|
Buxoro davlat universiteti
|
bet | 22/27 | Sana | 05.05.2021 | Hajmi | 4,96 Mb. | | #14337 |
bunda k – Bol’tsman doimiysi, T – harorat. Bu kuch ingichka iplarga osilgan oynalar kT ga teng bo`lgan fluktuatsiya energiyasining o`rtacha qiymatiga javobgar. Fgrav kuchini qayd qilish uchun quyidagi shart bajarilishi kerak
Uncha murakkab bo`lmagan hisoblash f 102 Gts bo`lganda H ni hisoblash imkonini beradi. Bunday oynalar uchun mayatnik osma relaksatsiya vaqti τ* = m/H 105 sek sekunddan katta bo`lishi kerak. H = m/τ* 0,1 g/sm loyihalashtirilayotgan h 10-21 qiymat uchun etarli. Ammo h = 10-22 ga erishish uchun, (3) va (4) formulalardan ko`rinadiki, H ni kamaytirish va mos ravishda τ* ni orttirish zarur. Agar shovqin signali katta nisbati mumkin emasligini e`tiborga olsak (ya`ni Fgrav FFDT dan hech bo`lmaganda bir daraja katta bo`lishi kerak), unda ayonki τ* bir necha yil darajasida bo`lishi kerak. Bu masalani oynalar osmasi uchun “noziklik darajasida” MDU xodimlari V.P. Mitrofanov va K.V. Tokmakovlar hal qildilar. Bir necha yillik tadqiqotlar ular τ* 5 yil(!) bo`lgan osma tayyorlash imkoniga ega bo`ldilar. Bu tizim LIGO-II (2007–2008 yil) ikkinchi bosqichida qo`llanilindi.
Oynalar osmasiga qo`yilgan talablardan tashqari o`rtacha fluktuatsiya energiyasi kT ga teng termostat vazifasini bajaruvchi oynalarning o`ziga qo`yiladigan qator talablar ham mavjud. 100 Gts chastota yaqinida tebranish sirtiga ko`rsatiladigan shovqinlar hissasini kamaytirish uchun birta imkoniyat mavjud: mexanik moda tanlovchanligini orttirish kerak. YAqinda Sirakuz Universiteti(AQSH) xodimi S. Penn MDU bitiruvchisi A.YU. Ageev bilan hamkorlikda eritilgan kvartsning tanlovchanligini juda tozalashdan so`ng ga erishdilar.Bu hga mos sezgirlikka erishish uchun etarli.
Yuqorida eslatilgandek sezgirlikni orttirishda kvant o`tishga to`sqinlik mavjud. Bu to`siq odatda standart kvant chegara deyiladi. Oynalar yuqori tozalikka ega erigan kvartsdan tayyorlangan (yutishdagi sarf: 10-6 1 smda). Oynalar sirti— botiq (egrilik radiusi 14 km) aniqlik darajasi 10-7 sm, ko`p qavatli qaytargich dielektrik bilan qoplangan. (qaytarish koeffitsienti birdan 10-5 tartibida kichik). (Standard Quantum Limits – SQL) SQL ning yuz berishi juda sodda: koordinata va impul’s hamda vaqtni o`lchash chegarasi τmeas uchun Geyzenberg noaniqlik munosabati natijasi. O`lchashning to`la vaqti davomida τmeas g’alayonlanishlar interval boshida koordinataning qo`shimcha g’alayoniga aylanadi.. natijada to`la o`lchash vaqti τmeas erkin massa m ning koordinatasini quyidagidan aniq o`lchab bo`lmaydi.
Bu qiymat LIGO-II x !da rejalashtirilgan qiymatga juda yaqin. Boshqacha aytganda, LIGO ning ikkinchi bosqichida tajribakorlar makroskopik oynalarning uy haroratidagi kvant o`zini tutishiga yaqinlashishlari kerak edi.
Bu bo`limda keltirilgan eng yangi texnologik ishlanmalar misollari va o`lchash metodlari LIGO hamkorligidagi ishlarning hali hammasi emas. Bu ishlanma hajmi barcha olib borilayotgan ishlarni atroflicha bayon qilish imkonini bermaydi.
|
| |