• II. Maqsad va vazifalar
  • III. Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida o’quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish mexanizmi
  • Buxoro davlat universiteti




    Download 1,44 Mb.
    bet3/41
    Sana09.05.2021
    Hajmi1,44 Mb.
    #14448
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
    Dasturning asosiy vazifasi:

    - akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida fizika kursining o‘qitilish izchilligini ta’minlash;

    - fizik tushuncha, hodisa va qonunlarning o‘qitish ketma-ketligida oddiydan murakkablikka qarab borish tizimini saqlash;

    - oliy o‘quv yurtiga kirish uchun zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish;

    - o‘qituvchilar tomonidan ta’lim berish jarayonining bir me’yorda bo‘lishiga erishish;

    - o‘qituvchining ish rejalarini tartibga tushirishdan iboratdir. Dasturni tuzishda quyidagi g‘oyalar asos qilib olindi:

    - umumiy o‘rta ta’limning 6-9-sinflarida fizikaning ma’lum darajada mantiqan yakunlangan kursining yuzaga kelganligi, bu bosqich bitiruvchilarini akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida fizika predmetidan bilim olishning uzluksizligi va uzviyligini ta’minlash zaruriyati;

    - o‘quvchilarni hozirgi zamon fizika bilimlari bilan qurollantirish, uning amaliy tatbig‘iga doir tajribalar o‘tkazish, tajriba natijalarini qayta tahlil qilib, xulosalar chiqarish, tabiat va texnikada kechadigan fizik jarayonlar mohiyatini bilish, ularning texnik tatbiqlarini o‘rganishlari zarurligi;



    - fizika kursini o‘qitishni hozirgi zamon talablari darajasiga ko‘tarish va rivojlangan mamlakatlar andozasiga yaqinlashtirish kerakligi.

    Dasturning tarkibi va mazmuni shu davrgacha amal qilib kelgan o‘n bir yillik umumta’lim maktablarining fizika dasturi tarkibi va mazmuniga yaqindir. Bunda 6-9-sinflarda o‘rganilgan fizik bilimlarning akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida aynan takrorlanmasligiga, ta’lim mazmunining uzluksizligi va uzviyligiga alohida e’tibor qaratildi.

    Ushbu o‘quv dastur materiali 160 dars soatiga mo‘ljallangan. Ajratilgan soatlar har bir bosh mavzu mazmunini o‘zlashtirishga, shu mavzular bo‘yicha ma’ruza o‘qishga, ko‘rgazma va tajribalarni namoyish etishga, laboratoriya ishlarini bajarishga, masala va test topshiriqlarini echishga, o‘quvchilarning olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini baholashga mo‘ljallangan.

    Mazkur dasturga ko‘ra, 17 ta laboratoriya ishlarini bajarish rejalashtirilgan bo‘lib, ta’lim muassasasining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda belgisi bilan keltirilgan laboratoriya ishlariga almashtirish mumkin. Masalalar echish, laboratoriya ishlarini tashkillashtirish, ekskursiyaga borish, umumlashtirish va takrorlash darslarini uyushtirish o‘qituvchi ixtiyoriga beriladi.

    O‘qituvchi fizika darsini tashkil qilishda o‘qitish usulining turli shakllaridan (ma’ruza, og‘zaki bayon qilish, masalalar echish, amaliy ish, ko‘rgazmalilik va boshqa shakllardan) foydalanishi mumkin. Shuningdek, darslarni o‘tishda dars berishning turli noan’anaviy usullaridan bahs-munozara, bayon, boshqotirmalar, elektron qo‘llanmalar va multimediyalardan foydalanish tavsiya etiladi.

    1.3.OLIY VA O’RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI TIZIMI UCHUN O’QUV ADABIYOTLARINING YANGI AVLODINI YARATISHGA QO’YILGAN TALABLAR.

    I. Umumiy qoidalar



    1. Ushbu Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun o’quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratishga qo’yilgan talablar (keyingi o’rinlarda Talablar) O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim tugrisida”gi Konuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Uzbekisto^ Resiublikasi Prezidentining 2011 yil 20 maydagi “Oliy ta’lim muassasalarining modsiy-texnik bazasini mustaxkamlash va yukori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari tugrisida”gi GЩ-1533-sonli karori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 5 yanvardagi “Uzluksiz ta’lim tizimini darsliklar va o’quv adabiyotlari bilan ta’minlashni takomillashtirish to’g’risida”gi 4-sonli, 2004 yil 20 iyuldagi “O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi faoliyatini takomillashtirish tugrisida”gi 341-sonli karorlari va boshka konun xujjatlari asosida ishlab chikilgan bulib, Kadrlar tayyorlash milliy Dasturini amalga oshirish, ta’limning belgilangan standartlari va zamonaviy talablarga javob beradigan darsliklar, o’quv va o’quv-uslubiy qo’llanmalarning yangi avlodini yaratish tartibi va uning mazmuni hamda chop etishga qo’yiladigan talablarni belgilaydi.

    II. Maqsad va vazifalar

    1. Talablarning asosiy maksadi oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining barcha ta’lim turlari uchun o’quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish tamoyillari va ularni tayyorlash mexanizmlarini belgilashdan iboratdir.

    2. Ushbu Talablarning asosiy vazifalariga o’quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish uchun ilmiy-goyaviy, uslubiy-didaktik, pedagogik-psixologik talablarni ishlab chikish, o’quv adabiyotlaridan tugri va ratsional foydalanish maksadida ularning mavjud shakllari va turlariga anik ta’riflar berish hamda mamlakatimiz mikyosida zamonaviy o’quv adabiyotlarini tayyorlash buyicha dasturlarni amalga oshirish uchun strategik masalalar kulamini aniadash kiradi.

    III. Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida o’quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish mexanizmi

    1. Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida ukitiladigan ijtimoiy gumanitar fanlar majmuasiga mos o’quv adabiyotlarining turlari:

    asosiy darsliklar, o’quv va metodik qo’llanmalar;

    ma’ruzalar matni (ma’ruzalar kursi);

    metodik tavsifnoma va ko’rsatmalar;

    ma’lumotlar tuplami va banki, lug’atlar.

    Umumta’lim, umumkasbiy, maxsus va qo’shimcha fanlar uchun:

    darsliklar, o’quv va metodik qo’llanmalar;

    ma’ruzalar matni (ma’ruzalar kursi);

    metodik tavsiyanoma va ko’rsatmalar;

    ma’lumotlar tuplami va banki;

    lug’atlar va dayjest.

    Umumiy metodologik va maxsus fanlar hamda ilmiy faoliyat uchun:

    darsliklar, o’quv va metodik qo’llanmalar;

    ma’ruzalar kursi;

    ma’ruzalar matni;

    metodik tavsiyanoma va ko’rsatmalar;

    malumotlar tuplami va banki;

    lug’atlar va dayjest;

    ilmiy ommabop adabiyotlar.

    Umumiy metodologik va maxsus fanlar uchun:

    tegishli soxdlarga oid o’quv va umumiy adabiyotlar;



    ilmiy-metodik va ilmiy-nazariy adabiyotlar.

    Download 1,44 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




    Download 1,44 Mb.