Xotima.
Ushbu bitiruv malakaviy ishimning mavzusi “Multimedia tizimlari va texnologiyalari” fanidan LMS Moodle da elektron kurs yaratish deb nomlanib, u kirish qismi, ikkita bob, xotima, ilova va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Birinchi bobda asosan Multimedia tizimlari va texnologiyalari fani haqida atroflicha to’xtalib o’tilgan. Bunda bob uch bo'limga bo’lingan bo’lib, 1– bo'limda masofaviy ta'lim tizimining asosiy tushunchalari, maqsad va vazifalari haqida batafsil ma'lumotlar keltirilgan. Bundan tashqari masofaviy ta'limni oddiy ta'limdan farqi, afzalliklari va kamchiliklari haqida ma'lumotlar keltirilgan. 2 – bo'limda “Multimedia tizimlari va texnologiyalari” fanini o'qitish tizimining texnik asoslari qanday bo'lishi, qanday texnik jihozlar kerakligi, texnika vositalaridan foydalanish tartibi tushuntirilgan. “Multimedia tizimlari va texnologiyalari” fanini o'qitish tizimining dasturiy va axborot tizimlari, qanday dasturlar mavjudligi va dasturlardan foydalanish tartibi tushuntirilgan.
Ikkinchi bobda asosan “Multimedia tizimlari va texnologiyalari” fanining ishchi o'quv dasturini tahlili va LMS Moodle tizimida fanning qismlarini yaratish texnologiyalari ko'rib chiqilgan. Bunda bob ikki bo'limdan iborat bolib, 1-bo'limda ishchi o'quv dasturini tahlili bajarilgan. Tahlil qilish jarayonida fanni ma'ruza, amaliy mashg'ulot, laboratoriya ishi va test sinovlaridan iborat ekanligini tushuntirib o'tilgan. Bunda har bir ma'ruza qismiga mos bo'lgan amaliy mashg'ulot, laboratoriya ishi va test sinovlari o'qituvchi tomonidan tayyorlanadi. Bobning 2-qismida LMS Moodle tizimida fanning qismlarini yaratish jarayoni bajarilgan va “Multimedia tizimlari va texnologiyalari” fanidan elektron kurs yaratilgan. Yaratilgan elektron kurs 6 ta modulga ajratilgan. Har bir modul o'z ichiga maruza, amaliyot va laboratoriya ishi va test sinovlarini qamrab oladi.
Bitiruv malakaviy ishida quyidagi asosiy vazifalar bajarildi:
1. OTM bitiruvchilarining ishga joylashganlik to'g'risidagi axborot almashnuv jarayonini WEB texnologiyalari asosida avtomatlashtirish;
2. Bitiruvchilarga yangi ish o'rinlari to'g'risidagi ma'lumotlarni doimiy ravishda onlayn yetkazishni tashkil qilish;
3. Bitiruvchilarning ishga joylashish jarayonida yuzaga kelgan muammo yoki kamchiliklari yechish uchun onlayn murojaatlarni qabul qilish va tahlilini olib borishni tashkil etish;
4. Bitiruvchilarning ishga joyalashganlik to`g`risidagi dalolatnomalarini qabul qilish va nazorat qilib borish.
Yuqorida ta’kidlab o`tganimizdek, bitiruv malakaviy ishini bajarishdan asosiy maqsad qilib bitiruvchilarning ishga joylashishlari bilan bog’liq masalalarni onlayn tarzda hal etish, dalolatnomani to’g’ri to’ldirish va hisobotlarni takrorlanishini oldini olish. Biz yaratgan dasturiy ta’minotimiz modulini tizim administratoriga berib universitetdagi mavjud tizimni yanada rivojlantirishga o’z hissamizni qo’shdik deb o`ylayman. Shu sababli bitiruv malakaviy ishi natijasini dasturiy ta’minot ko’rinishda tayyorladik. Ushbu dasturiy ta’minotdan korxona (tashkilot, muassasa), bitiruvchi talabalar va oliy ta’lim muassasalari foydalanishlari mumkin. Bu texnologiyaning asosiy afzallik jihati shundan iboratki, katta hajmdagi takroriy axborot manbasini yaratishdan voz kechib, qulay va oson, vaqtni tejaydigan dasturiy taminot yarata olish mumkinligini ko’rsatishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining kirish qismi 7 betdan iborat. Bitiruv malakaviy ishida 7 ta adabiyotdan foydalanildi.
Ishonchim komilki, kelajakda universitetda 4 yil o`qib o`rgangan bilimlarim asosida mamlakatimizning ijtimoiy-iqsodiy, ma’naviy – ma’rifiy va boshqa sohalari rivojida o`z hissamni qo'shaman degan umiddaman. Olgan bilimlarim uchun universitetning barcha professor - o'qituvchilariga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.
|