|
Buxoro davlat universiteti
|
bet | 32/84 | Sana | 03.04.2021 | Hajmi | 7,05 Mb. | | #14025 |
Passiv akustik tizimlar – tarkibida kuchaytirgichi bo’lmagan tizimlardir. Odatda bunday akustik tizimlarning narxi ancha muncha arzon bo’ladi. Passiv akustikaning afzalliklari:
O’rnatish jarayonining soddaligi;
Kelajakda kengaytirish imkonini mavjudligi;
Ishlatishdagi mobillilik;
Aktiv akustik tizim tarkibidagi quvvat kuchaytirgichi mavjudligi bilan passiv akustik tizimdan farq qilib turadi. Aktiv akustik tizimlar tarkibida kuchaytirgichi bo’lganligi sababli passiv akustik tizimlarga nisbatan ancha muncha qimmat bo’ladi, shunga qaramasdan ularning tarkibidagi kuchaytirgich aynan shu dinamiklar uchun mo’ljallanganligini hisobga olgan holda aktiv akustik tizimlardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Proyektor:Multimediya proyektori turli signal manbalaridan: kompyuter, videomagnitofon, videokamera, fotokamera, DVD–pleyr, o’yin pristavkalari qabul qilinadi. Ma’lumotlarni katta ekranga ko’rsatish imkoniyatini beradi.
|
| |