1.3.1- chizma.Virgo interferrometrining yuqoridan ko`rinishi
XXI asrda kosmologiyada revolyutsion kashfiyotlar ro`y berdi. Aniqlanishicha Koinotdagi o`zidan elektromagnit nurlanish tarqatuvchi (barion moddalar) koinotning bor yo`g’i 4% igina tashkil etarkan. Koinotning 21% ini xozirda qorong’i modda deb nomlanuvchi va o`zini faqat gravitatsion o`zaro ta`sirlarda namoyon etuvchi noma`lum modda tashkil etarkan. Ushbu modda galaktikalardagi yulduzlarning galaktika markazi atrofida aylanish chiziqli tezligini tadqiq etish natijasida aniqlangan. Qorong’i modda bo`lmagan modellar yulduzlar xarakati Kepler qonuniga ko`ra galaktika markazidan uzoqlashgan sari ularning chiziqli tezligi kamayib borishi kerak bo`lgan. Kuzatuvlar esa galaktikadan uzoqlashgan sari yulduzlarning chiziqli tezligi kamaymay balki asta sekin ortib borishi kuzatildi. Bu galaktikalarda ko`zga ko`rinmaydigan (ya`ni o`zidan elektromagnit nurlanish tarqatmaydigan) massiv moddaning mvjudligini tasdiqlaydi. Ushbu kashfiyot gravitatsion linza effekti deb nomlanuvchi elektromagnit nurlarning gravitatsion maydonda yo`nalishidan og’ishiga asoslangan kuzatuvlarda ham mustaqil ravishda o`z tasdig’ini topdi.
1.3.2-chizma. Gravitatsion to`lqin detektorlarining hozirgi va kelajakda kutilayotgan sezgirliklari. Uzluksiz chiziqlar mavjud detektorlar sezgirligi. Nuqtali chiziqlar yangi detektorlar sezgirligi.
Koinotning asosiy 75% qismi esa xozirda qorong’i energiya deb nomlanuvchi materiyaning yangi shaklidan tashkil topgan. Materiyaning yangi ochilgan shakli o`zining antigravitatsion ta`siri bilan diqqatga sazovordir. YA`ni ushbu qorong’i energiyaning hisobiga bir-biridan uzoqda joylashgan galaktikalar va galaktikalar to`plami o`zaro bir-biradan itarisharkan. Ushbu tipdagi energiyaning tabiatda mavjudligi uzoqda joylashgan galaktikalarning bizdan uzoqlashish tezligini aniqlash bo`yicha olib borilgan kuzatuv ishlari natijasida aniqlandi. Aniqlanishicha, bizdan qandaydir masofada joylashgan galaktikalar Xabbl qonuni bo`yicha aniqlanadigan tezlik bilan emas balki, undan kattaroq tezlik bilan bizdan uzoqlashmoqda ekan. Ushbu kuzatuvlar relikt nurlarini aniqlash bo`yicha o`tkazilgan kuzatuv natijalari yordamida ham tasdiqlandi. SHunday qilib, bir necha mustaqil kuzatuv va tajriba natijalari tabiatda qorong’i energiyaning mavjudligini tasdiqladi.
Tabiatda qorong’i modda va qorong’i energiyaning mavjudligining aniqlanishi fundamental – revolyutsion kashfiyotlar bo`lib, ularning tabiatini va xususiyatlarini o`rganish – zamonaviy astrofizikaning xozirgi paytdagi dolzarb muammolaridan biri xisoblanadi.
2016 yilning 11 fevralida AQSH Milliy ilmiy fondi (National Science Foundation – NSF) tomonidan gravitatsion to`lqinlarning ilk bora tajribada qayd etilgani e`lon qilindi. Ushbu kashfiyot olamshumul kashfiyot bo`lib, zamonaviy astrofizikada yangi ilmiy yo`nalishlarni ochadi.
Gravitatsion to`lqinlar mavjud bo`lishi nazariy jixatdan eynshteyn tomonidan umumiy nisbiylik nazariyasini yaratganidan so`ng 1916 yildayoq aytilgan edi. Oradan 100 yil o`tib, gravitatsion to`lqinlar kashf etildi. AQSH dagi gravitatsion to`lqinlarni qayd etuvchi LIGO – observatoriyasi tomonidan 2015 yilning 14 sentyabrida ikkita qora tuynuklar (massalari 29 va 34 Quyosh massasiga teng bo`lgan) ning birlashishi natijasida yangi bitta Qora tuynukning (massasi 60 Quyosh massasiga teng) paydo bo`lishi natijasida ajralib chiqqa gravitatsion to`lqinlarni qayd etdi1. Gravitatsion to`lqinlar tabiatan kichik intensivlikka ega bo`lib, ularning intensivligi gravitatsion to`lqin manbasining massasiga to`g’ri proportsionaldir. Qora tuynuklar massalari etarlicha katta bo`lganligi tufayli ulardan kelayotgan gravitatsion to`lqinning intensivligi tajriba qurilmalari aniqligi intervalida bo`ldi.
Gravitatsion to’lqinlar:Nima u? Kashfiyotning qimmati nimada? LIGO to’lqin qayd qilgichi qanday tuzilgan?
2016 yil 11 fevral kuni mavjudligi A.Eynshteynning nisbiylik nazariyasidan kelib chiqadigan GRAVITATSION TO’LQINlar AQSH LIGO observatoriyasida qayd qilinganligi haqidagi ma’lumot butun jahon axborot vositalari orqali e’lon qilindi.Haqiqatda bu kashfiyot birmuncha ilgariroq: 2015 yil sentyabr oyida amalga oshirilgan va 2016 yil 11 fevralda rasman qabul qilingan.
Gravitatsion to’lqinning sodir bo’lish sababi.Yerdan milliard yorug’lik yili olislikda ikki ulkan qora tuynukning birlashishi natijasida gravitatsion to’lqinlar paydo bo’ladi.
Juda ulkan ikki qora tuynuk to’qnashganda makon-zamonni birmuncha o’zgartiruvchi “RYAB” (to’lqin) hosil qiladi va u koinotda tarqaladi.
|