Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5
94
qo‘ygan maqsadiga erishish uchun yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Talabalarning
mustaqil o‘qish faoliyatining samaradorligi quyidagi faktorlar bilan aniqlanadi:
a) talabalarning mustaqil oʼqish faoliyatiga tayyorligi;
b) mustaqil o‘qish faoliyatini sifatli pedogogik ko‘nikmalar bilan
taʼminlanganligi.
Talabalarning mustaqil o‘qish faoliyatiga tayyorligi,
quyidagi komponentalar
orqali aniqlanadi: o‘zida tasavvur etishni shakllantiruvchi qiymatli-motivatsion
komponenta va kasbiy motivatsiya; - umumlashgan bilimlarni egallagan,
kognitiv
komponetalar (birinchi navbatda dunyoqarash g‘oyalari va ilmiy tushunchalar)
hamda umumtaʼlim ko‘nikmalari va o‘z-o‘zini tashkil qilish: - shaxsning erkinlik
sifatlari bilan aniqlanuvchi erkinlik kompanentalari, bunda birinchi o‘rinda tartib-
intizom, trishqoqlik,
mustaqillik, talabchanlik va javobgarlikni his qilish turadi.
Talabalarning mustaqil ishini pedagogik kuzatish-bu o‘qituvchi tomonidan
talabalarning mustaqil o‘qish jarayonini ilmiy-pedagogik jihatlarini taʼminlash va
o‘quv vazifalarini bajarishda talabalarga amaliy yordam berishdan iboratdir.
Pedagogik texnologiya – bu o‘qituvchining o‘qitish vositalari yordamida talabalarga
muayyan sharoit va ketma-ketlikda taʼsir ko‘rsatish va bu faoliyat mas’uli sifatida
ularda oldindan belgilangan sifatlarni shakllantirish jarayonidir. Talabalarning
mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil qilishda o‘ziga xos texnologik jihatlariga eʼtibor
qaratish muhim ahamiyatga ega. Ta’lim tizimida
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanish o‘qituvchilar uchun bir qancha qulayliklar yaratadi,
masalan: fan materiallarini elektron shaklda tayyorlash, taqdimotlar tayyorlash,
mavzularni multimedia yordamida tushuntirish, tajriba ishlarini visual tarzda bajarib
ko‘rsatish, amaliy masalalarning yechimlarini yuqori aniqlikda olishni o‘rgatish va
boshqalar. Hozirgi kunda darslik va o‘quv qo‘llanmalarni chop etish juda qimmatga
tushmoqda. Buning ustiga kitoblar 2-3 yilda o‘quvchisini yo‘qotmoqda.
Bu jarayon
yengil kechishi uchun darslik va o‘quv qo‘llanmalarning elektron variantlaridan
unumli foydalanishni tashkil etish zarur. Elektron o‘quv adabiyotlari bilim
oluvchilarning tasavvurini kengaytirishga, dastlabki bilimlarni
rivojlantirishga va
chuqurlashtirishga, qo‘shimcha ma’lumotlar bilan ta’minlanlashga mo‘ljallangan
bo‘lib, chuqurlashtirib o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha yaratilishi lozim. AKT o‘quv
mashg‘ulotlarini tashkil etishda, talablarga tavsiya etish va tavsiya etilayotgan o‘quv
materiallarini to‘liq o‘zlashtirishga qo‘l keluvchi vosita bo‘lib, o‘quv materiallarini
tinglovchilarga tushunarli va jonli, qisqa muddatda ko‘p ma’lumotlarni yetkazib
berish kabi yuqori samarali pedagogik-didaktik usullardan foydalanish zarur bo‘ladi.
AKTni ta’lim jarayonlariga tadbiq etilishi talabalarning, nafaqat talabalarning, balki
pedagoglarning ham axborot madaniyati davr bilan hamnafas
tarzda shakllanishiga
munosib zamin yaratadi. Inson uchun, axborot madaniyati axborot-lashtirilgan
jamiyatni yaratishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan komponentlardan hisoblanadi.