IV. ADABIYOTLAR RO’YXATI.........................................................77
KIRISH.
Farzandlarimizni mustaqil va keng
fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli
yashaydigan komil insonlar etib voyaga
yetkazish, ta’lim-tarbiya sohasining asosiy
maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim…
I.A. Karimov
Mamlakatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar ta’limning zamonaviy texnologiyalarini amaliyotga joriy etish, ta’lim oluvchilarni fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, o‘quvchi talabalarning dunyoqarashini shakllantirish, ularni mustaqil ishlash, ijodiy izlanish, o‘zlari egallagan bilimlaridan amaliyotda foydalana olish qobiliyatlarini shakllantirish kabi ustuvor yo‘nalishlarga qaratilmoqda.
O‘qituvchining bosh vazifasi - o‘quvchilarda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini joriy qilish, ongli intizomga o‘rgatishdir, dunyo mamlakatlari bilan har sohada bellasha oladigan darajada salohiyatli qilib tarbiyalashdir. Talabalarga zamonaviy bilim berish ularni har tomonlama etuk qilib tarbiyalash uchun esa albatta murabbiyning o‘zi ham shunday bilimga ega bo‘lishi kerak, ayniqsa o‘qituvchidan chuqur bilim va kasbiy mahorat talab etiladi. Agar bolalar erkin fikrlashga o‘rgatilmasa, ta’limning samarasi past bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining I Prezidenti I.Karimov aytganlaridek – ,,Biz xalqaro maydonda boshqa mamlakatlar bilan sog‘lom fikr musobaqasiga, ijodiy raqobatga kirishmog‘imiz lozim. Bizning kelajagimiz mana shu musobaqa va raqobatga bog‘liq. Buning uchun esa millatimizning salohiyati ham, aql-zakovati ham etarli. Faqat mavjud intellektual imkoniyatlarni to‘liq ishga solish, ulardan mukammal tarzda foydalana bilish zarur. Rivojlangan davlatlar nimaga erishgan bo‘lsalar, faqat aql-zakovat, ilm-fan va tafakkur yutuqlari asosida erishganlar”.
1.Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashining 2016 – yil 8 – avgustdagi 3-sonli yig‘ilish bayoni qaroriga muvofiq,Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 25- avgustdagi 355-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan va amaliyotga joriy etilgan 154 soatga mo‘ljallab tuzilgan dastur asosida kasb hunar kollejlari uchun fizika fanidan lotin tilida chop etilgan adabiyotlar: darsliklar, o’quv qo’llanmalar, o’quv uslubiy qo’llanmalarning yetarlicha chop etilmaganligi.
Mavjud bo’lgan darsliklar DTS da ko’rsatilgan dasturga mos bo’lsada, ba’zi bir mavzularning yetarlicha to’liq yoritib berilmaganligi hamda yangi zamonaviy ma’lumotlar bilan boyitilmaganligi. Jumladan:
Kirish qismida:
1. Markaziy Osiyo buyuk allomalarining kashfiyotlari, fizik qonuniyatlarining fizika fanida tutgan o‘rni va ahamiyati haqida yetarlicha to‘liq malumotlar bilan boyitilmaganligi;
2. Bugungi kunda O’zbekistonda fizika va texnika rivojiga salmoqli hissa qo’shib kelayotgan fizik olimlar, О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida foliyat yuritayotgan akdemiklar va ularning fizika sohasida erishgan yutuqlari haqida ma’lumotlarning yetarli emasligi;
3.Fizik kattaliklarning Xalqaro birliklar sistemasi haqida to’liq ma’lumotlarning yetarli emasligi hamda bugungi kunda yevropa davlatlarida ishlatilib bizgacha kirib kelayotgan birliklar haqida ma’lumotlar keltirilmaganligi.
Kinematika bobida:
Kinematikaning vazifalari haqidagi ma’lumotlarning yetarlicha to’liq ochib berilmaganligi;
Tezliklar nisbiyligi to’g’risidagi ma’lumotlarning yetarlicha mavjud emasligi.
Termodinamika asoslari bobida:
O’zbekistonda issiqlik energiyasidan foydalanish va uning istiqbollari mavzusidagi ma’lumotlarning mavjud emesligi…
Magnit maydon bobida:
Axborotlarni magnit usulida yozish. Magnit disketalar va ularning qo’llanilishi
Bunday hollar darsliklarning boshqa boblarida ham uchraydi.
