Xulosalar:
Kuchsiz gravitatsiya maydoni uchun tenglamalar elektromagnit maydon uchun Maksvell tenglamalari kabi bo`ladi. Maksvell tenglamalari yordamida elektr tokining elektr zaryadi qanday elektr va qanday magnit maydonini yuzaga keltirishini oldindan hisoblash mumkin.
Eynshteynning gravitatsion nazariyasiga ko’ra massaning tezlanuvchan xarakati, huddi suv sirtiga tosh tushishi tufayli uning sirtida hosil bo’ladigan to’lqinlar kabi, fazo-vaqt tuzilmasining g‘alayonlanishini vujudga keltiradi.
Gravitatsion To’lqinlar materiyaning siqilib-kengayishi bo’lganligi tufayli elektromagnit to’lqinlar orasida fazalar farqi hosil bo’lsa bu yelkalarning biri siqilganda ikkinchisi kengayganligini bildiradi. Shuni ta’kidlash joizki kengayish yoki siqilish juda kichik bo’ladi, shuning uchun uni aniqlash qiyin bo’ladi.
|