Chizma I.1.1. Energetik sathlar.
Real yadrolar haqiqatdan ham tebranma modelning oldindan tavsiflariga mos spektrga ega. Tomchi modeliga asoslanib, Veytszekker deyarli barcha yadrolar uchun tajribalarga qanoatlanarli ravishda to’g’ri keladigan yadro bog’lanish energiyasining yarim empirik formulasini yaratdi.
Tomchi modeliga ko’ra izobar yadrolarda yemirilishga nisbatan turg’unlik shartini va yemirilish turlarini ko’rsatish mumkin. Bulardan tashqari, bu model asosida yadrolarning bo’linishini tushuntirish oson. Masalan, yadrodagi protonlar Kulon o’zaro ta’sir energiyasining sirt deformatsiyasiga ta’siri Z-ning kata qiymatlarida sezilarli bo’ladi. Agar protonlarning Kulon energiyasi sirt taranglik energiyasidan kata bo’lsa, shartni qanoatlantiradigan yadro sirt deformatsiyalariga nisbatan barqaror bo’lolmay qoladi va o’z-o’zidan ikki bo’lakka parchalanib ketadi. Yadroning bo’linishiga nisbatan barqarorlik sharti ,52 tajriba natijalariga mos keladi.
Shunday qilib, tomchi modeli tebranma holatlar, yemirilishga nisbatan turg’unlik shartlarini, yadro bog’lanish energiyalarini, yadroning bo’linish shartlarini yaxshi tushuntiradi, lekin magik yadrolar yadroning uyg’ongan holat xossalarini tushuntira olmaydi.
Shunday qilib, yadroning suyuq tomchi modeli qo’zg’algan holatlarning sonini va ularning energiyalarini tushuntirib bera olmaydi.
Agar qo’zg’alish energiyasini faqat bir nuklon o’zida to’plab olsa, u yadro tortishish kuchlarini yengib, yadrodan tashqariga uchib chiqishi mumkin. Lekin tomchi model yadrolarning boshqa ko’p muhim xususiyatlarini tushuntirib berolmaydi. Masalan, yadroga uchib kirgan neytronlar va protonlar ko’pincha yadrodan uchib kirish energiyasiga teng energiya bilan chiqib ketishi aniqlandi, ya’ni elastik sochilish ro’y beradi.
Agar yadroga uchib kirgan nuklonning kinetic energiyasi boshqa nuklonlar o’rtasida tezgina taqsimlansa, so’ngra bu energiyaning bir nuklonga qaytadan yig’ilish ehtimolligining bunchalik katta bo’lishini tushunish qiyin. Tajribalarda neytronlar yoki protonlar yadroni kesib o’tayotib yadro nuklonlari bilan ko’p marta noelastik to’qnashuvlarga uchrayvermasligi to’la aniqlandi.
Yadroning tomchi modeli ma’lum neytronlar va protonlar soniga ega bo’lgan yadrolarning alohida barqaror ekanligini tushuntira olmaydi.
|