Xulosalar:
UNN ning muhim muammolaridan biri gravitatsion to`lqinlarning mavjudligi haqidagi masala hisoblanadi. Fazoda chekli tezlik bilan tarqalib, o`zi bilan energiya olib o`tuvchi gravitatsion maydon g’alayoni gravitatsion to`lqin deb yuritiladi. Bunday to`lqin, agar u mavjud bo`lsa, massaga ega bo`lgan har qanday ob`ektga ma`lum kuch bilan ta`sir etishi kerak.
Gravitatsion to`lqinlar tabiatan kichik intensivlikka ega bo`lib, ularning intensivligi gravitatsion to`lqin manbasining massasiga to`g’ri proportsionaldir. Qora tuynuklar massalari yetarlicha katta bo`lganligi tufayli ulardan kelayotgan gravitatsion to`lqinning intensivligi tajriba qurilmalari aniqligi intervalida bo`ldi.
Gravitatsion to’lqinning sodir bo’lish sababi.Yerdan milliard yorug’lik yili olislikda ikki ulkan qora tuynukning birlashishi natijasida gravitatsion to’lqinlar paydo bo’ladi.
Gravitatsion o`zarota`sirlarni biz butun olam tortishish qonuni orqali bilamiz. Er va Quyosh orasidagi tortishish kuchlari sayyoramizni Quyosh atrofida orbita bo`ylab xarakatlantirishga majbur etadi. Gravitatsion kuchlarining borligi tufayli yulduzlarning yonishi ro`y beradi.
|