Buxoro davlat universiteti




Download 4,96 Mb.
bet25/27
Sana05.05.2021
Hajmi4,96 Mb.
#14337
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27









Xotima.

UNN ning muhim muammolaridan biri gravitatsion to`lqinlarning mavjudligi haqidagi masala hisoblanadi. Fazoda chekli tezlik bilan tarqalib, o`zi bilan energiya olib o`tuvchi gravitatsion maydon g’alayoni gravitatsion to`lqin deb yuritiladi. Bunday to`lqin, agar u mavjud bo`lsa, massaga ega bo`lgan har qanday ob`ektga ma`lum kuch bilan ta`sir etishi kerak.

Gravitatsion to`lqinlar tabiatan kichik intensivlikka ega bo`lib, ularning intensivligi gravitatsion to`lqin manbasining massasiga to`g’ri proportsionaldir. Qora tuynuklar massalari yetarlicha katta bo`lganligi tufayli ulardan kelayotgan gravitatsion to`lqinning intensivligi tajriba qurilmalari aniqligi intervalida bo`ldi.

Gravitatsion to’lqinning sodir bo’lish sababi.Yerdan milliard yorug’lik yili olislikda ikki ulkan qora tuynukning birlashishi natijasida gravitatsion to’lqinlar paydo bo’ladi.

Gravitatsion o`zarota`sirlarni biz butun olam tortishish qonuni orqali bilamiz. Yer va Quyosh orasidagi tortishish kuchlari sayyoramizni Quyosh atrofida orbita bo`ylab xarakatlantirishga majbur etadi. Gravitatsion kuchlarining borligi tufayli yulduzlarning yonishi ro`y beradi.

Kuchsiz gravitatsiya maydoni uchun tenglamalar elektromagnit maydon uchun Maksvell tenglamalari kabi bo`ladi. Maksvell tenglamalari yordamida elektr tokining elektr zaryadi qanday elektr va qanday magnit maydonini yuzaga keltirishini oldindan hisoblash mumkin.

Eynshteynning gravitatsion nazariyasiga ko’ra massaning tezlanuvchan xarakati, huddi suv sirtiga tosh tushishi tufayli uning sirtida hosil bo’ladigan to’lqinlar kabi, fazo-vaqt tuzilmasining g‘alayonlanishini vujudga keltiradi.

Gravitatsion To’lqinlar materiyaning siqilib-kengayishi bo’lganligi tufayli elektromagnit to’lqinlar orasida fazalar farqi hosil bo’lsa bu yelkalarning biri siqilganda ikkinchisi kengayganligini bildiradi. Shuni ta’kidlash joizki kengayish yoki siqilish juda kichik bo’ladi, shuning uchun uni aniqlash qiyin bo’ladi.



Download 4,96 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Download 4,96 Mb.