2. Magistrlik dissertatsiyasining tadqiqot obyekti va predmeti: magistrlik dissertatsiyasi obyekti sifatida Kasb – hunar kollejlari, fizika darslari qamrab olindi. Predmeti kasb hunar kollejlartida foydalaniladigan darsliklar, laboratoriya ishlari to‘plami, axborot resurs markazi www.Ziyouz.uz , www.edu.uz, www.O’zmu.uz , www.O’zFA.uz , www.O’zME.uz va boshqa bir qator rasmiy saytlari.
3. Magistrlik dissertatsiyasining maqsadi va vazifalari.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi O‘rta maxsus, kasb – hunar ta’limi markazi Fizika fanidan akademik litsey va kasb – hunar kollejlari uchun yaratilgan o‘quv dasturi mazmuni bilan tanishish va o‘rganib chiqish;
AL va KHK larida o‘qitiladigan fizika fani darsliklarini tahlil qilish va o’rganish;
AL va KHK laridagi mavjud o‘quv darsliklar va qo‘llanmalarini O‘rta Osiyo allomalarining fizika sohasiga qo‘shgan hissasi haqidagi to‘liq malumotlar bilan boyitish.
AL va KHK laridagi mavjud o‘quv darsliklar va qo‘llanmalaridagi kinematika, termodinamika va boshqa boblarida uchraydigan kamchiliklarni bartaraf etish va qo’shimcha ma’lumotlar bilan boyitish.
4.Magistrlik dissertatsiyasining ilmiy yangiligi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi O‘rta maxsus, kasb – hunar ta’limi markazi Fizika fani dasturi asosidagi mavzularning rangli rasmlar va chizmalar bilan boyitilgan, fanlararo bog‘lanishda yoritib berilgan ma’lumotlarni turli yo‘nalishlarda tahsil olayotgan KHK talabalari va KHK o‘qituvchilariga tavsiya qilish.
5. Magistrlik dissertatsiyasining asosiy masalalari farazlari: AL va KHKlari talabalari bilan zamonaviy axborot texnologiyalari, zamon talablariga javob bera oladigan mukammal darsliklar asosida darslar olib borish boshqa mamlakatlar bilan sog‘lom fikr musobaqasiga, ijodiy raqobatga kirisha oladigan, aql – zakovatli avlodlar talim – tarbiyasining asosi bo‘lib xizmat qiladi.
6. Magistrlik dissertatsiyasining adabiyotlar sharhi: Biz bu magistrlik dissertatsiyasi ishida bugungi kunda AL VA KHK larida qo’llanilib lelinayotgan M.X O’lmasova “Fizika” Toshkent – “ O’qituvchi” nashriyoti – 19923 yil, A.G.G’aniyev, A.K. Avliyoqulov, G.A.Almardonova “Fizika” Toshkent – “ O’qituvchi” nashriyoti – 19923 yil kitoblarini o’rgandik va tahlil qilib chiqdik.
M.X O’lmasova “Fizika” nomli darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan aniq va tabiiy fanlar yo’nalishidagi akademik litseylar uchun fizikadan o’quv dasturi asosida yozilgan bo’lib 3 ta kitobdan tashkil topgan.
A.G.G’aniyev, A.K. Avliyoqulov, G.A.Almardonovadan iborat mualliflar jamoasi tomonidan tayyorlangan mazkur darslik akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun mo'ljallangan bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlagan „Fizika“ bo'yicha o'quv-uslubiy kengashida muhokama qilingan va tavsiya etilgan namunaviy o'quv dasturi asosida yozilgan 2 ta kitobdan iborat.
7.Magistrlik dissertatsiyasining metodik tavsifi: Magistrlik dissertatsiyasining metodik tavsifi Kasb – hunar kollejlarida mavjud fizika fanidan darslik va o’quv qo’llanmalarini o’rganib tahlil qilish, solishtirish va fikrlarni bayon qilishni o’z ichiga oladi.
8.Magistrlik dissertatsiyasining nazariy va amaliy axamiyati. KHK larida fizika fani o‘qituvchilari fizika va boshqa turli yo‘nalishlardagi talabalarga fizika fani darslarini tushuntirishda va laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishda ushbu ma’lumotlardan foydalanish.
Magistrlik dissertatsiyasida yoritilgan ma’lumotlardan kasb – hunar kollejlari o‘qituvchilari darslar davomida qo‘shimcha qo‘llanma sifatida foydalanish.
9.Magistrlik dissertatsiyasi tuzilmasining tavsifi: Magistrlik dissertatsiyasi kirish qismi, 3 ta bob, xotima, foydalanilgan adbiyotlar ro’yxati, ilovalar, -betdan iborat.
I.O’QUV ADABIYOTLARI YARATISHGA QO’YILADIGAN TALABLAR.
