Ibn Al-Xaysam (965-1039)y
Ibn Al-Xaysam 965 yilda tug‘ilgan, 1039 yilda Qohirada vafot etgan. U Beruniyning zamondoshi bo‘lib, o‘rta asrning buyuk fizigi deb tan olingan va Evropada Alxazen nomi bilan atalgan. Shu bilan birgalikda u mashhur matematik va astronom sifatida ham nom qozongan. Uning Optikaga doir fikrlari o‘sha paytda fanda ancha ilg‘or qarash bo‘lgan.
Masalan, uning optikaga doir birinchi postulati: «Tabiiy yorug‘lik va rang nurlari ko‘zga ta’sir etadi». U tajriba va kundalik kuzatishlarga asoslanib, ushbu fikrni bayon etadi: «Quyosh nuri ko‘zga tushsa, ko‘z og‘riqni sezadi». Tabiiy nur deb quyosh nurini, rangli nur (monoxromatik) deb jismlardan qaytgan nurlarni ataydi.
Ikkinchi postulati: «Ko‘zning ko‘rish qobiliyati jismlardan chiqqan yorug‘lik ta’sirida sodir bo‘ladi». Ushbu fikr Evklid va Platon nazariyasidan tubdan farq qiladi. Ibn Al- Xaysam davom etadi, «Ko‘zning ko‘rish qobiliyati piramida yordamida sodir bo‘ladi, piramidaning bosh tarafi ko‘zda, asosi esa ko‘rinadigan jismlarda bo‘ladi».
Ibn Al-Xaysam fikricha, yorug‘lik optik zichligi kichik muhitdan katta muhitga o‘tganda uning tezligi oshadi. Albatta, uning bu fikri noto‘g‘ri edi, ammo uning qarashlari asosida R.Dekart yorug‘likning sinish qonunini ochadi.
Ibn Al-Xaysamning asarlari XII asrda lotin tiliga (1114-1187y.G. Kramovskiy) tomonidan tarjima qilindi va 1580 yilda qayta chop etilgan.
Ibn al-Xaysamning optikaga doir ilmiy ishlari Yevropada zamonaviy optika fanining yuzaga kelishiga asos bo‘ldi.
|