• Qabul qildi: Xayatov X. Buxoro-2016
  • HTML asoslari.
  • Buxoro davlat universiteti




    Download 327,63 Kb.
    bet1/9
    Sana22.03.2021
    Hajmi327,63 Kb.
    #13359
      1   2   3   4   5   6   7   8   9

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS

    TA’LIM VAZIRLIGI

    BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI

    Fizika –matematika fakulteti

    Axborot texnologiyalari” kafedrasi

    Kompyuter grafikasi va web dizayn” fanidan

    Mavzu: HTML hujjatining strukturasi va undagi mantnni formatlash teglari, umumiy teglar ularning atributlari.

    Bajardi: Murodova Sh.

    Qabul qildi: Xayatov X.
    Buxoro-2016

    Mavzu: HTML hujjatining strukturasi va undagi mantnni formatlash teglari, umumiy teglar ularning atributlari.



    Reja:

    1. HTML asoslari.

    2. HTML xujjatining tuzilishi.

    3. Matnlarni bezash va formatlash.

    4. Bazi bir forma teglari va ularning atributlari.

    5. HTMLdagi asosiy teglar.


    HTML asoslari.
    Internet - sayyoramiz miqyosidagi kompyuter tarmoqlarining birlashmasidir. Agar kosmik stanstiya a’zolarining E-mail dan foydalanishini inobatga olsak internetning sayyoramiz sarhadlaridan chiqqanini ham ko’rishimiz mumkin.

    Butun dunyo o’rgimchak to’ri WWW (World Wide Web) - bu ko’p sonli o’zaro bir-biriga bog’langan hujjatlardir. Web sahifada boshqa Web sahifalar bilan bog’lovchi chekli gipermurojaat bo’ladi. Gipermurojaat mexanizmini bir necha so’z bilan izohlash qiyin, lekin kamida bir marta Web sahifaga kirib ishlagan odam buni darhol tushunadi.

    Gipermurojaat butunjahon o’rgimchak to’ridan hujjatning URL deb nomlanuvchi manzilini qidirishda ishlatiladi. Biz bilamizki Web sahifaning asosiy mohiyati axborotni tacvirlash va uni har bir foydalanuvchi uchun ochib berishdir. Bunda bir qancha funkstional cheklanishlar mavjud, ya’ni biz oldindan Web sahifani ko’ruvchining kompyuteri qanday, monitorining imkoniyati qanday va ko’rish oynasining qanday o’lchamda o’rnatilganligini bilmaymiz. Biz hattoki foydalanuvchining qanday operastion muhitda ishlayotganini ham bilmaymiz. Web sahifa esa INTEL mashinada ham Makentoshda ham bir xil ko’rinishda bo’lishi kerak. Foydalanuvchi o’z operastion muhitida qanday yozuv shriftlar o’rnatganligi yoki uning videokartasi qancha rangni ko’tara olishi ham malum emas. Yuqoridagi malumotlarning yo’qligi yoki etarli emasligi umumaxborot almashish tilining paydo bo’lishiga to’siq bo’lishi kerak edi, lekin bunday bo’lmadi.

    Gap shundaki 1986 yili xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) tomonidan qog’ozdagi hujjatni ekranda tasvirlash imkonini beruvchi hamma variantlarni etiborga olgan SGML (Standart Generalired Markup Language) tili yaratildi. Hamma imkoniyatlarni etiborga olgan kuchli sistema ishlab chiqildi.

    Web sahifa uchun bu yaxshi yo’l deb hisoblangan edi. Lekin bu til qonun qoidalari izohi yuzlab sahifalarni egalladi. Bunday til asosida yaratilgan sahifani tasvirlovchi dasturni ishlab chiqish uchun juda ko’p vaqt ketgan bo’lardi, shuning uchun Internet ehtiyoji uchun SGML tilining malum bir qismi tanlab olindi va HTML (Hyper Text Markup Language) deb nomlandi. HTML tilida yozilgan Web sahifa faylida axborotning qanday tasvirlanishi haqidagi yo’l yo’riqlar ketma – ket joylashgan bo’ladi. Bu fayl oddiy matnli fayl bo’lib uni maxsus brauzer datsturlarsiz o’qish qiyin. Grafik rasmlarni esa umumman ko’rib bo’lmaydi chunki uning o’rnida brauzer dasturga biror rasm kerakligini ko’rsatuvchi TEG turadi. Agar biz o’z Web sahifamizni yaratmoqchi bo’lsak, albatta HTML tilini yaxshi bilishimiz kerak bo’ladi.