1.1. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI.
Akademik litseylarda o‘quv jarayoni sifati va samaradorligini tubdan oshirish, akademik litseylarda umumta’lim maktablarining eng qobiliyatli bitiruvchilarini jamlash, umumta’lim maktablari bitiruvchilarining tanlangan kasblar va mutaxassisliklarni egallab olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun shart-sharoitlarni yanada kengaytirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan akademik litseylar sonini optimallashtirishni, akademik litseylarda o‘quv jarayoni sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari amalga oshirilishini nazarda tutuvchi, jumladan:
moddiy-texnik va o‘quv-pedagogik bazasi nisbatan past darajali 1-ilovaga muvofiq to‘rtta akademik litseyni tugatish, tugatilayotgan akademik litseylarning 1-bosqichlariga o‘quvchilarni qabul qilishni 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab to‘xtatish;
faoliyati ko‘rsatkichlari eng past bo‘lgan 2-ilovaga muvofiq 54 ta akademik litseyni bosqichma-bosqich kasb-hunar kollejlariga aylantirish;
kasb-hunar kollejlariga aylantirilayotgan akademik litseylarning 2 va 3-bosqichlari o‘quvchilari kontingentini kasb-hunar kollejlariga aylantirilayotgan akademik litseylarning binolarida amaldagi o‘quv dasturlari va o‘qitish shartlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qitishni tugallash;
3-ilovaga muvofiq o‘quv jarayoni samaradorligini yanada oshirish va akademik litseylar bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi ko‘rsatkichlarini oshirish chora-tadbirlari dasturi haqidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Oldin bayon qilinganlar bilan birgalikda quyidagilar akademik litseylarning muhim vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
umumta’lim maktablarining eng iste’dodli o‘quvchilarini tanlash, ularning intellektual qobiliyatlarini yanada rivojlantirish va o‘qishni oliy ta’lim muassasalarida davom ettirishga maqsadli chuqur tayyorlash;
o‘quvchilarning ijodiy salohiyati namoyon bo‘lishi va faollashishiga ko‘maklashuvchi, individual iste’dodlarni va har bir o‘quvchining qobiliyatlari hamda xususiyatlarini hisobga olgan holda bilimlarni egallab olish jarayonida mustaqil faoliyat ko‘nikmalarini shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi ta’lim muhitini yaratish;
ilg‘or mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalarining tajribasini hisobga olgan holda ta’lim jarayonini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish va uning mazmunini doimiy ravishda yangilab borish.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
kasb-hunar kollejlariga aylantirilayotgan akademik litseylarning 2 va 3-bosqichlari o‘quvchilari ta’lim yakunlangach yaqinda joylashgan ta’lim yo‘nalishi o‘xshash bo‘lgan akademik litseylarda yakuniy davlat attestatsiyasini topshiradilar va davlat namunasidagi akademik litsey bitiruvchisi diplomini oladilar;
akademik litseylarda o‘quv guruhlari tarkibi 26 nafar o‘quvchidan ortiq bo‘lmagan tarzda shakllantiriladi;
chuqurlashtirilib o‘rganiladigan fanlar (ta’lim yo‘nalishlari) bo‘yicha akademik litseylarda amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlari guruhlarni ikki kichik guruhga bo‘lish yo‘li bilan tashkil etiladigan kichik guruhlarda o‘tkaziladi;
akademik litseylarda xodimlarni pedagogik faoliyatga jalb etish oliy ma’lumotli va kamida 5 yil uzluksiz pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar orasidan tanlov asosida amalga oshiriladi;
akademik litseylar direktorlarining bo‘sh lavozimlarini egallashga tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar bo‘yicha takliflar O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining boshqaruv organlari rahbar kadrlarini tanlash, tayinlash va attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha respublika komissiyasiga akademik litseylar biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari rektorlari tomonidan kiritiladi;
2017/2018 o‘quv yilidan boshlab akademik litseylar o‘quvchilarini umumta’lim fanlari bo‘yicha darsliklar bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining mablag‘lari hisobiga ijara asosida amalga oshiriladi, umumta’lim fanlari bo‘yicha darsliklar bilan ta’minlash byudjet mablag‘lari hisobiga bepul asosda amalga oshiriladigan kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan o‘quvchilar bundan mustasno;
akademik litseylarning bitiruvchilariga 4-ilovaga* muvofiq ro‘yxat bo‘yicha maxsus chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan alohida mutaxassisliklar beriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda:
bir oy muddatda akademik litseylar bitiruvchilariga mutaxassisliklar berish tartibini, shuningdek, akademik litseylar bitiruvchilariga mutaxassisliklar berish to‘g‘risidagi davlat namunasidagi sertifikat namunasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
