Bitiruv malakaviy ishining tarkibi va hajmi: Ilmiy o`quv-uslubiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar ustida ishlash pedagogik tajribalar o`tkazish.
Olingan asosiy natijalar: Akademik litseylarning fizika chuqurlashtirib o`tiladigan «aniq fanlar» yo`nalishi o`quv guruhlarida fizika darslariga qo`llash uchun 150 dan ortiq mavzulashtirilgan turli qiyinchilik darajadagi masalalar tanlanadi, echiladi va amalda sinob ko`riladi. Tadqiqotlar natijasi umumlashtirilib ijobiy xulosalarga kelinadi.
Natijaning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati: bitiruv malakaviy ishida mavzulashtirilgan turli qiyinchilik darajali masalalarni to`plab majmua holida keltirish. Ishning metodik jihatdan yangiligi sifatida e`tirof etilishi mumkin. To`rlangan masalalar, ularning echimlari va berilgan fizika o`qituvchilari uchun o`quv-uslubiy ishlanma sifatida ahamiyatlidir.
Qo`llanish sohasi: Akademik litseylarning «aniq fanlar» yo`nalishidagi fizika chuqurlashtiril o`rganiladigan o`quv guruhlarida fizika o`qituvchilari uchun o`quv-uslubiy ishlanma sifatida qo`llanilishi mumkin.
Bitiruv malakaviy ish qismidan, 2 ta bob, 6 ta paragraf, 55 bet hajmda rasmiylashtirilgan.
|