Ma’ruzaning quyidagi turlari mavjud:
muammoli ma’ruza
ma’ruza konferensiyalar
konspektsiz ma’ruzalar
mualliflik ma’ruzalari
ma’ruza – munozaralar
qaytar aloqa texnikasi qo’llanilgan ma’ruzalar
aniq vaziyatni taxlil qilish ma’ruzalari.
Kurs qatnashchilari (o’qituvchilar ham, talabalar ham) saytning ro’yxatga olingan foydalanuvchilari bo’lishi kerak.
Moodle tizimi foydalanuvchilarni ro’yxatga olishning bir necha usullarini qo’llashga ruxsat beradi: elektron pochta bo’yicha tasdiqdan o’tkazish bilan o’z – o’zini ro’yxatdan o’tkazish (jimlik qoidasiga ko’ra amalga oshiriladi), administrator orqali ro’yxatdan o’tish
Kurs yaratib olingandan so‘ng fanga tegishli barcha ma’lumotlar, ya’ni me’yoriy hujjatlar, fanga tegishli adabiyotlar mavzularning modul tizimida joylashtirilishi, beriladigan topshiriqlar barchasi kursda o‘z aksini topadi.
“Добавить курс” tugmasi yordamida tizimga istagancha kurs qo'shish mumkin. Tugmani bosgandan so‘ng tizim ishga tushib ekranda quyidagi oyna paydo bo'ladi. Bu oyna yordamida tizimga kurs qo‘shish yoki mavjud kursni tahrirlash mumkin.
Bu bo’limda fakultetlar nomlari keltirilgan.Ochiluvchi belgi ustiga sichqonchani bir marta bossak bizga fakultet yo’nalishlarini ko’rsatadi. Agar yo’nalishni tanlasak masalan:Axborot texnalogiyalari bu yerda barcha yaratilgan kurslar nomlari ko’rinib turadi.Yangi kurs yaratish uchun fakultet va fakultetdagi yo’nalish tanlanadi va “Добавить курс” tugmasi bosiladi va bizga quyidagi oyna ochiladi.
Oynadagi “Полное название курса”( kursning to’liq nomi)- qaysi fandan kurs yaratilayotgan bo'lsa shu fanning nomi to'liq yoziladi.Saytning barcha kurslari ro’yxatida giperhavola ko’rinishida tasvirlanadi.Masalan:Multimedia tizimlari va texnalogiyalari.
|