Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5
92
MUSTAQIL TA’LIMNING TASHKIL ETILISHI VA UNING
ISTIQBOLLARI
Aliyev Qaxramon Yusupovich
Mahammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Qarshi filiali magistri
P.M.Jalolova
TATU Qarshi filiali p.f.PhD, dotsent
https://doi.org/10.5281/zenodo.7264458
Ta’lim tizimida AKT imkoniyatlaridan keng
foydalanish bugungi kunning
asosiy talablaridan biri hisoblanadi. Ta’limga texnologik yondashuv pedagogik
jarayonga faol ta’sir etuvchi va uning samaradorligi, bir butunligi va muvaffaqiyatini
belgilab beruvchi omillardan biridir. O‘zlashtirilishi murakkab bo‘lgan mavzular
bo‘yicha o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazish kabi talablar qo‘yiladi. Qo‘yilgan talablar
bo‘yicha axborot texnologiyalarining multimediya vositalari
asosida dars jarayonini
tashkil qilish pedagog-o‘qituvchilarning ish faoliyatini osonlashtirib, o‘quv jarayonini
boshqarish, uning samaradorligini yanada ko‘tarishga erishiladi. Ma’ruzani
kompyuter yordamida taqdimot shaklida namoyish etish, seminar darsida
talabalarning
javob berishi, kuzatuvchi taqdimotlar, talabalar nashri darsda maxsus
dasturiy vositadan foydalanish talabalarning o‘qish jarayoniga qiziqishini orttiradi va
ta’lim sifatini oshirishga olib keladi.
Ta’limga texnologik yondashuv pedagogik jarayonga faol ta’sir
etuvchi va
uning samaradorligi, bir butunligi va muvaffaqiyatini belgilab beruvchi omillardan
biridir. Interfaol usullardan ta’lim jarayonida samarali foydalanish ham o‘ziga
nisbatan
talabchanlikni oshiruvchi, faolligini ta’minlovchi, bevosita o‘zini vaziyatni
faol ishtirokchisi sifatida erkin idrok qilishiga va voqeaga real ko‘z bilan qarashga
o‘rgatadi. Bunda esa ta’limni multimedia ko‘rinishida
tashkil etish maqsadga
muvofiqdir.
Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga
va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida: “Yangi O‘zbekiston — maktab
ostonasidan, ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan g‘oya asosida keng ko‘lamli
islohotlarni amalga oshiramiz.
Birinchidan, yosh avlodga bog‘cha, maktab va oliygohda sifatli ta’lim-tarbiya
berishni yo‘lga qo‘yamiz, ular jismoniy va ma’naviy sog‘lom,
vatanparvar insonlar
bo‘lib ulg‘ayishi uchun barcha kuch va imkoniyatlarni safarbar etamiz.
Ikkinchidan, yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy
qadriyatlar asosida mustaqil
va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi bo‘lgan
insonlar etib voyaga yetkazamiz,-deb ta’kidlab o‘tdilar.