Mirzo Ulug‘bek (1394 – 1449)




Download 1,44 Mb.
bet25/41
Sana09.05.2021
Hajmi1,44 Mb.
#14448
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41
Mirzo Ulug‘bek (1394 – 1449)

Mirzo Ulug‘bek - Amir Temurning nabirasi Mirzo Shohruhning o‘g‘li 1394 yilning mart oyida eronning Sultoniya shahrida tug‘ilgan. Uning ismi Muhammad Tarag‘ay bo‘lib, yoshligidan Ulug‘bek deb atala boshlangan va keyinchalik uning asosiy ismi bo‘lib qolgan. Ulug‘bek Qozizoda Rumiyni o‘zining uztozi deb hisoblaydi. U Mavlono Ahmad va Qozizoda Rumiylar kabi astronom va matematiklar ta’sirida ulg‘ayadi. Ulug‘bekning safdoshi G‘iyosiddin Jamshid Koshiyning guvohlik berishicha, Ulug‘bek Qur’oni Karimni aksariyat qismini yoddan bilgan, fiqh, mantiq ilmlarini mukammal egallagan. Fan va madaniyatga qiziqqan Ulug‘bek Samarqand, Buxoro va G‘ijduvonda uchta madrasa qurdiradi.



Ulug‘bek rahbarligida Samarqand shahri yaqinidagi Ko‘hak tepaligida Rasadxona qurilishi 1424 yilda boshlanib 1429 yilda nihoyasiga etkaziladi. Rasadxona silindr shaklida 3 qavatli ulkan binodan iborat bo‘lgan. Unda radiusi 40 m bo‘lgan ulkan sekstant bo‘lib, uning yordamida Quyosh, Oy, sayyora va yulduzlar holati aniqlangan. Sekstant yoyidagi ingichka o‘yik, chiziklar bilan belgilangan shtrixlar orasi 70.2 santimetrdan bo‘lib, u 1 darajaga to‘g‘ri keladi. 1 minutga to‘g‘ri kelgan sekstant yoyi uzunligi esa 11.18 millimetrni tashlik etadi. Bosh "teleskop" yoyining uzunligi 50 metr chamasi bo‘lib, uning dioptr (tuynuk) o‘rnatilgan janub tomondagi Yer sirtidan 28 metr balandlikkacha borardi.




Download 1,44 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41




Download 1,44 Mb.