|
Quyosh kollektorli suv isitgichlarning konstruktsiyalari va ishlash printsipi
|
bet | 12/19 | Sana | 09.02.2021 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #13121 |
1.3. Quyosh kollektorli suv isitgichlarning konstruktsiyalari va ishlash printsipi.
Quyoshdan quvvat oladigan suv isitgich moslamalar quyosh kollektorlari orqali suv haroratini oshirish uchun quyosh nurlari energiyasidan foydalanadi. SHaffof qoplamali havo o`tkazmaydigan korpusli, qora rangga bo`yalgan, suv o`tkazgich naychalarga ega singdiruvchan metall plastina va korpusining orqa hamda yonbosh devorlarida issiqlikni yo`qotmaslik uchun izolyatsiyalangan yassi quyosh kollektorlari keng tarqalgan. Sovuq hududlarda esa muzlashdan himoyalangan kollektorlar qo`llaniladi. Aksariyat hollarda bunga yopiq tsirkulyatsiya tizimidan foydalanish orqali erishiladi. Bu tizimda issiqlik o`tkazuvchi suyuqlik (suvga nisbatan unchalik muzlamaydigan) quyosh kollektori orqali aylanib, hosil bo`lgan issiqlikni rezervuardagi suvga issiqlikni almashtirib beruvchi qurilma yordamida uzatadi.Quyosh nuridan quvvat oladigan suv isitgichlarda foydalaniladigan suv to`plagich rezervuarlar tizimining passiv va aktiv turi mavjud.Passiv tizimlarda rezervuar quyosh kollektoridan yuqorida joylashtiriladi. Bundan ko`zlangan maqsad issiqlik etkazib beruvchi sovuq suyuqlik suv to`plagich rezervuar tubida joylashgan issiqlikni almashtirib beruvchi qurilmadan o`tadigan chiqarish quvuri orqali kollektorlarga quyilishi lozim. So`ngra issiqlik o`tkazuvchi suyuqlik quyosh nurlari yordamida qizib, kollektor orqali ko`tariladi va kollektorning yuqori qismida joylashgan chiqish quvuri orqali issiqlikni almashtirib beruvchi qurilmaga qaytadi. Bu majburiy aylantirish uchun nasosdan foydalanmasdan issiqlik o`tkazuvchi suyuqlikning kollektor orqali uzluksiz oqimni tashkil etadi. Passiv tizimlarning ikkita - yopiq-qo`shqavat va o`z oqimi bilan uzatiladigan turi mavjud. YOpiq qo`shqavat tizimlarda gorizontal suv to`plagich rezervuar bevosita kollektorning ustida – tomda montaj qilinadi. Bu tizim uni montaj qilishga ketadigan xarajatlarga nisbatan ancha tejamli hisoblanadi. Biroq uning unumdorligi yilning salqin va sovuq vaqtlarida suv to`plagich rezervuarda issiqlikning yo`qotilishi sababli pasayadi. Suv to`plagich rezervuarda issiqlikning yo`qotilishini kamaytirish uchun uni qo`shimcha izolyatsiyalash yoki bu rezervuarni imoratning tomiga joylashtirish mumkin. O`z oqimi bilan uzatiladigan tizimda suv to`plagich rezervuar tom ustiga o`rnatiladi. Bunday tizim eng arzon hisoblanadi, biroq uydagi suv quvurlari tizimi suyuqlikning o`z oqimi bilan oqishi talablariga javob berishi, jumladan suv
1.3.1-chizma. Issiqlikni almashtirib beradigan qurilma o`rnatilgan va muzlashdan himoyalangan quyoshdan quvvat oladigan suv isitgich
isitgich va jumrak o`rtasidagi quvur diametri ham katta bo`lishi lozim. Aktiv tizimlarda quyosh kollektori tomda o`rnatiladi, suv to`plagich rezervuarni esa erda yoki biron-bir qulay joyda o`rnatish mumkin. Suv yoki issiqlik etkazib beruvchi suyuqlik majburiy aylanishni ta`minlab beruvchi kichik elektr nasos yordamida kollektor orqali tortib chiqariladi. Aktiv tizimlar odatda passiv tizimlarga qaraganda juda qimmat turadi va jiddiy texnik xizmat ko`rsatishni talab etadi. Ammo aktiv tizimlar suv to`plagich rezervuarni og’irligi tufayli tomga o`rnatish imkoni bo`lmaganda samarali hisoblanadi. Suv to`plagich rezervuarlar shishasimon emal’ bilan qoplangan zanglamaydigan yoki yumshoq po`latdan tayyorlanadi. Sovuq iqlimda imorat tashqarisida o`rnatilgan suv to`plagich rezervuarlar ob-havoning sovuqligi tufayli ishdan chiqishi hamda katta miqdordagi issiqlikni yo`qotishi mumkin. Bunday sharoitlarda suv to`plagich rezervuarlarni bino ichiga o`rnatish tavsiya etiladi. Quyosh nuridan quvvat oladigan suv isitgichlar quyosh radiatsiyasi etarli bo`lmaganida suvni isitish uchun etarli darajadagi issiqlik bilan ta`minlash maqsadida busterlar (zaxira manbalar) bilan jihozlanadi. Buni suv to`plagich rezervuar yoki qo`shimcha qurilmalarda suvni isitish uchun tabiiy gazda (gaz qozonlari) ishlaydigan busterlar yordamida amalga oshirish mumkin. Bundan tashqari, suv to`plagich rezervuar ichidagi elektr elementlardan iborat elektr busterlardan (issiqlik elektr isitgichlar) foydalanish mumkin. eng muhimi, buster suvni isitishda quyosh nurlaridan imkon qadar ko`proq foydalanadigan tarzda loyihalashtirilishi kerak. Quyosh nuridan quvvat oladigan suv isitgich paneli quyosh energiyasidan to`liq foydalanishni ta`minlash uchun quyosh harakati traektoriyasiga muvofiq joylashtirilishi lozim.Odatda kollektorlar ufq burchagiga qarab joylashtirilganda ish samaradorligi yuqori bo`ladi. Negaki bunday holatda quyosh nurlari quyosh kollektorlari ustiga ko`proq tushadi. Quyosh kollektorlarining yo`nalishi o`rnatiladigan joyga qarab, oldindan hisob-kitob qilingan holda alohida aniqlanadi. Odatda quyosh kollektori qurilma joylashtirilgan joy kengligiga muvofiq ufq burchagi ostida o`rnatilganda maksimal unumdorlikka erishiladi. Quyosh nuridan quvvat oladigan suv isitgich narxi uni ishlab chiqaruvchi kompaniya va qurilma quvvatiga qarab belgilanadi. Quyosh nuridan quvvat oladigan majburiy aylantiriladigan (elektr nasos bilan) aktiv suv isitish tizimlari odatda 500 AQSH dollari miqdorida qo`shimcha mablag’ sarflashni talab qiladi.
|
| |