Muso al-Xorazmiy — (780 – 850)
Abu Abdullo Muxammad Ibn Muso al-Xorazmiy — 780 yillarda Xiva shahrida tug‘ilgan, 850 yilda Bog‘dodda vafot etgan.
Xorazmiy o‘qish, yozish va sanashni mahalliy diniy maktab-madrasada o‘rgandi. U O‘rta Osiyoning juda ko‘p shaharlarida bo‘lib, geografiya, tarix, astronomiya bo‘yicha o‘z bilimlarini boyitdi. O‘z ona tili bilan bir qatorda fors, arab va Hindistonning adabiy tili — sanskritni o‘rgandi. U qadimgi turk tili bilan, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, hatto, qadimgi yaxudiylar tili bilan tanish edi. 1
|