    HTML ning konstrukstiyasi TEG lar deyiladi. Brauzer TEG larni oddiy matnlardan farqlashi uchun ular burchak qavslarga olinadilar. TEG tasvirlash jarayoni hatti harakatlarining boshlanishini bildiradi. Agar bu harakat butun hujjatga talluqli bo’lsa, bunday teg o’zining yopiluvchi juftiga ega bo’lmaydi. Juft teglarning ikkinchisi birinchisining harakatini yakunlaydi. Masalan, har bir Web sahifa tegi bilan boshlanib tegi bilan yopilishi kerak. Etibor bergan bo’lsangiz yopiluvchi teg ochiluvchidan « / » belgisi bilan farq qiladi. Teg nomlari katta yoki kichik harflar bilan yozilishi mumkin, bularni brauzer bir xil qabul qiladi. HTML tilida boshqa kompyuter tillaridagi kabi izoh berish imkoniyati mavjud. Izoh quyidagi «<- - » va «- ->» belgilar orsiga yoziladi.

    Masalan:

    <-- Bu izox -->

    Har qanday Web sahifa ikkita qismdan tashkil topadi. Bular sarlavha qismi va asosiy qism. Sarlavha qismida Web sahifa haqidagi malumot joylashadi, asosiy qismda esa Web sahifaning mazmuni bilan tasvirlanish qoidalari joylashadi. Sarlavha qismi quyidagi ochiluvchi va yopiluvchi teglari orasida joylashadi. Asosiy qism esa va

    Asosiy qism



    va

    Mening bu sahifamga kiruvchilarga alangali salom

    tegi bir qancha qo’shimcha parametrlarga ega. Bu parametrlar tegning ochiluvchi qismida joylashadi. Parametrlar ikki qismdan iborat bo’ladi: parametr nomi va parametr qiymati. Masalan bgcolor parametri tasvirlanayotgan Web sahifa fonining rangini belgilaydi.

    Masalan:


    Parametrlarning satrli qiymatlari qo’shtirnoq ichida yoziladi. Biz quyida tegining parametrlari bilan tanishamiz.

    • Background - fon sifatida biror bir grafik tasvirdan foydalanish. Parametr qiymati sifatida grafik tasvir joylashgan manzil (URL) beriladi.

    • Text - tasvirlanayotgan matn rangi.

    • Link - Web sahifadagi matnli gipermurojat rangi.

    • Vlink-foydalanuvchi tomonidan oldin murojat qilingan gipermurojaat rangi.

    • Alink - foydalanuvchi tomonidan tanlangan gipermurojaat rangi.

    • Lang – Web sahifa matni yozilgan tilni aniqlash.

    HTML hujjatining kodida biz hamisha biror bir bezak ob’ektlarining o’lchamlarini yoki ularning ranglari xususiyatlarini ko’rsatishimizga to’g’ri keladi.

    HTML tilida rang va o’lchov birliklarini qo’llashning standart qoidasi mavjud.

    Rang berishning ikkita usuli mavjud. Ko’p qo’llaniladigan usul kerak rangning RGB kodini ko’rsatishdir. Ma’lumki har qanday rangni uchta asosiy: qizil, yashil va ko’k ranglarning qorishmasidan hosil qilish mumkin. Brauzerlar bizga un olti milliondan ortiq rangni tasvirlash imkonyatini beradi, chunki asosiy 3 ta rangdan har birining qiymati 0 dan 255 gacha qiymat qabul qiladi. Ixtiyoriy rang har biri asosiy ranglarning ulushini ifodalovchi 3 ta son majmuasidan iborat bo’ladi.

    HTML tilida rang qulaylik uchun 16 lik sistemadagi 6 ta raqamlardan tashkil topadi.

    Masalan:

    Color = “#FF0000”

    16 lik raqamlar oldida “#” belgisi qo’yiladi. Rang ulushlarini ko’rsatib turuvchi raqamlar tartibiga e’tibor berish kerak. Chunki birinchi qizil, ikkinchi yashil va uchinchi ko’k rang ulushlari joylashadi. Biz yuqoridagi misolda qizil rangni tasvirldik.

