-chizma. Gravitatsion to’lqinning sodir bo’lishi




Download 4,96 Mb.
bet13/27
Sana05.05.2021
Hajmi4,96 Mb.
#14337
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
1.3.4-chizma. Gravitatsion to’lqinning sodir bo’lishi.

Tabiatdagi atomlar bilan ajralmas holda o`zarota`sirlar tushunchasi ham mavjud. Qattiq jismda atomlar bir birlari bilan nima orqali bog’langan? Nima sababdan bizning Yer sayyoramiz Quyosh atrofida yopiq orbita bo`ylab harakatlanib undan uchib ketmaydi? Nima uchun yadrodagi protonlar, ya`ni musbat zaryadlangan zarrachalar, elektr jixatdan bir biridan itarishadi va ular bir biridan uzoqlashmaydi? Ularni qanday kuchlar birga ushab turadi? Tabiatda hozirgi paytda 4 hil o`zarota`sir kuchlari mavjud.

Elektromagnit, Gravitatsion, Kuchli,Kuchsiz

Elektromagnit o`zarota`sir kuchlar zaryadlangan zarrachalar orasidagi o`zarota`sirlarni ifodalaydi. Siz qo`lingiz bilan stol ustiga bosganingizda vujudga keladigan kuchlar elektromagnit tabiatga ega bo`ladi. Bu erda bir vaqtning o`zida o`zaro tortishish va itarishish kuchlari namoyon bo`ladi.

Gravitatsion o`zarota`sirlarni biz butun olam tortishish qonuni orqali bilamiz. Er va Quyosh orasidagi tortishish kuchlari sayyoramizni Quyosh atrofida orbita bo`ylab xarakatlantirishga majbur etadi. Gravitatsion kuchlarining borligi tufayli yulduzlarning yonishi ro`y beradi. Aynan shu kuchlar oqibatida atom yadrolarning yaqinlashishi uchun kerak bo`lgan kinetik energiya paydo bo`ladi va natijada termoyadro reaktsiyasi boshlanadi va bu reaktsiya Koinotdagi yulduzlarning asosiy energiya manbasini ta`minlaydi.

Kuchli o`zaro ta`sir kuchlar yuqorida qayd etilgan kuchlardan farqli ravishda kichik masofalarda o`zlarini namoyon qiladilar. Ularning ta`sir radiusi 10-13 cm tartibida bo`lib, proton va neytronlarning orasidagi o`zarota`sir kuchlaridir. Bu kuchlar har doim tortishish xarakteriga egadir.

Nihoyat oxirgi o`zarota`sir kuchlar bu kuchsiz o`zarota`sir kuchlardir. Ushbu o`zarota`sir kuchlari – qayd etish mushkul bo`lgan zarrachalarni, masalan, neytrino kabi zarrachalarning o`zaro ta`sirlashishida namoyon bo`ladi. Masalan, neytronning β emrilish xodisasini ushbu o`zarota`sir kuchlari orqali tushuntirish mumkin. Ma`lumki erkin neytron stabil zarracha emas va 15 minutdan keyin u proton, elektron va antineytrinoga bo`linib ketadi:

Yuqorida qayd etilgan o`zarota`sir kuchlarini bir birlari bilan miqdor jixatdan solishtirsak, u holda qo`yidagi manzarani ko`rish mumkin. Agarda yadrodagi proton va neytronlarning o`zarota`sir kuchlarini nisbiy kattaligini 1 ga teng deb hisoblasak, kuch kattaligi bo`yicha keyingisi elektromagnit o`zarota`sir kuchlari bo`ladi, uning qiymati 10-2, undan keyingisi kuchsiz o`zarota`sir kuchlari 10-5. Gravitatsion o`zarota`sir kuchlarining qiymati esa tahminan 10-40 ,ya`ni bu ma`noda kuchlar ichida eng zaifidir.



Xoking tenglamasiga ko`ra, kattaligi Quyoshdek bo`lgan, ya`ni radiusi 7 ming kilometrni tashkil etuvchi yulduz so`nish arafasida asta-sekinlik bilan markazga tomon cheksiz darajada zichlashib, hajmi futbol to`pidek keladigan qora tuynukka aylanadi. Erimiz esa, agar yulduz bo`lganida, yarim santimetr ham kelmaydigan tuynukchaga aylanishi mumkin.



Download 4,96 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Download 4,96 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-chizma. Gravitatsion to’lqinning sodir bo’lishi

Download 4,96 Mb.