Rams 4_2
Font tegi.
Endi matn shriftlarini bezash usullarini ya’ni font tegini ko’rib chiqamiz. Biz tegini parametrlari bilan birga abzastning ixtiyoriy erida qo’llashimiz mumkin. Bu tegdan keyingi matnlar parametrda ko’rsatilgan qiymatlar bo’yicha ekranda tasvirlanadi.
tegini yopiluvchi tegi shunday ko’rinishda bo’ladi.
tegi o’zining qo’llanilayotgan shrift o’lchamini ko’rsatuvchi size, shrift simvollarining ranggini belgilovchi color va matn qaysi shriftda tasvirlanishini belgilovchi face parametrlariga ega. size parametri qiymat sifatida 0 dan 7 gacha bo’lgan sonlarni qabul qiladi. Bu sonlar matndagi simvollar o’lchamini bildiradi. HTML da ofis dasturlaridagidek simvol o’lchamlarini absolyut o’rnatish imkoniyati yo’q. Chunki bizga Web sahifani ko’rayotgan foydalanuvchi kompyuterida o’rnatilgan shriftlar va qanday o’lcham imkoniyatlariga ega ekanligi noma’lum. Foydalanuvchi brauzeri biz ko’rsatgan shrift o’lchamiga maksimal mos keluvchi o’lchamni tanlashi kerak. Size parametri qiymati sifatida biz shrift o’lchamini berishimiz mumkin. Masalan shrift o’lchamini bittaga oshirish uchun quyidagi konstrukstiyani yozishimiz kerak:
Shrift (simvol) o’lchamlarini ikki birlikka kichraytirish uchun esa quyidagini yozishimiz kerak:
Yuqoridagi teglar qatnashgan misolni ko’ramiz:
Misol 4_3.
Simvol o’lchamlari
ettinchi o’lchov
oltinchi o’lchov
beshinchi o’lchov
to’rtinchi o’lchov
uchunchi o’lchov
ikkinchi o’lchov
birinchi o’lchov
matnlar
|