• II. ANDROID OTDA DARS JADVALI DASTURINING YARATILISH JARAYONI II.1. Android operatsion tizimda dastur tuzish uchun dasturlash muhitini tayyorlash.
  • I bob bo’yicha qisqacha xulosalar




    Download 0.83 Mb.
    bet10/17
    Sana21.03.2017
    Hajmi0.83 Mb.
    #507
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
    I bob bo’yicha qisqacha xulosalar

    I bobda Android operatsion tizimining tarixi, imkoniyatlari, umumiy ko’rinishi, hozirgi mavqei haqida so’z yuritildi. Mavzuga oid nazariy bilimlar to’planib, o’rganildi:

    – Android OT haqidagi umumiy va qiziqarli ma’lumotlar to’plandi;

    – Android OT qaysi texnikalarda qo’llanilishi, qaysi sohalarda ishlatilishi, Android imkoniyatlari va funksiyalari o’rganib chiqildi.



    II. ANDROID OTDA DARS JADVALI DASTURINING YARATILISH JARAYONI

    II.1. Android operatsion tizimda dastur tuzish uchun dasturlash muhitini tayyorlash.

    Dasturlashning har bir sohasida dastur yozish uchun dasturlash muhiti kerak. Bu sohada Google Eclipse hamda uning Android Development Tools (ADT)ni ishlatishni tavsiya etadi. Biz ushbu mavzuda Eclipse hamda ADTni o’rnatish hamda sozlash jarayonini ko’rib chiqamiz.

    Hozirda ko’pchiligimiz ishlatadigan kompyuterlarimiz (noutbuklarimiz) Windows 7 operatsion tizimida ishlagani uchun biz ham ushbu operatsion tizimda ish olib boramiz.

    1. Java SDK - JDK

    Dasturlashtirish Javada olib borilayotgani uchun o’shanga mos bo’lgan SDK (yoki JDK)ni yuklab, o’rnatish lozim bo’ladi. JDKning 7-versiyasi mavjud bo’lib, u salginda mukammal emas, shuning uchun 6-versiyasini o’rnatishingizni tavsiya etamiz. Java.com saytining Java Platform, Standart Edition bo’limidan JDK Download ssilkasi bosiladi. So’ngra operatsion tanlanib yuklanadi.

    2. Android SDK

    Android SDK o’zida Android dasturlarini yaratish uchun zarur bo’lgan barcha uskunalarni qamrab oladi. Uskunalarni mana bu manzillarda olishingiz mumkin.

    Android SDKni olgandan keyin uni o’zgarmaydigan biror katalog ichiga joylashtirish kerak. Ya’ni, sozlangan Android papkasini ko’chirish tavsiya etilmaydi. Bunda, eng yaxshi va qulay variant bu :\android ko’rinishidir. Aynan shu papkada yuklab olingan SDK arxivini arxivdan chiqarib joylashtiramiz va :\android\android-sdk-windows kabi adresni ko’ramiz.

    3. Eclipse

    Qulay va chiroyli ko’rinishga ega bo’lgan Eclipse dasturlash muhitini mana bu yerdan yuklab olamiz.

    Google bizga Eclipse Classic versiyasini tavsiya etadi. Shuning uchun mana shu versiyasini yuklab olib Android papkamiz ichida (android-sdk-windows papkasi yonida) arxivdan ochamiz.

    4. ADT


    Eclipse dasturi ochilgandan keyin unda darrovgina Android dasturlarini yaratish imkoniyati mavjud bo’lmaydi. Buning uchun Eclipsening maxsus ADT (Android Development Tools) plaginini olishimizga to’g’ri keladi.

    Buning uchun Eclipseni (\eclipse\eclipse.exe) ochamiz. Birinchi yuklangan paytda Eclipse bizlardan ishchi katalogni qayerda joylashtirilishini so’raydi. Ushbu katalogni ham Android papkamiz ichida joylashtiramiz, ya’ni \workspace.



    2.1.1-rasm. Androidning ishchi papkasini ko’rsatish


    Demak, Eclipse yuklandi. ADT plaginni yuklashga kirishamiz.

    Menyudan quyidagini ishga tushiramiz: Help > Install New Software



    2.1.2-rasm. Eclipseda ADTni o’rnatish


    O’ng tomonda, yuqoridagi Add (Qo’shish) tugmasini bosamiz.

    2.1.3-rasm. Eclipseda ADTni o’rnatishning keyingi oynasi


    Name maydonida “ADT Plugin” deb kiritamiz.