ikki oy muddatda akademik litseylarga o‘qituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni, shuningdek, akademik litseylar o‘quvchilarini darsliklar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
uch oy muddatda to‘plangan ijobiy tajribani hisobga olgan holda akademik litseylarning o‘quv rejalari va dasturlarini tanqidiy qayta ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlasin, bunda o‘qitishning 3-bosqichidan boshlab chuqurlashtirilib o‘rganiladigan fanlar bo‘yicha o‘qitish soatlari sonini ko‘paytirgan holda, qayta taqsimlashni nazarda tutsin;
o‘quvchilar kontingentini qayta taqsimlashni, ularni yuqori malakali o‘qituvchi kadrlar bilan ta’minlashni, kadrlar tayyorlash yo‘nalishlariga muvofiq zarur o‘quv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, o‘quv-normativ hujjatlar, o‘quv va metodik adabiyotlar bilan jihozlashni hisobga olgan holda, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining qayta tashkil etilayotgan muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayoni sifatli tashkil etilishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan manfaatdor vazirliklar va idoralar ta’lim-tarbiya jarayoni sifatini oshirishda, shuningdek, akademik litseylarning o‘qituvchilar tarkibi malakasini oshirishda biriktirilgan akademik litseylarga tizimli asosda har tomonlama metodik va amaliy yordam ko‘rsatilishini ta’minlasinlar.
6. Oliy ta’lim muassasalari rahbariyatiga oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablag‘lari (pullik-kontrakt asosida o‘qitish uchun tushumlar bundan mustasno) hisobiga biriktirilgan akademik litseylar uchun o‘quv-laboratoriya uskunasi, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi va boshqa tashkiliy texnika, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari sotib olish huquqi berilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda akademik litseylarni ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalariga biriktirish hamda ta’limning uzluksizligi va uzviyligi tamoyillariga rioya qilgan holda iqtidorli o‘quvchilar bilan ish olib borish doirasida ular o‘rtasida o‘zaro amaliy hamkorlik mexanizmini nazarda tutuvchi Nizomni uch oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari O‘zbekiston Respublikasining har yilgi Investitsiya dasturi loyihasini va qurilishlarning manzilli ro‘yxatlarini shakllantirishda akademik litseylar negizida tashkil etiladigan kasb-hunar kollejlari uchun yangi o‘quv ustaxonalari qurishga mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsinlar.
9. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan har yili shakllantiriladigan prognoz kvotalarni hisobga olgan, shu jumladan, darsliklar chakana tarmoq orqali erkin sotilishini nazarda tutgan holda zarur tirajda va nomlarda sifatli zamonaviy darsliklar ishlab chiqilishi va bosib chiqarilishi samarali tashkil etilishini ta’minlasinlar.
10. Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining oliy ta’lim muassasalarining akademik litseylarga o‘qituvchilik faoliyatiga mehnatga soatbay haq to‘lash shartlarida jalb etiladigan professor-o‘qituvchilar tarkibi mehnatiga soatbay haq to‘lash miqdorlarini oliy ta’lim muassasalari talabalari bilan o‘quv mashg‘ulotlari olib borilganligi uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlariga tenglashtirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetini shakllantirishda uning parametrlarida ushbu qarorni bajarish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga «Maorif» tarmog‘i bo‘yicha ajratiladigan mablag‘lar doirasida zarur mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ushbu qaror qoidalariga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. YUnusxodjaev zimmalariga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. MIRZIYOEV
1.2. FIZIKA FANIDAN AKADEMIK LITSEY VA KASB – HUNAR KOLLEJLARINING O’QUV DASTURI.
Fizika o‘quv fanidan ta’lim berishning II bosqichida akademik litsey, kasb- hunar kollejlarida umumiy ta’lim predmeti sifatida o‘qitiladigan fizika kursining maqsadi umumiy o‘rta ta’lim negizida fizikadan fundamental bilim berish, fizik hodisalar va olamning fizik manzarasini ilmiy asosda tushuntirish orqali o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi va falsafiy mushohada yuritish qobiliyatini rivojlantirish, nazariya va amaliyotning dialektik bog‘liqligini ochib berish, tabiatda va texnikadagi fizik jarayonlarni idrok etish salohiyatlarini oshirish, olgan bilimlarini kundalik hayotiy ehtiyojlarida va xalq xo‘jaligidagi faoliyatlari uchun tayyorlash, ta’lim olishni davom ettirish uchun zamin yaratishni ta’minlashdan iborat.
|