Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi:
-axborotning xilma-xil turlari: an'anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutk, musika, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy maxsulotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya axborotni ro’yxatdan o’tkazish va aks ettirishning turli kurilmalari: mikrofon, audio-tizimlar, optik kompaktdisklar, televizor, videomagnitafon, videokamera, elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter boshqaruvida bajariladi;
-muayyan vaqtdagi ish, o’z tabiatiga ko’ra statik bo’lgan matn va grafikadan farqi ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma'lum oralig’ida ko’rib chiqiladi. Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy protsessor tez harakatchanligi, ma'lumotlarni o’zatish shinasining o’tkazish qobiliyati, operativ (tezkor) va video-xotira katta sig’imli tashqi xotira (ommaviy xotira), hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo’yicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirilishi talab etiladi;
-"inson-kompyuter" interaktiv mulokotining yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur xolat ta'lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi.
O’z o’rnida, multimedia vositalaridan keng foydalanish yo’lida ayrim ob'yektiv muammolar ham mavjud. Bulardan eng asosiysi - o’quvchilar uchun kerak bo’lgan o’quv materiallarini, qonunlarni va boshqa ko’rsatmalarni qo’llanma qilib kompyuter dasturlarini ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqilgan kompyuter dasturlarida multimedia elementlarini qo’llash esa, kompakt disklarni (lazer disklari) qo’llashni talab qiladi.
Multimedia -tizimlar hozirgi paytda ta’lim va kasbga tayyorlash sohasida,
nashriyot faoliyatida (elektron kitoblar), biznesni kompyuterlashtirish uchun
(reklama, mijozlarga xizmat ko‘rsatish), axborot markazlarida kutubxona, muzey) va hokazolarda muvaffaqiyatli ko‘llanilmoqda. Bilimlarni chuqirlashtirishda, o‘qitish muddatini qisqartirishda va bir o‘qituvchiga tinglovchilar sonini oshirishga imkon beruvchi kompyuterli dars beruvchi multimedia tizimlar alohida o‘rin egallaydi.Kompyuterli dars berish tizimlari axborot izchil ravishda taqdim etiladigan videokassetadagi kurslarga qiyoslaganda kuchli tarmoq imkoniyatlariga ega va tinglovchilarni kiziqtirgan mavzuga to‘g‘ridan -to‘g‘ri ulanishga imkon beradi. Bundan tashqari, mazkur tizimlar bilimlarni o‘zlashtirish va ko‘nikmalarga ega bo‘lish jarayonlarini baholash va nazorat qilishning samarali vositalari bilan jihozlangan.
Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda multimedia texnologiyalari— ta’lim jarayonini axborotlashtirishning istiqbolli yo‘nalishlaridan biridir. Ta’lim jarayoniga multimedia texnologiyalarini joriy etish talabalar va o‘quvchilarni intellektual rivojlantirish hamda jamiyatimizni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirishning muhim shartidir. Shu sababli ham bugungi kun o‘qituvchisi tinimsiz o‘z ustida ishlashi, keng ijodiy tafakkurga ega, ilg‘or pedagogik va multimedia texnologiyalarini samarali qo‘llay oladigan shaxs sifatida o‘z kasbiy-mutaxassisligi uchun zarur fazilatlar egasi bo‘lishi davr talabidir. Ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarining joriy etilishi dasturiy va metodik ta’minotni takomillashtirish, moddiy baza, shuningdek, o‘qituvchi mutaxassislar malakasini oshirishni talab etadi. Multimedia vositalari pedagog-kadrlarining malakasini va mahoratini yanada oshirishlarida ham muhim ahamiyatga molikdir.
|