    Location maydonida esa https://dl-ssl.google.com/android/eclipse/



    2.1.4-rasm. Eclipseda ADTni o’rnatish


    OK ni bosamiz va Developer Tools chiqqunicha kutib turamiz. So’ngra Deceloper Toolsga galochka qo’yib Nextni bosamiz.

    2.1.4-rasm. Eclipseda ADTni o’rnatish

    O’rnatiladigan komponentlar ro’yxatini ko’ramiz. Yana Nextni bosamiz. Litsenziya bitimini o’qib chiqib Finishni bosamiz. Natijada komponentlarning yuklanishi boshlanadi. Agar biror bir ogohlantiruvchi oyna chiqsa OK tugmasini bosamiz. Jarayon taxminan 1-2 minut vaqtni oladi. Shundan so’ng Eclipseni qaytib yuklaymiz Eclipse - Restart Now.

    Qayta yuklangandan so’ng quyidagi dialog oynasi chiqadi:

    Birinchi punktda agar ba’zi bir sabablarga ko’ra SDK yuklanmagan bo’lsa Eclipse avtomatik ravishda o’zi yuklab olishi mumkin. Bundan tashqari u yangi Android platformasini ham yuklashi mumkin.

    Ikkinchi punktida esa SDK ning manzili ko’rsatiladi, bizda bu manzil \android-sdk-windows. Nextni va Finishni bosamiz.



    2.1.4-rasm. Eclipseda ADTni o’rnatish


    Undan so’ng quyidagi oyna chiqadi:

    2.1.4-rasm. Eclipseda ADTni o’rnatgandan keyingi oyna


    OK ni bosamiz.

    5. Android Platformasi

    SDK Managerni ochganimizda kattagina komponentlar ro’yxatini ko’ramiz.

    2.1.4-rasm. SDK Manager oynasi


    Ushbu ro’yxatda Androidning har xil versiyalari uchun ishlatiladigan komponentlari ro’yxati berilgan. Ulardan o’rnatilganlari to’g’risida, Status ustunida Installed deb yozilgan bo’ladi, qolganlarida esa Not installed degan yozuvni ko’rishimiz mumkin. Ro’yxatdan muhim komponentlarni yuklab olish uchun ularni belgilab chiqamiz. Ular quyidagilar:

    – Tools papkasi;

    – Extras papkasidagi Android Support Library komponenti;

    – 4.* versiyalari uchun SDK Platform (tizim platformasi) hamda Emulyator ishlashi uchun ARM EABI v7a System Image komponenti;

    – Qolgan versiyalar uchun asosan SDK Platformning o’zi.

    Ta’kidlab o’tishimiz kerakki, har bir komponent va platformalar yuklab olish uchun kattagina hajmga ega. Shuning uchun boshlang’ich o’rganish ishlarida faqatgina 2.3.3 (API10) versiya uchun kerak bo’lgan komponentlarni olish yetarli. Agar internetda trafik masalasi chegaralanmagan bo’lsa, u holda barcha punktlarni yuklab olsihni tavsiya qilamiz. Keyingi ochiladigan oynada Install X packages tugmasi bosiladi, so’ngra Accept All ni bosib Install tugmasi orqali yuklab olinadi.



    2.1.4-rasm. SDK Manager komponentlarini yuklash


    Yuklab olingandan so’ng Eclipse dasturi qayta yuklanadi.

    Eclipse yuklangandan so’ng Windows menyusi Preferences bandiga kiriladi.



    2.1.5-rasm. SDK Manager komponentlarini yuklash


    Chap tomondan Android tanlanib, o’ng tomondan Browse tugmasi bosiladi va SDK - \android-sdk-windows papkasi tanlanadi. Apply tugmasi bosilgandan so’ng OK tugmasi bosiladi.

    Shu bilan sozlash ishlari nihoyasiga yetadi. Endi Androidda birinchi proyektimizni yaratishga kirishsak bo’ladi.

    Androidda dastur yaratishdan oldin uni qaysi muhitda tekshirish, testdan o’tkazishni bilishimiz lozim. Buning uchun bizga Android Virtual Device (AVD) – Android smartfoni emulyatori yordam beradi.

    Birinchi navbatda AVDni sozlab olishimiz kerak. Buning uchun Eclipseda Windows menyusidan Android AVD Managerga kiramiz. Chap tomondan Virtual Devicesni tanlab New tugmasini bosamiz. Ochilgan oynaning Target ro’yxatida biz yuklab olgan Androidning turli Versiyalari joylashgan. Undan 2.3.3 platformasini tanlab olamiz. Name (nomi) degan joyda AVD_233 ni kiritamiz. SDCard =100 va ekran rejimini HVGA deb tanlaymiz.



