а b b c a c
8.Yig’indining bo’linish xossasi.
Agar qo’shiluvchilarning har biri c soniga bo’linsa, u holda bu qo’shiluvchilarning yig’indisi ham c soniga bo’linadi.
1-natija.Agar a1,a2,a3…an sonlarning har biri c soniga bo’linsa, u holda bu sonlarning yig’indisi ham c soniga bo’linadi:
a1 c, a2 c, …, an c (a1+a2+…+an) c
2-natija. Ayirmaninig bo’linish xossasi.
Agar a va b sonlari c soniga bo’linsa va a b bo’lsa, u holda bu sonlarning ayirmasi ham c soniga bo’linadi:
(a с ^ b с), a b (a-b) c
9-xossa Ko’paytmaning bo’linish xossasi.
Agar ko’paytuvchilardan birortasi c soniga bo’linsa, bu
sonlarning ko’paytmasi ham c ga bo’linadi.
a:c (a·b):с
3-natija Agar a1,a2, …, an sonlarning har biri c soniga bo’linsa, ixtiyoriy x1,x2,…,xn lar uchun a1·x1+a2·x2+…+an·xn ham c ga bo’linadi.
Bo’linish munosabati ko’pincha berilgan a soning biror b soniga qoldiqsiz bo’linish yoki bo’linmasligini aniqlash uchun zarur bo’lib o’quvchidan ba’zi bir sonlarga bo’linish alomatlarini o’rganishni taqozo qiladi.
|