8. Butun sonlar va ular ustida amallar.
Amal komponentlari va natijasi orasidagi bog’lanishga doir topshiriqlarni bajarishda quyidagi qoidalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
1) a+x=b yoki x+a=b x=b–a
Noma’lum qo’shiluvchini topish uchun yig’indidan ma’lum qo’shiluvchi ayriladi.
2) x–a=b x=b+a
Noma’lum kamayuvchini topish uchun ayirmaga ayriluvchi qo’shiladi.
3) a–x=b x=a–b
Noma’lum ayriluvchini topish uchun kamayuvchidan ayirma ayriladi.
4) a∙x=b yoki x∙a=b x=b : a
Noma’um ko’paytuvchini topish uchun ko’paytma ma’lum ko’paytuvchiga bo’linadi.
5) x:a=b x=b∙a
Noma’lum bo’linuvchini topish uchun bo’luvchi bo’linmaga kopaytiriladi.
6) a:x=b x=a:b
Noma’lum bo’luvchini topish uchun bo’linuvchi bo’linmaga bo’linadi.
8-topshiriq: Amal komponentlari va natijasi orasidagi bog’lanishlardan foydalanib quyidagi tenglamani yeching.
{2400:[(64-5x):6+46]-32}∙14=224
1) Ko’paytuvchi ko’paytmani ko’payuvchiga bo’linmasiga teng.
2400:[(64-5x):6+46]-32=224:14
2400:[(64-5x):6+46]-32=16
2) Kamayuvchi ayriluvchi bilan ayirmaning yig’indisiga teng.
2400:[(64-5x):6+46]=16+32
2400:[(64-5x):6+46]=48
3) Bo’luvchi bo’linuvchini bo’linmaga bo’linganiga teng.
(64-5x):6+46=2400:48
(64-5x):6+46=50
4) Qo’shiluvchi yig’indidan ikkinchi qo’shiluvchini ayrilganiga teng.
(64-5x):6=50-46
(64-5x):6=4
5) Bo’linuvchi bo’luvchi bilan bo’linmaning ko’paytmasiga teng.
64-5x=4∙6
64-5x=24
6) Ayriluvchi kamayuvchidan ayirmaning ayrilganiga teng.
5x=64-24
5x=40
7) Ko’paytuvchi ko’paytmani ko’payuvchiga bo’linganiga teng.
x=40:5
x=8
|