2.2.18-rasm.
Bunda to‘g‘ri javobni belgilab, so‘ngra Dalee tugmasini bosib, keyingi savolga o‘tish mumkin.
Fan yuzasidan keyslar to‘plami, amaliy topshiriqlar, ishlanmalar.
Moodle tizimida tayyorlanadigan topshiriqlar shakli jixatidan ham turli xil bo‘ladi. Tizim yordamida talabalarning mustaqil ishlarini tashkillashtirish jarayonida test tuzish turlaridan, interaktiv test dasturlaridan foydalanib topshiriqlarni test tuzib yuborishlari mumkin. Topshiriqlarni berishda video fayl kurinishdagi topshiriqlardan xam foydalanish mumkin.
Bu usulda talaba bir yoki bir necha fayllarni tizimga ixtiyoriy formatda yuklashi mumkin. O'qituvchi har bir talabaga individual shaklda, yoki umumiy holatda o'quv materiali shaklida yoki fikr shaklida beradi. Yuklangan fayllarga talabalar o'z fikrlarini bildirishlari yoki mavzuga doir ma’lumotni berishlari mumkin.
2.2.19-rasm.
Mustaqil ta’lim sifatida yozma ish va klaster metodidan foydalanib topshiriqni bajarish sharti berilgan. Talaba bu savolga Word faylida javob beradi va klaster tuzib, kursga yuboradi.
|