Tanlangan mavzuning dolzarbligi




Download 4,96 Mb.
bet3/27
Sana05.05.2021
Hajmi4,96 Mb.
#14337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Tanlangan mavzuning dolzarbligi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev yangi yil arafasida – 2016 yil 30 dekabr’ kuni mamlakatimizning etakchi ilm-fan namoyandalari bilan uchrashdi. Bunda Ilm-fan yutuqlari – taraqqiyotning muhim omili mavzusidagi nutqida ”Mamlakatimiz va jamiyatimizning zamon talablari darajasida rivojlanishini ilm-fansiz tasavvur qilish qiyin. Ilm-fan taraqqiyotida fundamental tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan ular orqali yangi bilimlar o`zlashtiriladi va nazariyalar shakllantiriladi, kelgusi amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar uchun mustahkam asos yaratiladi” - degan edi. Shu maqsaddan kelib chiqib mamlakatimizda ilm fanni rivojlantirishga katta e`tibor berilayotgan bir vaqtda tabiiy fanlarni zamon yangiliklari bilan boyitib borish asosiy maqsadimiz hisoblanadi. Ulkan samoviy kashfiyotlar shular jumlasidandir.

Astrofizikada Qora tuynuklar-bu fazo-vaqtning shunday soxasiki, kuchli gravitatsion maydon hisobiga u erni xatto yorug’lik tezligida harakatlanuvchi zarralar, shuningdek yorug’lik kvantlari ham tark eta olmaydilar. Ushbu sohaning chegarasi xodisalar gorizonti deb ataladi, uning o`lchami esa gravitatsion radius deyiladi. Eng sodda holda – sferik-simmetrik qora tuynuklar uchun ushbu o`lcham Shvartsshil’d radiusiga teng. Nazariy jixatdan bunday ob`ektlarning mavjudligi eynshteyn tenglamalarining ba`zi aniq echimlari tomonidan kelib chiqadi. Bunday echimlarning birinchisi Karl SHhvartsshil’d tomonidan 1915 yili topilgan.

Shuni takidlash joizki, qora tuynuklar– o`zida ko`plab sinoat yashirib kelayotgan Koinotning jumboqli ob`ektlaridir. Ko`pgina baxs va munozalarga sabab bo`layotgan ko`p sonli paradoks va muammolarga qaramasdan ishonch bilan aytish mumkinki xozirda javobsiz qolayotgan savollar kelajakda o`z javobini topadi.

XXI asrda kosmologiyada revolyutsion kashfiyotlar ro`y berdi. Aniqlanishicha Koinotdagi o`zidan elektromagnit nurlanish tarqatuvchi (barion moddalar) koinotning bor yo`g’i 4% igina tashkil etarkan. Koinotning 21% ini xozirda qorong’i modda deb nomlanuvchi va o`zini faqat gravitatsion o`zaro ta`sirlarda namoyon etuvchi noma`lum modda tashkil etarkan. Ushbu modda galaktikalardagi yulduzlarning galaktika markazi atrofida aylanish chiziqli tezligini tadqiq etish natijasida aniqlangan. Qorong’i modda bo`lmagan modellar yulduzlar xarakati Kepler qonuniga ko`ra galaktika markazidan uzoqlashgan sari ularning chiziqli tezligi kamayib borishi kerak bo`lgan. Kuzatuvlar esa galaktikadan uzoqlashgan sari yulduzlarning chiziqli tezligi kamaymay balki asta sekin ortib borishi kuzatildi. Bu galaktikalarda ko`zga ko`rinmaydigan (ya`ni o`zidan elektromagnit nurlanish tarqatmaydigan) massiv moddaning mvjudligini tasdiqlaydi. Ushbu kashfiyot gravitatsion linza effekti deb nomlanuvchi elektromagnit nurlarning gravitatsion maydonda yo`nalishidan og’ishiga asoslangan kuzatuvlarda ham mustaqil ravishda o`z tasdig’ini topdi.

Koinotning asosiy 75% qismi esa xozirda qorong’i energiya deb nomlanuvchi materiyaning yangi shaklidan tashkil topgan. Materiyaning yangi ochilgan shakli o`zining antigravitatsion ta`siri bilan diqqatga sazovordir. YA`ni ushbu qorong’i energiyaning hisobiga bir-biridan uzoqda joylashgan galaktikalar va galaktikalar to`plami o`zaro bir-biradan itarisharkan. Ushbu tipdagi energiyaning tabiatda mavjudligi uzoqda joylashgan galaktikalarning bizdan uzoqlashish tezligini aniqlash bo`yicha olib borilgan kuzatuv ishlari natijasida aniqlandi. Aniqlanishicha, bizdan qandaydir masofada joylashgan galaktikalar Xabbl qonuni bo`yicha aniqlanadigan tezlik bilan emas balki, undan kattaroq tezlik bilan bizdan uzoqlashmoqda ekan. Ushbu kuzatuvlar relikt nurlarini aniqlash bo`yicha o`tkazilgan kuzatuv natijalari yordamida ham tasdiqlandi. SHunday qilib, bir necha mustaqil kuzatuv va tajriba natijalari tabiatda qorong’i energiyaning mavjudligini tasdiqladi.

Tabiatda qorong’i modda va qorong’i energiyaning mavjudligining aniqlanishi fundamental – revolyutsion kashfiyotlar bo`lib, ularning tabiatini va xususiyatlarini o`rganish – zamonaviy astrofizikaning xozirgi paytdagi dolzarb muammolaridan biri xisoblanadi.

2016 yilning 11 fevralida AQSH Milliy ilmiy fondi (National Science Foundation – NSF) tomonidan gravitatsion to`lqinlarning ilk bora tajribada qayd etilgani e`lon qilindi. Ushbu kashfiyot olamshumul kashfiyot bo`lib, zamonaviy astrofizikada yangi ilmiy yo`nalishlarni ochadi.

Gravitatsion to`lqinlar mavjud bo`lishi nazariy jixatdan eynshteyn tomonidan umumiy nisbiylik nazariyasini yaratganidan so`ng 1916 yildayoq aytilgan edi. Oradan 100 yil o`tib, gravitatsion to`lqinlar kashf etildi. AQSH dagi gravitatsion to`lqinlarni qayd etuvchi LIGO – observatoriyasi tomonidan 2015 yilning 14 sentyabrida ikkita qora tuynuklar (massalari 29 va 34 Quyosh massasiga teng bo`lgan) ning birlashishi natijasida yangi bitta Qora tuynukning (massasi 60 Quyosh massasiga teng) paydo bo`lishi natijasida ajralib chiqqa gravitatsion to`lqinlarni qayd etdi. Gravitatsion to`lqinlar tabiatan kichik intensivlikka ega bo`lib, ularning intensivligi gravitatsion to`lqin manbasining massasiga to`g’ri proportsionaldir. Qora tuynuklar massalari yetarlicha katta bo`lganligi tufayli ulardan kelayotgan gravitatsion to`lqinning intensivligi tajriba qurilmalari aniqligi intervalida bo`ldi.




Download 4,96 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Download 4,96 Mb.