|
Biznes Kommunikatsiya «Biznes kommunikatsiya faniga kirish»
|
bet | 1/6 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 11,99 Kb. | | #247428 |
Bog'liq Biznes Kommunikatsiya-genderi.org
Biznes Kommunikatsiya
Biznes Kommunikatsiya «Biznes kommunikatsiya faniga kirish»
Kommunikatsiya zaruratmi yoki ehtiyojmi?
Kommunikatsiya: 1.“Kommunikatsiya-Aloqa" so'zi lotincha "kommunare" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, uzatish, ishtirok etish, baham ko'rish yoki umumiy qilish degan manolarni beradi. 2. Kommunikatsiya bu faktlar, g`oyalar, ma`lumotlar va fikrlar almashnuvi jarayoni hissoblanadi.
Muloqotning qanday turlari mavzud?
shaxsiy
rasmiy
ishbilarmonlik
marosim
Muloqot har xil bo'lishi mumkin
Biznes bo'yicha o`tkazilgan tadqiqotlatda aniqlanishicha, menejer vaqtining quyidagi taqsimoti berilgan:
59% - rejalashtirilgan uchrashuvlar,
22% - qog'ozlar bilan ishlash (muloqot vositasi sifatida hujjatlar),
10% - rejadan tashqari uchrashuvlar,
6% - telefonda gaplashish va
3% - sayohatlar va ob'ektlarni tekshirish.
Ya’ni, rahbarning deyarli barcha vaqti aloqaga bag'ishlangan.
Ishbilarmonlik aloqalarining markazida yana nimalar yotadi?
Kommunikativ o'zaro ta'sir jismoniy va psixologik aloqalarsiz, shuningdek hissiyotlar almashinuvisiz mumkin emas. Shuning uchun odamlar bilan munosabatlarni o'rnatish va aniq bir kishiga yondashuvni topish juda muhimdir Biznesda kommunikatsiya ahamiyati
Biznes kommunikatsiya atamasi ish yuritishda yuboriladigan va qabul qilinadigan barcha habarlar uchun ishlatiladi. Masalan, biznes yuritish, tashkilotni boshqarish, tashkilotlarda rasmiy ishlarni olib borish.
Biznes kommunikatsiya shahsiy va ijtimoiy munosabatlardan farqli o`laroq rasmiy harakterga egadir.
Kommunikativ kompetentsiya - bu ma'lum kommunikativ vazifalarni samarali hal qilish uchun zarur bo'lgan va etarli bo'lgan kommunikativ qobiliyatlar, bilim va ko'nikmalar to'plami.
|
| |