish va ta’lim jarayoniga bosqichma-bosqich joriy etish ishlari amalga oshirilmoqda.

    O‘quv fanlari bo‘yicha elektron o‘quv vositalarining yaratilishi mazkur fanlarni o‘qitishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytiradi. Bu o‘z navbatida, talabalarning mazkur fanlar bo‘yicha bilimlarni chuqur o‘zlashtirishlarining asosiy omili bo‘lib, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshiradi.

    Ayni shunday sa’y-harakatlar amalga oshirilishi ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini keng tadbiq etishni yanada jadallashtirish, professor-o‘qituvchilarni ilg‘or pedagogik bilimlar va texnologiyalar bilan qurollantirish, ularning mahoratini oshirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribasini chuqur o‘rganish hamda ulardagi samarali usul va vositalarni milliy ta’lim tizimimizga joriy etish imkonini yaratadi.




    Download 0.67 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




    Download 0.67 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi

    Download 0.67 Mb.