|
Bitiruv malakaviy ishining ob`ekti
|
bet | 6/27 | Sana | 05.05.2021 | Hajmi | 4,96 Mb. | | #14337 |
Bitiruv malakaviy ishining ob`ekti: Gravitatsiya to`lqinlari mavjudligi haqidagi ma`lumotlarni taxlil qilish asosida olamning haqiqiy ilmiy manzarasini shakllantirish metodikasini ishlab chiqish jarayoni.
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy farazi : Agar Gravitatsiya to`lqinlari mavjudligi fizikada komp’yuter texnologiyalaridan samarali foydalanish tizimli ta`minlansa, o`quvchining nazariy olgan bilimi, amaliy ko`nikma va malakalari shakllanadi, mantiqiy fikrlash, abstrakt tafakkuri rivojlanadi, o`qitish mazmuni va sifati samaradorligi ta`minlanadi.
Bitiruv malakaviy ishining yangiligi: Gravitatsiya to`lqinlari mavjudligi ilmiy dalillar asosida mukammal yagona ilmiy dunyoqarashni shakllantirish uchun metodika ishlab chiqilganligi.
Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati. Olam tuzilishining yagona ilmiy manzarasini shakllantirishda amaliy ahamiyatga ega.
Bitiruv malakaviy ishining nazariy-metodologik asosi bo`lib, ilmiy bilish jarayoni, prezident asarlari, mavjud adabiyot va darsliklar va ma`lumotlarni komp’yuterda taxlil qilish jarayoni.
Bitiruv malakaviy ishining metodlari.Mavjud ma`lumotlarni o`rganish asosida ilmiy xulosalar qilish va tavsiyalar ishlab chiqish.
Bitiruv malakaviy ishining tarkibi va hajmi: Bitiruv malakaviy ishi kirish, oltita paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, kirish qismida ishning mohiyati qisqacha yoritilgan. Birinchi paragrafda mavzu haqidagi boshlang’ich tushunchalari keltirilgan. Ikkinchi paragrafda assosiy matn asosida yagona ilmiy dunyoqarashni shakllantirish metodlari bayon qilingan .Bitiruv malakaviy ish qismidan, 2 ta bob, 6 ta paragraf, 65-bet hajimda rasmiylashtirilgan.
|
| |