Gravitatsion to`lqin tarixi




Download 4,96 Mb.
bet9/27
Sana05.05.2021
Hajmi4,96 Mb.
#14337
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
Gravitatsion to`lqin tarixi.

- 1900 - Lorents gravitatsiya ham yorug’lik tezligidan katta bo`lmagan tezlikda tarqalishi mumkin degan fikrni ilgari surdi.

- 1905 - Puankare birinchi bo`lib “gravitatsion to`lqin” terminini fanga kiritdi.

- 1916 - UNN doirasida eynshteyn mexanik sistema energiyasini gravitatsion to`lqinlarga berishi mumkinligini ko`rsatdi.

- 1918 - eynshteyn gravitatsion to`lqinlar nurlanishi tartibdagi jarayon ekanligini ko`rsatuvchi kvadrupol formulani keltirib chiqardi.

- 1923 - eddington gravitatsion to`lqinlar mavjudligini shubha ostiga oldi.

- 1937 - eynshteyn va Rozen gravitatsion maydon tenglamalarining tsilindrik to`lqin echimlarini tadqiq qilishdi va ular ham gravitatsion to`lqin mavjudligiga shubha qilishdi. Keyinchalik eynshteyn o`z xatosini topdi.

- 1957 - German Bondi va Richard Feynman gravitatsion to`lqinlar mavjudligini asoslashdi.

- 1962 - V.I.Pustovoyt va M.E.Gertsenshteyn uzun to`lqinli gravitatsion to`lqinlarni qayd qilish uchun interferrometrlarni qo`llash printsiplarini aniqlashdi.

- 1964 - Filip Peters va Jon Met`yu qo`shaloq sistemalar tomonidan nurlanadigan gravitatsion to`lqinlarni nazariy bayon qilishdi.

- 1969 – gravitatsion - to`lqin astronomiyasi asoschisi Jozef Veber mexanik gravitatsion antenna - rezonans detektor yordamida gravitatsion to`lqinning qayd qilinganini xabar qildi. Bu natija shu yo`nalishda olib borilayotgan ishlarning yanada jadallashishiga olib keldi.

- 1978 - Jozef Teylor PSR B1913+16 pul`sarning qo`shaloq sistemasida gravitatsion nurlanishning qayd qilinganligi to`g’risida ma`lumot berdi, Jozef Teylor va Rassel Xals ishlari 1993 yilda Nobel mukofotiga sazovor bo`ldi.

- 2002 - S.M. Kopeykin va e. Fomalont radioto`lqinli interferrometr yordamida yorug’likning YUpiter gravitatsion maydonida og’ishini o`rganishdi va gravitatsiya tezligini aniqlashga harakat qilishdi.

- 2006 - Parks observatoriyasi (Avstraliya) Marta Burgey xalqaro jamoasi UNN ning yanada aniq tasdig’i va ikkita PSR J0737-3039A/B pul’sarlar sistemasida gravitatsion nurlanish qiymati UNN ga mos kelishi to`g’rida ma’lumot berishdi.

- 2014 - Garvard - Smitson astrofizika markazi astronomlari relikt nurlanish fluktatsiyasini o`lchashda birlamchi gravitatsion to`lqinlar qayd qilinganligi to`g’risida ma`lum qilishdi. Lekin hozirda bu fluktatsiyalar relikt nurlanishga aloqasi yo`q va Koinotdagi changlar nurlanishi bilan bog’liq deb qaralmoqda.

- 2016 - xalqaro LIGO jamoasi GW150914 gravitatsion to`lqinning qayd qilinganligini e`lon qildi .



2016 yilning 11 fevralida AQSH Milliy ilmiy fondi (National Science Foundation – NSF) tomonidan gravitatsion to`lqinlarning ilk bora tajribada qayd etilgani e`lon qilindi. Ushbu kashfiyot olamshumul kashfiyot bo`lib, zamonaviy astrofizikada yangi ilmiy yo`nalishlarni ochadi.

1.2.2-chizma. Gravitatsiya maydonlari uyurmasi.

Gravitatsion to`lqinlar mavjud bo`lishi nazariy jixatdan eynshteyn tomonidan umumiy nisbiylik nazariyasini yaratganidan so`ng 1916 yildayoq aytilgan edi. Oradan 100 yil o`tib, gravitatsion to`lqinlar kashf etildi.

AQSH dagi gravitatsion to`lqinlarni qayd etuvchi LIGO – observatoriyasi tomonidan 2015 yilning 14 sentyabrida ikkita qora tuynuklar (massalari 29 va 34 Quyosh massasiga teng bo`lgan) ning birlashishi natijasida yangi bitta Qora tuynukning (massasi 60 Quyosh massasiga teng) paydo bo`lishi natijasida ajralib chiqqa gravitatsion to`lqinlarni qayd etdi.



“Gravitatsiya (tortishish) kuchi ta`sirida jismning o`z markazi tomon juda katta tezlikda siqilib borishi (gravitatsion kollaps jarayoni) natijasida vujudga keladigan koinotdagi ob`ekt” qora tuynuklardir. Qora tuynuklar, asosan katta massali yulduzlar evolyutsiyasining eng oxirgi bosqichida vujudga keladi. Ular fotonlarni yutib, o`zidan yorug’lik taratmasligi bois oddiy teleskoplar bilan ko`rib bo`lmaydi. Uning mavjudligini esa atrofida paydo bo`luvchi kuchli magnit maydonidan bilib olish mumkin.

1.2.3-chizma. Ikkita qora tuynuklarning qo`shilishi natijasida tarqalgan gravitatsion to`lqinlarning qayd etilishi.

Gravitatsion to`lqinlar tabiatan kichik intensivlikka ega bo`lib, ularning intensivligi gravitatsion to`lqin manbasining massasiga to`g’ri proportsionaldir. Qora tuynuklar massalari etarlicha katta bo`lganligi tufayli ulardan kelayotgan gravitatsion to`lqinning intensivligi tajriba qurilmalari aniqligi intervalida bo`ldi.

So`nish arafasiga kelib qolgan yulduz o`zining gravitatsion tortishish kuchi hisobiga qora tuynukka aylanadi. Butkul yangi qiyofa kasb etgan jism fazo-vaqt kengligida atrof-tevarakdagi osmon jismlarini o`ziga yanada kuchliroq tortib, ular hisobiga zichligini oshirib boraveradi. Qora tuynukning eng xarakterli qismi, shubhasiz, uning chegarasi bo`lib, hodisalar gorizonti deb nomlanadi. Uni tark etish uchun esa yorug’likdan ham kattaroq tezlikda harakatlanish kerak.



Download 4,96 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Download 4,96 Mb.