    Rang o’rnatishning muqobil varianti ham mavjud. Quyidagi jadvalda eng ko’p ishlatiladigan 16 ta rang uchun o’rnatilgan qiymatlar ko’rsatilgan:

    Jadval 1.2.



    Rang

    16 lik kodi

    Yozma qiymati

    1

    2

    3



    4

    5

    6



    7

    8

    9



    10

    11

    12



    13

    14

    15



    16

    qora

    Kumush rang


    Ok

    Tuk qizil

    Kizil

    Tuk qizil



    Och qizil

    Yashil


    Och yashil

    Olxuri rangi

    Sarik

    Tuk ko’k


    Kuk


    #000000

    #C0C0C0


    #808080

    #FFFFFF


    #800000

    #FF0000


    #800080

    #FF00FF


    #008000

    #00FF00


    #808000

    #FFFF00


    #000080

    #0000FF


    #008080

    #00FFFF


    Black

    Silver


    Gray

    White


    Marron

    Red


    Purple

    Fuchsin


    Green

    Lime


    Olive

    Yellow


    Navy

    Blue


    Teal

    Aqua

    Bu jadval qiymatlariga asosan qizil rangni quyidagicha tasvirlashimiz ham mumkin:

    Color = “red”

    Endi uzunlik o’lchov birliklarini qo’llashni ko’ramiz. Biz Web sahifadagi ob’ekt o’lchamlarini ikki xil usulda berishimiz mumkin. Birinchi usul o’lchamlar piksellarda beriladi, ikkinchi usul “o’zak” ob’ektga nisbatan prostentlarda beriladi. Agar biz Web sahifaga jadval joylashtirib uning enini 50% deb ko’rsatsak u holda bu 50% brauzer oynasi enining 50% ini tashkil etadi. Jadval yacheykasining o’lchami esa shu yacheyka joylashgan butun jadval o’lchamiga nisbatan % da hisobida olinadi. Foydalanuvchi tomonidan brauzer oyna o’lchamlari o’zgartirilsa o’nga mos ravishda Web sahifa parametrlari ham o’zgaradi. Web sahifa yaratayotganda brauzer oynasi o’lchami o’zgarganda Web sahifa parametrlari o’zgarmaydigan usulda yaratish kerak.

    Agar biz biror bir ob’ektning enini 30 piksel o’lchamida o’rnatmokchi bo’lsak, uning yozilishi quyidagicha bo’ladi:

    Width = “30”

    Agar ob’ekt eni “o’zak” ob’ektning 30% ini tashkil qilishi kerak bo’lsa yozuv quyidagicha bo’ladi:

    Width = “30%”

    Parametr qiymatlari qo’shtirnoq ichiga olinishini e’tiborga olish zarur. Yuqorida ko’rilgan ikki xil usuldan tashqari ob’ekt o’lchamini berishning uchunchi bir usuli ham mavjud. Bu usulni yuqoridagi ikki usulning o’rtachasi deb hisoblasak ham bo’ladi. Bunda biz o’lchamlarni bir necha piksel soniga karrali qilib ko’rsatishimiz mumkin. Masalan bizga 3 ta satrdan iborat jadval berilgan bo’lsin. Agar har bir satr balandligi 30 pikselga karrali bo’lishini hoxlasak har bir satrni hosil qiluvchi tegga quyidagi yozuvni yozishimiz lozim:

    height=”3*”

    Karrali o’lcham berish belgisi sifatida yulduzcha (*) belgisi ishlatiladi. Karrali son koeffistenti hisoblanganda (*) belgisining chap tomonidagi son 10 ga ko’paytiriladi. Brauzer bunday ob’ektlarni maksimal o’lchamda tasvirlashga harakat qiladi. Agar jadval 180 piksel balandlikka ega bo’lsa, u holda har bir satr balandligi 60 pikselga teng bo’ladi. Agar balandligi 200 piksellik jadval qo’ysak 20 piksellik joy o’z-o’zidan yo’qoladi. Agar satrlarimiz bir xil balandlikda bo’lishini hoxlasak u holda parametrning quyidagi ko’rinishini qo’llagan ma’qul:

    height= “*”

    Jimlik bo’yicha yuqoridagi o’lchov berish usuli qo’llaniladi. Agar ob’ektlar guruqida o’lchamlari ko’rsatilmagan bo’lsa ular berilgan kenglikda maksimal o’lchamda teng joydashadilar.



    Download 327,63 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 327,63 Kb.