    2.1.6-rasm. AVD hosil qilish


    Creat AVD tugmasini bosamiz va AVD Manager oynasini yopamiz.

    Endi yangi proyekt yaratishga o’tamiz. Buning uchun Eclipsening File menyusidan New-Project bosiladi va ochilgan oynadan Android Application Project tanlanadi. Next tugmasi bosilgandan so’ng Proyektning fayllari parametrlari kiritish boshlanadi.



    2.1.7-rasm. Yangi Proyekt yaratish


    – Application Name – yaratadigan dasturimizning nomi;

    – Project Name – yaratadigan proyektimizning nomi;

    – Package name – bizning proyektimizda ishlatiladigan klasslar uchun prefiks vazifasini bajaradi. Build SDK da qaysi Android versiyasi uchun proyekt tuzayotganligimiz keltiriladi. Next oynasi bosilganda Activity oynasi chiqadi. Mana shu yerda izoh keltirib o’tishimiz kerak. Androidda dasturlashda Activity, Layout va View tushunchalari mavjud. Activity – bu forma, ya’ni barcha obyektlar joylashadigan oyna tushuniladi. Layout – bu obyektlarni tartib bilan joylashtiruvchi guruh. View esa aynan mana shu obyektlar (Button, Edit va h.k.). Next va Finish tugmalari bosiladi va Eclipse oynasiga o’tiladi.

    Eclipse oynasi bir necha qismdan iborat bo’lib, o’rtadagi oynada bizning proyektimizning ko’rinishi hamda kodlari joylashgan. Bizga kerakli fayllar esa oynaning chap qismida joylashgan. Ular daraxtsimon ko’rinishga ega.



    2.1.8-rasm. Eclipse oynasi


    – src papkada biz yaratgan va yozgan barcha kodlar joylashadi;

    – gen papkasida generasiya qilingan fayllar joylashgan bo’lib dasturning to’g’ri ishlashi uchun kerk. Shuning uchun bu papkaga tegilmaymiz;

    – Android 2.3.3 papkasida ushbu versiyaning bibliotekalari joylashgan;

    – assets va res papkalarida esa boshqa turli tipdagi fayllar joylashgan;

    – AndroidManifest.xml – dasturning config fayli hisoblanadi.

    Android dasturini ishga tushirish, kompilyasiya qildirish uchun Package Explorer oynasidan Proyekt nomi tanlanadi va Ctrl+F11 tugmasi bosiladi. Ochilgan oynadan Android Application tanlanadi.



    2.1.9-rasm. Eclipse oynasi


    OK tugmasi bosilgach, 1-1,5 daqiqa kutishga to’g’ri keladi. Android operatsion tizimi AVDda yuklangandan so’ng Hello world! Yozuvli Android oynasini ko’rishimiz mumkin.

    Android ekranida dastur elementlari quyidagi sxemadagiday joylashadi:



    2.1.10-rasm. Dastur elementlari


    Eclipse oynasining o’rtadagi qismi, ya’ni asosiy qismini ko’rib chiqamiz:

    2.1.11-rasm. Eclipse oynasi


    Ko’rib turganimizday, yuqorida main.xml yozuvi turibdi. Bu proyektimizning Activity oynasi, undagi Viewlar uchun javob beruvchi xml fayli hisoblanadi. Ushbu faylni 2 xil ko’rinishda ko’rishimiz mumkin.

    1. Grafik ko’rinishda – bunda Activitydagi barcha Viewlar, formalar, yozuvlar, grafik obyektlar dasturda ko’ringanidek ko’rinadi. Bu konstruktor vazifasini ham bajaradi.

    2. XML ko’rinishda – bunda yuqorida sanab o’tilgan barcha view elementlari, nomi, IDsi, hajmi, joylashuvi, rangi va hokazo xususiyatlari XML baza ko’rinishida namoyish etiladi.

    Ushbu ikki xil ko’rinishga pastki Graphical Layout va main.xml tablari orqali o’tishimiz mumkin. Ekranning chap tomonida esa Viewlar palitrasi joylashgan bo’lib, ixtiyoriy element kursor bosilgan holatda Activityga eltib joylashtirilishi mumkin. Palitraning elementlarini qanday ko’rinishda namoyish qilinishi esa quyidagi rasmda ko’rsatilgan.



    2.1.12-rasm. Eclipse oynasi


    Oynaning o’ng tomonida esa Outline oynasi mavjud bo’lib, bu oynada joriy activity uchun qaysi Viewlar olib qo’yilganligini ko’rishimiz mumkin.


    Download 0.83 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




    Download 0.83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I bob bo’yicha qisqacha xulosalar

    Download 0.83 Mb.