Qadimda ishlatilgan mexanik
moslamalardan namunalar
5 -rasm. Pona
6 – rasm. Ibn Sino g‘oyasi bo‘yicha buyum tasviri
Ibn Sinoning mexanika, optika va termodinamika sohalarida olib borgan ilmiy izlanishlari natijalari klassik fizika shakllanishiga xizmat qildi. 2
Ibn Sinoning fizika faniga bergan tarifi, harakat va harakat turlari, harakatning nisbiyligi, inersiya, kuch massa va tezlanish orasidagi bog‘lanish, aylanma harakat, markazga intilma kuch, chiziqli, tezlik va atmosfera bosimi, konveksiya, ob-havo (qor, yomg‘ir, do‘l), issiqlik tabiati va issiqlikning uzatilish turlari; yashin va yashinning turlari, tovush va yorug‘lik tezligi, yorug‘lik dispersiyasi, Oyning gardishlanish sababbi, ko‘zning ko‘rish sabablari, linza, atom tuzilishi kabi mavzularga tegishli bo‘lgan mulohazalarining aksariyati hozir ham o‘z qiymatini yo`qotmagani ma`lumdir. Ibn Sino astronomiya ilmining ham buyuk allomasidir. Ibn Sinoning astronomiyaga oid bo‘lgan quyidagi asarlari: “Al-Majastiy”, “Jurjon (shahri) uzunlamasini tuzatish haqida risola”, “Kuzatish asbobini yasashda boshqa usullardan afzal usul haqida kitob”, “Erning olam markazidagi holati haqida”, “Samoviy jismlarning ko‘rinmas masofalari”, “Yoritqichlarning kunduzi emas kechasi ko‘rinish sabablari haqida”, “Osmon sferasi va odamlarning uy-joylari”, “Shamsiy va qamariy yil fosilalari hamda kecha va kunduz zamonlarning qonuniyati”, “Yulduzlar hukmining raddiyasi” kabi asarlari buyuk bobokalonimizning astronomiya fanining rivojlanishiga qo‘shgan ulkan hissasidan nishonadir.
Ibn Sino “Yulduzlar hukmining raddiyasi” asarida yulduzlar joylashuviga qarab “karomat qiluvchi” folbinlarni (astrologlar) ni qattiq qoralab: “Axir u g‘irt yolg‘on, ochiqdan-ochiq uydirma-ku” – deb yozadi.
Joylarning geografik uzunlamasini aniqlash usuli ham Ibn Sino nomi bilan bog‘liq. Mashhur sharqshunos olim P.G.Bulgakov o‘z asarida “Ibn Sino bu usulning ixtirochisi deb tan olinishi kerak” ligini ta`kidlagan edi.
Ibn Sinoning bu usuli evropada keyinroq mashhur astronom VernYer (XVI asr) tomonidan qo‘llanildi. Uning “Fizika” va “Mexanika” deb nomlangan asarlari fizika fanining shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ibn Sinoning Beruniy bilan bo‘lgan savol-javoblari va “Tib qonunlari” kitoblaridagi “ko‘z anatomiyasi” ga bag‘ishlangan bob, bundan tashqari, yashin, chaqmoq va momaqaldiroq kabi hodisalar haqidagi fikrlari ham fizika fani rivojiga munosib hissa bo‘lib qo‘shilgan.
Asarlari. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asar yozganligi qayd etilgan, lekin bizgacha ularning 242 (160) tasi etib kelgan. SHulardan 80 tasi falsafaga, 43 tasi tabobatga oid bo‘lib, qolganlari mantiq, psixologiya, tabiiyot, astronomiya, matematika, musiqa, kimyo, axloq, adabiyot va tilshunoslikka bag‘ishlangan. Lekin bu asarlarning hammasi ham olimlar tomonidan bir xilda o‘rganilgan emas. Ibn Sinoning ko‘proq falsafa va tibga oid kitoblari jahonning ko‘pgina tillariga tarjima etilib, asrlar davomida qayta-qayta nashr qilib kelinmoqda, lekin shu bilan bir vaqtda, boshqa ko‘p asarlari hali qo‘lyozma holida o‘z tadqiqotchilarini kutyapti.
|