Matnlarni bezash va formatlash
HTML tilida matnni tasvirlashning bir qancha usullari mavjud. Brauzer ekranida matn satrini tasvirlash uchun hech qanday teg ishlatishga hojat yo’q. Matnni yozish kifoya. Lekin uni hattoki abzastga bo’lish ham teglarsiz amalga oshmaydi. Har xil kompyuter tizimlarida matnlarni azastga bo’lish uchun har xil simvollar ishlatiladi, lekin HTML hujjati kompyuter tizimi qanday bo’lishidan qa’tiy nazar bir xil tasvirlanishi lozim va shuning uchun abzastni ifodalovchi teg kiritilishiga to’g’ri kelgan. Har bir abzast boshida
tegi qo’yiladi, oxirida esa yopiluvchi
tegi qo’yiladi. Bu teg o’z parametrlariga ega. Bu parametrlar qatoriga identifikastiya parametrlari class va id, shaklli bezash parametri style va tekislash (tenglash) parmetri align kiradi.
Abzastni brauzer oynasining o’ng yoki chap tomoniga tekislash, markazlashtirish yoki to’la eniga yoyib yozish uchun ularga mos ravishda left, right, center va justify qiymatlari ishlatiladi. Bularning qo’llanilishini quyidagi misolda ko’ramiz:
Misol 4_1.
abzastlarni gorizontal tanlash.
chap tomonga tekislagan abzast
o’ng tomonga tekislangan abzast
markazlashtirilgan abzast
eni bo’yicha yoyib yozilgan abzast
Biz
keyingi satrga bo’lgan abzast
keyingi abzast
Bir bo’sh satrdan keyin yozilgan abzast
|